O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Mavzu 1. QADIMGI DUNYODA JISMONIY TARBIYA



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə2/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Mavzu 1. QADIMGI DUNYODA JISMONIY TARBIYA

  1. Jismoniy madaniyatning vujudga kelishidagi asosiy omillar.

  2. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida jismoniy tarbiyaning xususiyatlari.

  3. Quldorlik tuzumi davrida jismoniy rivojlanishining xususiyatlari.

  4. Qadimgi Sharq, Qadimgi Gretsiya, Qadimgi Rimda jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari.

Arxeologik topilmalar, turli ilmiy tadqiqotlaming natijalariga qaraganda insoniyat jamiyati yer kurrasida bundan 3,5-4 million yillar avval paydo bo'lgan. Ov qurollarini yasash, olov yoqish, kiyinish, jismonan baquvvat bo'lish uchun bolalami maxsus mashqlar bilan tayyorlash kabi juda ko'p ijtimoiy turmush tajribalaiiga ega bo'lganlar.

Ilk davrlarda odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar. Ya'ni turli tabiiy ofatlardan (shamol, quyunlar, sel, sovuqlik, yirtqich hayvonlarning hujumi va h.k.) saqlanish yo'llari, qurol-aslahalar yasash kabi ishlab chiqarish jarayonlarini ixtiro qilganlar.

Inson uchun kerakli hayotiy malaka va ko'nikmalar jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat faoliyati jarayonlarida hosil qilinganligini hozirgi davrda tasavvur etish qiyin emas. Yoshlar barcha mehnat va jismoniy harakat faoliyatlarini katta yoshdagilardan o'rganganligi hamda ularga taqlid qilib rivojlantiiganligi tabiiy bir holdir.

Ijtimoiy turmush kechirish, ayniqsa, hayvonlami ovlash, ishlab chiqarish kuchlarining takomillashuviga sabab bo'lgan. Turli mustahkam va o'tkir uchli yengil nayzalarning, so'ngra esa o'q va kamonning paydo bo'lishi ovchilikning takomillashuviga va ovning rivojlanishiga olib keldi. Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqardi. Natijada, o'troqlashib yashash, bolalarni tarbiyalash imkoniyatlari kengaydi.

Xo'jalikni idora qilishning yangi shakllari yuzaga kelishi bilan kishilik jamiyatini uyushtirish holatlari ancha mustahkamlanib bordi. Ona urug'i jamoalari paydo bo'ldi, ularning a'zolari qarindosh-urug'chilik munosabatlari asosida birlashib, mehnat qilib hayot kechira boshladilar. Bu o'z navbatida, jamoatchilikni yuzaga keltirdi. Shuningdek, asta-sekin madaniyat sohasida ham o'zgarishlar yuzaga keldi. Uy-joy qurish, xunarmandchilik paydo bo'ladi. Tasviriy san'at (qoya toshlariga rasm chizish, yog'och va loydan turli xil shakllarni yasash) ijod qilindi. Jamoada qo'shiq, o'yin va raqslar ijro etildi, bayramlar vujudga keldi.

Ana shu davrlarda diniy tasavvurlar paydo bo'ldi (ilohiy kuchlarga ishonish, ularga bo'ysunish, qurbonliklar keltirish kabilar). Mehnat bilan bog'liq bo'lgan turli musobaqalar, o'yinlar mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi va ulardan urug' jamoasining turli yoshdagi guruhlari foydalandi. Mehnatning jins va yoshga qarab bo'linishi amalga oshirildi.

San'atning paydo bo'lishi kishilarning fikr va tasawurlarini boyitdi, ularning ma'naviy dunyosini takomillashtirdi. O'yin va raqslarda takrorlanadigan mehnat va mudofaa xususiyatidagi harakatlar faqat mehnat emas, balki jismoniy mashqlar sifatida rivoj topdi.

