Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati xaqida.
Jahon tibbiyot olamining buyuk sultonlaridan biri, Abu Ali ibn Sinodir (980- ЮЗ?). Ibn Sinofalsafa, adabiyot, musiqa va boshqa ko'p sohalami ham mukammal bilgan donishmanddir. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari beqiyos ko'p. Ular ichida «Tib qonunlari» alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asami deyarlik barcha xalqlar o'z tillariga taijima qilishgan. O'zbek tiliga ilk bor 1153-yilda, keyinchalik (1956, 1980, 1993) bir necha bor qayta nashr etildi.
Respublika hukumati va mas'ul davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980-yilda Buxoroda Abu Ali ibn Sinoning tavalludiga 1000 yil to'lishi munosabati bilan katta ilmiy anjuman o'tkazildi. Bunda tibbiy xodimlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqalaming Ibn Sinoning ilmiy- pedagogik meroslari haqida ma'ruza qildilar. Anjumanning materiallari respublikada jismoniy tarbiya ilmini takomillashtirishda salmoqli hissa qo'shdi, desa bo'ladi.
Ibn Sinoning ta'biri bilan aytganda «Sog'liqni saqlashning asosiy tadbiri - badan tarbiya»dir. Mutafakkir adibning 30 dan ortiq tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelganligi ma'lum. Ulaming hammasida ham, muallifning jismoniy mashqlarga oid ilg'or fikrlari va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi.
Ibn Sino jismoniy mashqlaming shakli va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena, sog'liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib boradi. Bu esa har bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi tartibda shug'ullanishini belgilab beravchi ta'limdir. Masalaga shunday yondashish maqsadga muvofiq bo'lar edi.
«Tib qonunlari» haqida mulohaza qilinadigan bo'lsa, kitobning birinchi qismi deyarli inson salomatligini saqlash va uni rivojlantirishga bag'ishlangan. Eng muhim tomoni shundaki, kitobda inson tanasi va uning a’zolari, insonni shakllantirish hamda uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, fiziologik va ruhiy jarayonlaming holati, kasalliklaming kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan bayon qilingan. Bu holatlami bilish, shu asosda insonlar o'z-o'zini tarbiyalashdek muhim bo'Igan ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlami hayotda qo'llash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Ibn Sinoning jismoniy mashg'ulot kishining yoshiga, jinsiga, sog'-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o'tkazish kerakligi haqidagi g'oyalari juda o'rinlidir. Shuningdek, bolalik, o'smirlik, yigitlik va qarilik g'oyalarida kishi jismoniy mashg'ulotga turlicha munosabatda bo'lishi kerakligi masalalarini alohida uqtiradi. Bu ilmiy-pedagogik ta'lim merosi jahon xalqlari jismoniy madaniyati tarkibiga singib ketgan ijtimoiy turmush voqealigidir, desa bo'ladi.
Ibn Sino ta'limining eng yuksak va hayotiy jihatlardan biri shundaki, «Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakat» mo'tadil ravishda va o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklaming va mijoz hamda ilgari o'tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklaming davosiga muhtoj bo'lmaganligini bashorat qilib beigan. Ibn Sinoning turh xil kasalliklarni oldini olish va uni davolashda badantarbiya mashqlaridan foydalanish tajribalarini jahonning barcha tadqiqotchilari va tibbiyot ilmining mutaxassislari ham ma'qullaydi.
Ibn Sinoning ta'kidlashicha, badantarbiya bilan mashg'ul bo'lmay qo'ygan kishi ingichka og'riq (a'zolarning torayishi) kasaliga uchraydi, chunki harakatsizlik natijasida uning a'zolari zaiflashadi. U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga bo'ladi: 1. Odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari. 2. Maxsus badantarbiya harakatlari.
Buyuk olim badantarbiya deganda, asosan maxsus badantarbiya harakatlarini nazarda tutadi. Shu sababdan, badantarbiya turlari juda ko'p bo'lib, ular tez, nozik, yengil, kuchli va hokazo tarzlarda bajarilishini eslatadi. Bu, albatta. ilmiy nuqtai nazardan olganda har bir shug'ullanuvchi uchun asosiy ta'limdir.
Ibn Sino tortishish, mushtlashish, yoydan o'q otish, tez yurish, nayza otish, osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik va otda yurishlar badantarbiyaning tez bajariladigan turlariga kirishini aytadi. Nozik va yengil turiga arg’imchoq uchish, belanchakda tik yoki yotib uchish, qayiq va kemalarda sayr qilish va boshqa harakatlardir, deydi u.
Badantarbiyaning kuchli turiga, kishining o’z soyasi bilan olishishi, katta va kichik koptoklar bilan chavgon o'ynash, kurash, tosh ko'tarish, chopayotgan otni jilovidan tortib to'xtatish kabilarni kiritadi.
Ibn Sinoning tavsiyasiga ko'ra badantarbiya vaqtida tez va shiddatli harakatlar, yengillari bilan doim almashtirib turish, shuningdek, ma'lum bir harakatni uzoq vaqt bajarmaslik uslublarini uqdiradi. Tan olish kerakki, bundan ming yillar oldin amaliy tajribada sinalgan va ilmiy jihatdan asoslangan jismoniy (badan) tarbiya Xalqaro sport harakatining muhim mezonlariga aylanganligi barcha sport turlari bo'yicha murabbiylarni lol qoldiradi.Turli kasalliklarni davolashda ruhiy ozuqa berish (xursandchilik) yo'llarini, ya'ni turli xil sayrlar, sayohatlar, kemalarda suzish, tabiat manzaralaridan bahramand bo'lish omillarini ishlatishni tavsiya etgan.
