Havaskorlik va professional sport So'nggi davrda sport keng qanot yozib taraqqiy qila boshladi. Kollejlar va universitetlardagi sport keng jamoatchilik doirasiga yoyilib, jismonan chiniqish va faol dam olish vositasiga aylana bordi. XIX asr oxirlarida sport havaskorlik va professional darajasiga chiqib oldi. Bu 1894-yil Parijda havaskorlik sportining tamoyillarini o'rganish va uni keng yoyishga bag'ishlangan Xalqaro Kongressda rasmiy tasdiqlangan.
Havaskorlik sporti Havaskorlik sportiga maqom (status) berishdan maqsad aristokratik sport doirasidagilar va boshqa sohalardagi sportchilami chegaralash, o'z navbatida esa jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchi ishchilar, sport sohasidagi mutaxassislar, murabbiylar, pedagoglarga keng imkoniyat yaratib berishdan iborat. Mehnat jarayonida sport bilan shug'ullanib chiniqish va yana ish haqi olish havaskorlikka ziddir, degan g'oya paydo bo'ldi. Shu sababdan, bu jarayon professionallikni yuzaga keltirdi. Shu tariqa klublar tashkil etilib, havaskorlik sporti harakati rivojlana boshladi. Klublar ham, davlat ham xususiy ko'rinishga ega edi. Chunki ishchilardan yig'ilgan a'zolik badallari klub xarajatlarini qoplay olmas edi. Avvallari faqat bir sport turi bo'yicha klublar tashkil etildi. Keyinchalik esf bir necha sport turlari (polisport) bo'yicha klublar yuzaga keldi. Shuiar qatorida sport jamiyatlari tashkil etila boshladi. Sport harakatining rivojlanishi musobaqalaming qoidalarini ixchamlashtirish, rekordlarni rasmiylashtirish, axborotlarni yig'ish kabi faoliyatlarni yuritishni taqozo qildi. Bu, o'z navbatida, avvalo mahalliy va milliy, keyinchalik ba'zi bir sport turlari bo'yicha xalqaro uyushmalarni tashkil qilishga olib keldi, ya'ni ittifoqlar (soyuz), ligalar (yetakchi), federatsiyalar (uyushma) yuzaga keldi.
Birinchi milliy uyushma - AQSHning beysbol milliy federatsiyasi edi. U 1858- yilda ta'sis etilgan. Oradan besh yil o'tgach (1863 y.), ingliz futbol ligasi vujudga keldi. Keyinchalik esa gimnastika, qilichbozlik, boks va boshqa sport turlari bo'yicha milliy uyushmalar Yevropa, Amerika, Osiyo, Avstraliya mamlakatlarida ham tashkil qilindi. Sport harakatining kengayishi, qit'alarda milliy sport uyushmalarining tashkil etilishi, xalqaro sport federatsiyalarining ta'sis etilishi va musobaqalar o'tkazib turilishi xalqaro Olimpiya o'ynlarini tiklash va o'tkazishga olib keldi. Bu haqda alohida bobda tanishish mumkin.
Professional sport Havaskorlik sporti qatorida professional sport ham rivoj topdi. XVII-XVIIl asrlarda mavjud bo'lgan sovrinli sport («Prizovoy sport») o'rniga hoziigi davr professional sporti paydo bo'ldi, bu savdo-ishlab chiqarish va moliyaviy kapital bilan uzviy bog'liq edi. Professional sportchini sotib olish va sotish mumkinligi sababli yollanma ish kuchi predmetiga aylanadi. Chunki u tovarlami reklama qilish va boshqa sohalarda katta foyda keltira boshladi. Professional spoitchi va tadbirkorlaming (menejer) o'zaro munosabatlari shartnomalar asosida rasmiylashtiriladi «Qanday bo'lmasin g'alaba» shiori ostida katta pul evaziga barcha joylarda reklama qilish professionalizm yo'lida amalga oshirib borildi.
Sportchilarga giyohvand moddalar (doping) berish, ularning jismoniy, ma'naviy xususiyatlari sun'iy ravishda kuchaytirildi. Professional sport ko'rgazmalarida jinoyatkorlik ishlari ham amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi. Professional sportni rivojlantirish bilan kassa yig'imini, reklamalar, turli xil ayyorlik yo'llari bilan katta foydani qo'lga kiritadi.
Professional sportning salbiy tomonlari bilan biigalikda uning targ'ibot yo'lidagi ba'zi ijobiy xususiyatlarini ham tan olishga to'g'ri keladi. Ya'ni ommaning jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, yoshlarni sport, o'yin va gimnastika bo'yicha tashkil qilingan klublarga jalb etishda bu sport harakatining o'ziga xos xizmatlari mavjud bo'lgan.