Turli xil jismoniy mashqlaming (kurash, otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik va h.k.) o'yinlar tarzida vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat tarbiyasida tubdan o'zgarishlar yasash uchun turtki bo'ldi.

Odamlar o'z-o'zini hayotga, ayniqsa, mehnat faoliyatiga tayyorlashning yangi omillari va qurollarga ega bo'la boshladi. Odamlarning harakat qilishga intilishdagini mehnat jarayonidagi charchoqlarini chiqarish maqsadida raqs mashqlarini bajarganlarida ko’rish mumkin.. Bu o'z navbatida, ov qilish va harbiy yurishlarga tayyorgarlik - mashq vazifasini bajarganligini ko'rsatadi.

Ijtimoiy mehnat va madaniyat jarayonlari deyarli barcha qit’alarda u yoki bu darajada shakllanib, keyinchalik tobora rivoj topgan. Ilk davrlarda mulkchilik va ijtimoiy tengsizlik bo'lmaganligi ko'p manbalarda izohlanadi. Urug'chilik jamoasi ona urug'i (matriarxat) va ota urug'i (patriarxat)ga bo'lingan. Ularning har biri o'ziga xos ijtimoiy taraqqiyot va jismoniy tarbiya xususiyatlariga ega bo’lganligi tabiiydir.



Matriarxat davrida jismoniy tarbiya Matriarxat matriarxat taraqqiy qilgan davrda o'yin uchun maxsus tayyorlangan uskunalar (jundan qilingan to'p, shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi to'mtoq nayzalar, o'yinchoq, palaxmon, shoxmon, o'yinchoq yoy, boshi egri hassa, to'qmoq va h.k.) paydo bo'lgan. Yoshlami gurzi (to'qmoq), nayza, so'yil irg'itishga, yoydan o'q otishga o'rgatish ibtidoiy jismoniy tarbiya yo'nalishlaridan hisoblanib, uning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. Hindular qabilasida kauchuklardan koptoklar, maxsus chana yasaganlar. Ulardan xo'jalik yumushlari va turli musobaqalarda ham maqsadh foydalanganlar. Kolumb davrida yevropaliklar hindulaming koptoklari ispanlaming koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishgan.

Sharqiy Afrikadagi ibtidoiy qabiialarda langarcho'p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham o’tkazilgan. Ularni turli bayramlarda namoyish etishgan.

Shimoliy va Janubiy Amerikada yevropaliklaming istilosiga qadar katta rezina koptok, chavgon va raketkalardan foydalanib o'ynaladigan xokkey tipidagi yozgi va qishki o'yinlar rasm bo'lganligi aniq manbalarda o'z ifodasini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida suvda suzish, kanoe va baydarka xilidagi yengil uzunchoq qayiqlarda eshkak eshish ham keng qo'llanilgan. Sharqiy Braziliya xalqlari orasida qiz va yigitlar hayotida kerak bo'lgan epchillik, chaqqonlik chidamlilik, jasurlik va qat'iyatlilik kabi qobiliyatlar hamda sifatlarga ega bo'lishi lozim edi. Baroro va konella qabilalarida yigitlar ma'lum sinovlardan o'tmagunlaricha uylanishga ruxsat berilmagan.

Ibtidoiy jamoaning yemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo'lib, ularda ham o'ziga xos jismoniy mashqlar va o'yinlaming rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo'lib basketbolga juda o'xshab ketadigan o’yin o'ynash an'anaga aylangan. Ya'ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo'lgan sport o'yiniga asos solgan bo'lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat harbiy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizmat qilgan.