Ibn Sino har bir a'zoning kasalini tuzatish uchun maxsus harakatlar - jismoniy mashqlar borligini eslatadi. Bunda uqalash (massaj) mashqiarini ko'zda tutadi va ularni quyidagi turlarga bo'ladi:
Gavdani baquwat qiluvchi — kuchli uqalash.
Gavdani yumshatuvchi kuchsiz uqalash.
Ozdiruvchi — davomli uqalash.
Gavdani o'stiruvchi — mo'tadil uqalash.
Olimning ta'kidlashicha, uqalash dag'al yoki yengil bo'ladi. Dag'al uqalash dag'al latta bilan amalga oshiriladi. Yengil uqalashni yengil (yupqa) latta bilan bajariladi. Uqalashlar asosan bo'shashgan a'zolami zichlatish, yumshoqlarini qotirish, dag'alini mayin qilish va qattiqlarini yumshatish maqsadida qilinishini bildiradi.
Bundan tashqari, badantarbiya bilan bog'liq uqalashlar to'g'risida ham ta'lim beradi:
badantarbiyaga tayyorlovchi deb atalgan uqalash (sport trenirovkalari, musobaqalari oldidan hozirgi davrda qo'llaniladi).
badantarbiyadan keyin qilinadigan uqalash. Buni badanning o'z holiga keltiruvchi uqalash yoki tinchlantiruvchi uqalash deyish mumkin. Bu hoi ortiqcha toliqqan, o'ta ko'p og'ir mashqlar (trenirovka, musobaqa) bajargandan keyin qo'llaniladi. Ayniqsa, ko'pkari (uloq), poyga, kurashdan keyin uqalash mashqlari hayotda ko'p qo'llaniladi.
Uqalash mashqlarining qon aylanish tizimini tezlatish (maromiga yetkazish), nafas olishni yaxshilash, hazm qilish a'zolarining ish faoliyatlarini to'g'ri yo'lga solishda muhim ahamiyat kasb etishi allomaning ilmiy-amaliy ta'limida to'la mazmun topganligining shohid bo'lish mumkin.lbn Sino salomatlikni saqlash va uni mustahkamlashda dam olish, uyqu va me'yorida ovqatlanish hayotiy zaruriyatligini eng asosiy omillardan deb biladi.
Ibn Sinoning badantarbiya haqidagi ta'limida eng asosiy o'rinlardan birida kurash turlari turadi. Ya'ni «Kurashning turlari ham bir nechadir. Ulardan biri: ikki kurashuvchining har biri o'z raqibining belbog'idan ushlab tortadi, shu bilan biiga kurashuvchi o'z raqibidan qutilishning chorasini qiladi.1 kkinchisi esa qo'yib yubormaslikka harakat qiladi.
Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo'li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o'ziga tortadi va yonga ag'daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o'ng qo'li ostidan o'tishi kerak, (kurashuvchilar) goh qadlarini tiklab, goh egiladilar (kurash) turlari yana ko'krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bir kishining bo'ynidan. ushlab egish, bir-birovlarining oyoqlarini o'z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi».
Ibn Sinoning inson salomatligini jismoniy tarbiya vositalari bilan yaxshilash va uni kamolotga yetkazishdagi mutafakkirligi yana shunda ayon bo'ladiki, u gavdaning har bir qismi uchun maxsus harakatlar borligini bashorat bilan aniq misollarda ko'rsatib bergan. Qo'l va oyoq harakatlari, ko'krak va nafas a'zolarining boringki, barcha a'zolaming tabiiy harakatlarini ishga soluvchi mashqlar majmuasini o'z asarlarida mujassamlashtirgan. Bunda tovush - og'iz bo'shlig'idagi barcha a'zolami harakatlantirish (baland-past ovoz chiqarish, tilni chiqarish, tortish, burash, tuflash va h.k.) mashqlarini beigan. Ichki a'zolami ishga tushirish mashqlariga belanchakda uchish, titratish, aravalarda yurish va b.q.ni tavsiya etadi.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslarida jismoniy tarbiyaning eng muhim vositalari sifatida hammomda cho'milish, sovuq suvda cho'milish, suv va ichimliklami iste'mol qilish, ovqatlanish, uyqu va dam olish mazmunlari ham joy olgan. Keksalik davridagi jismoniy tarbiya va umuman safar (sayohat) vaqtlarida fasllarga qarab harakat qilish asoslarini ham ko'rsatadi.
Ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohalaridagi ilmiy-pedagogik ta'limotini chuqur o'rganish, uni insonlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy turmush sharoiti va e'tiqodlariga qarab qo'llash usullarini hozirgi davr talabi asosida keng yo'lga qo'ymoq zarur. Buning uchun esa, eng awalo, jismoniy tarbiya ta'limini aholi orasida keng targ'ib qilish, uning insonlar salomatligini yaxshilash hamda jismoniy kamolotga eltuvchi mohiyatlarini barcha kishilar ongiga singdirish lozim bo'ladi.
Sog'Iom avlod tarbiyasi va kamolotini ta'min etuvchi o'quv-uslubiy qo'llanmalar, ilmiy-ommaviy risolalami ko'paytirish, xalq milliy o'yinlari bo'yicha ommaviy sog'lomlashtiruvchi tadbiriarni tez-tez tashkil qilish, ulami ma'naviy boyligimizni oshirishga xizmat qildirish zamr bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |