Nemis gimnastika tizimi. 1810-yilda Berlinda «Pestalossi do'stlari jamiyati» qoshida birinchi gimnastika to'garagi tashkil topdi. Fridrix Yan (1778-1852) yoshlar harakatiga boshchilik qildi. 1811- yilda Berhn yaqinidagi maydonda o'yinlar tashkil qilindi. Bu joyda gimnastika asbob-uskunalari o'matildi. 1812-yil bahoriga kelib, to'garak qatnash chi lari soni 500 kishiga yetdi. Ulaming mashg'ulotlarida gimnastika va harbiy sayohat-mashqlariga keng o'rin berildi. Yan «Gimnastika» so'zini «Turnkunst» (epchillik san'ati), shug'ullanuvchilarni esa turnerlar deb atadi. Keyingi yillarda turnerlar harakati ancha susaydi. Faqat 1862-yilda barcha turnerlar jamiyatlari Umumgermaniya gimnastika ittifoqiga (Doyche Turner Shaft) birlashdi. Ulaming gimnastika tizimida mashqlami o'rgatish usullari, mashqlar klassifikatsiyasi (tasnifi), anatomik-fiziologik xususiyatlari, yuklanma berish me'yorlari bo'yicha yagona talab va nazariya yo'q edi.
Adolf Shpiss (1810-1853) maktabdagi gimnastika darslarining tuzilishini ishlab chiqdi. Uning ta'limoti nemis gimnastika tizimini to'ldirdi va XX asrgacha davom etdi.
Shvetsiya gimnastika tizimi Per Ling (1776-1839) o'z hukumatining taklifiga ko'ra, German davlatlari va Daniyada jismoniy tarbiyaning ahvoli bilan tanishdi. U 1813-yilda Stokgolmda gimnastika institutini tashkil etdi. Gimnastikaning to'rt turini
harbiy gimnastika, pedagogik gimnastika, shifobaxsh gimnastika va estetik gimnastikani alohida ajratdi. Bu turlar maktablarda ham o'rgatila boshlandi. Per Lingning o'g'li Yalmar Ling (1820-1886) boshchiligida gimnastika asboblari takomillashtirildi, yangi gimnastika devorchasi, uzun kursilar xari (brevno), langar cho'plar (shest), narvonlar, arqonlar, kon va h.k. yangi usulda yaratildi. Darslar ko'p qismli (12-18) qilib o'tkaziladigan bo'ldi. Shu sababli, uni keyingi mutaxassislar, nazoratchilar tanqid ostiga olishgan. Shvedlaming gimnastika tizimi ko'pgina Yevropa mamlakalari, hatto Amerikada ham keng qo'llanilgan.
Fransuz gimnastika tizimi Fransiyada hukumat tomonidan mamlakatda gimnastika joriy qilish ishlari polkovnik Fransisko Amorosga (1770-1848) yuklatilgan edi. U 1817-yilda harbiy gimnastika maktabini tashkil qildi. Uning «Jismoniy, gimnastika va axloqiy tarbiyaga doir qo'llanma» (1830) kitobi barcha maktablarga joriy etildi.
«Sokol» gimnastika tizimi Chexiyada, so'ngra esa Avstro-Vengriyaning slavyan xalqlari o'rtasida XIX asrning 60-yillarida «Sokol» (Lochin) gimnastika harakati vujudga keldi. Chex burjuaziyasining neniis burjuaziyasi tomonidan siqib qo'yilishi sababli, ular o'z milliy ozodligiga intilib, «Sokol» harakatini yaratdilar. Bu yoshlarning «Sokol» jamiyati tuzilishiga olib keldi. 1871 -yilda chexiyada 130 ta «Sokol» jamiyati mavjud bo'Igan. Jamiyatda chex jismoniy tarbiyasining milliy tizimi tarkib topib, ayrim jihatlari nemis gimnastikasiga o'xshagan. Tizimda mashqlarning gavdaga ta'siri emas, balki bajariladigan harakatlarga ko'proq e'tibor berilgan. Keyinchalik gimnastika mashqlarining odam sog'ligiga va uning irodasiga bo'Igan ta'sirini e'tirof etib, kitoblar yozishgan. Lekin ularda o'qitish usullari o'z ifodasini topmadi. Shunday bo'lsada, bu nemislar gimnastikasiga nisbatan ancha boy va uslubiy jihatdan ancha mukammal bo'Igan. O'qituvchilar ba'zi mashqlarni o'n martalab takrorlash o'rniga murakkab mashqlar majmuini (kompleks) bajartirish yo'llariga o'tdilar.
Chexlar saf mashqlari va kiyimlarga juda katta e'tibor berishgan. Gavda hamda oyoqlarning nozik, aniq va tashqi ko'rinishi go'zal harakatlarigina amalda qo'llanilgan. Gimnastikani juda ham ziynatli qilish uchun har xil buyumlardan: tayoqlar, sharflar, qadimiy qurol turlari nayzalar, qalqonlar va h.k.dan foydalanishgan. Turnik, bruss, konda bajariladigan mashqlar, shuningdek, erkin mashqlar musiqa jo'rligida bajarilib, turli buyumlar yordamida ijro etiladigan mashqlar, piramidalar, akrobatika mashqlari sinchiklab ishlab chiqilgan. Ular quyidagi to'rt guruhga ajratilgan:
Asboblarsiz bajariladigan mashqlar — erkin mashqlar va h.k.
Asboblarda bajariladigan mashqlar — buyumlar bilan va asboblar ustida bajariladigan mashqlar.
Guruh bo'lib bajariladigan mashqlar — piramidalar, o'yinlar.
Harbiy mashqlar — qilichbozlik, kurash, mushtlashish (boks) mashqlari,
«Sokol» gimnastikasining asosiy muallifi, mashqlarning asosiy texnikasi va
usullarini ishlab chiqqan kishi estetika professori Miroslav Tirsh (1832-1884) edi. Shunday qilib, yangi davrda gimnastikaning pedagogik, uslubiyat va tashkiliy asoslari yuzaga keldi hamda rivoj topdi.