Patriarxat davrida jismoniy tarbiya Patriarxat davrida ishlab chiqarish jarayonlari yangi bosqichlarga ko'tarildi. Bunda erkaklaming mehnati, yaratuvchilik fikr-mulohazalari oldingi o'rinda turgan. Temir qurollaming paydo bo'lishi, omoch, bolta bilan ishlash, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ovning xo'jalik ahamiyatini susaytirdi. Chorva mollarini boqish, qo'lga o'rgatish, xonakilashtirish va dehqonchilik qilishdagi tajribalar jamoada erkaklaming hukmron bo'lishini ta'minladi Oila katta erkaklar (patriarxat) oilalarga aylana bordi. Yagona nikohlik (mongamiya) yuzaga keldi. Urug'lar birlashib qabilalami tashkil etadi.

Patriarxat taraqqiyotining dastlabki bosqichida qabilalar o'rtasida nizolar, janjallar, ko'pincha bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan qabila vakillarining kurashi (yakkama-yakka kurash) bilan hal etilgan. Ba'zi hollarda janjalli masalalar birgalikda shodiyona bayramlar tashkil etish, bir-biriga sovg'alar berish, aka-ukachilik, do'st tutinish va h.k. bilan yakunlangan. Bu, o'z navbatida, qabilalar o'rtasidagi do'stlik munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan Qabilalar o'rtasida o'tkaziladigan musobaqalar jarayonida jamoa shon- sharafi, o'zaro bir-birini quvvatlash, zaiflarga yordam qilish tushunchalari rivoj topgan. Avvalgi majmuaviy mashqlar (kurash, mushtlashish, og'irlik ko'tarish, yugurish, sakrash va h.k.) asta-sekin mustaqil tur sifatida o'rganilib, an'analar, marosimlarda namoyish etilgan va musobaqa tarzida tashkil etilib, g'oliblami olqishlash, taqdirlash kabi odatlar amalga oshirilgan.

Dehqonchilik, chorvachilik va boshqa kasb-hunar bilan shug'ullanuvchilar o'z sohalari bo'yicha turli o'yinlar, mashqlami ixtiro qila borganlar. Masalan, bug'uchilik bilan shug'ullanuvchilar, bug'uchilar musobaqalarini uyushtiiganlar.

Ibtidoiy jamoaning yemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo'lib, ularda ham o'ziga xos jismoniy mashqlar va o'yinlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo'lib basketbolga juda o'xshab ketadigan o'yin o'ynash an'anaga aylangan. Ya'ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo'lgan sport o'yiniga asos solgan bo'lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat harbiy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizinat qilgan.

Turli qabilachilik holatlari o'zaro jang, nizo va urushlarni keltirib chiqargan. Shu sababdan himoya qal'alari, qurol-yaroqlar yasash kabi yangi faoliyatlar tarkib topib, ular yanada rivojlangan. Natijada, maxsus jangchilarni tayyorlash ishlariga alohida e'tibor qaratiladi. Jangchilarning jismoniy tayyorgarligida boshqa qabila va elatlarni bosib olish, ezish, ko'pchilikni hukmron ozchilikka bo'ysundirish uchun foydalanishni ko'zda tutadigan jismoniy tarbiyaning yangi tizimi namunalari tug'ila boshladi. Bunday jarayonlar esa quldorlik tuzumini vujudga keltirdi.

Quldorlikning dastlabki davrida qabilachilik munosabatlarining xalq hokimligi an'anasi saqlanib, qabila zodagonlari hokimiyatini cheklab tuigan. Lekin qabilalar o'rtasida to'qnashuvlar jiddiy harbiy xususiyatlarga ega bo'lgan. Ularning asosiy sababi boylik orttirish va o'z hukmronligini o'matishdan iborat bo'lgan. Harbiy dohiylar rahbarligida maxsus posbonlar paydo bo'lgan. Dohiylar ko'pincha qabilalaming yo'lboshchisi ham hisoblangan. Xalq kengashlari yuzaga kela boshlagan. Ularning vazifalari jamoaning barcha a'zolarini himoya qilishdan iborat bo'lgan. Ovul (qishloq) istehkomlari paydo bo'lib, chet el posbonlari hujumidan harbiy mudofaa qilish madaniyati rivoj lanadi.




Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin