Qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya.
Ijtimoiy turmushda, ayniqsa, bolalaming jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, harbiy-mudofaa ishlarida ishtirok etuvchilaming jangovorlik holatlarini takomillashtirishda Yevropa qit'asida mavjud bo'lgan davlatlarning ish tajribasi katta o'rin tutadi. Bunga qadimgi yunonlarning jismoniy tarbiya tizimi tarixiy jihatdan e'tiborga molikdir. Chunki bu tizim davrlar o'tishi bilan jahonda o'z mazmuni va mohiyatiga ega bo'ldi.
Qadimgi Yunon davlatining tarkib topishi va rivojlanishi eradan avvalgi III-II ming yilliklami o'z ichiga oladi. Yunoniston tarixining Gomer davri deb eradan avvalgi XII-IX asrlar tilga olinadi.
Gomerning «lliada» va «Odisseya» asarlarida qadimgi davrdagi yunon hayotining yorqin manzaralari aks ettiriladi. Qahramonlar sifatida zodagon jangchilar timsoli chizilib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi jismoniy sifatlari va fazilatlari talqin etiladi. Gomer asarlarining qahramonlari qabila hayotidagi biror muhim voqea sharafiga bag'ishlab tashkil etiladigan musobaqalar va o'yinlarda o'zlarining jismoniy fazilatlarini namoyish etganlar. Bunda yugurish, nayza va lappak uloqtirish, sakrash, kurash, mushtlashish kabi mashqlar orqali musobaqalashganlar.
«Odisseya» asarida «atlet» so'zi o'sha vaqtda «olijanob qahramon», «aslzoda» (zodagon) tushunchalari bilan bog'langan. Ya'ni xalq ichidagi «chaqqon odam» tushunchasiga qarama-qarshi qilib qo'yilgan. Shu sababdan, oddiy kishilar zodagon jangchilarning o'yinlarida ishtirok etmagan, faqat tomoshabin sifatida o'tirishgan. Bo'lajak jangchilar tayyorlash maqsadida mamlakatning yirik shaharlarida maxsus tarbiya tizimi vujudga keladi. Ular tarixda Sparta va Afina tizimi nomi bilan o'rganildi.
Sparta tizimi. Eramizdan awalgi IX asrda Sparta shahri vujudga kelib, uning aholisini 9 mingga yaqin quldorlar oilasi, shuningdek, 30 ming hunarmandlar, savdogarlar va yer egalari, 200 ming qul tashkil etgan. Quldorlar (spaitiatlar) qullardan saqlanish va o'zlarini himoya qilishga tayyorlanish maqsadida o'ta qattiq tarbiyaviy tizimdan foydalangan. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan. Bu davrda ularni qorong'udan qo'rqmaslik, yig'lamaslik, ovqat tanlamaslikka o'rgatganlar va chiniqtirishga katta ahamiyat berganlar. 7 yoshdan 18 yoshgacha bolalar va o'smirlar davlat tizimidagi tarbiya muassasalarida asosan jismoniy tarbiya bilan shug'ullanganlar. Ularni sovuq va ochlikka bardosh berish, chaqqonlik va og'riqlarga chidash kabi faoliyatlarga o'rgatib, chiniqtirganlar. Yoshlami nayza va lappak uloqtirish, yugurish, sakrash, kurash va harbiy o'yinlar, yovvoyi hayvonlami ovlashga o'rgatganlar. Qo'shiq aytish, musiqa va raqs kabi sohalarga ham ko'p vaqt ajratilgan.
Davlat tomonidan belgilangan rahbarlar (pedonom) yosh spartiatlami mardlik, jasorat, qullarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalaganlar. Shu maqsadda kechalari qullarga qarshi hujumlar, bosqinlar uyushtirganlar. Shubhali qullarni o'ldirishgan. 1820 yoshli tarbiyalanuvchilar efeblar (zobitlar) qatoriga qabul qilinib, ular jismoniy va harbiy tayyorgarlikni o'taganlar. Keyinchalik esa ularni harbiy darajalarga ajratib, qariguncha harbiy xizmatda ushlab turishgan.
Sparta tizimida qizlarni jismoniy tarbiyasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Sog'lom bolalarni dunyoga keltirib, ularni sog'lom qilib o'stirish uchun oilalar ham o'ta sog'lom bo'lishi ko'zda tutilgan. Shu sababli ham qiz bolalarni yugurish, kurash, nayza va lappak uloqtirish kabi mashqlar bilan muntazam ravishda shug'ullantirishgan. Sparta xotin-qizlari ko'proq qullarni saqlashda xizmat qilganlar.
Sparta davlati tarbiya tizimini va harbiy sohadagi eng kuchli qismi Gretsiyada tashkil etildi. Ular uzoq yillar davomida yengilmas deb nom qozondi. Sparta atletikachilari ko'pgina olimpiya, pif va boshqa o'yinlarda qatnashib, g'alabalami qo'Iga kiritgan.
Eramizdan avvalgi XII-IX asrlarda qadimgi Yunonistonda (Gretsiya) oddiy zodagonlarning yugurish, kurashish, mushtlashish (qo’l jangi), nayza va lappak (disk) uloqtirish, kamondan o'q otish, g'ildirakli aravalarda ot poygasi kabi o'yin musobaqalarini aks ettiruvchi chizmalar, tasvirlar, haykallar, yodgorliidar, arxeologik qazilmalarda topilgan. Shuningdek, ularning mazmuni, shakllari va mohiyatlari Gomerning «Iliada» va «Odisseya» asarlarida o'z ifodasini topgan.
Afina tizimi. Afinada quldorlik tizimi o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Eradan avvalgi V-IV asrlarda sinfiy tafovutlar kuchli bo'lgan. Hunahnandchilik, savdo va fan Afinani Gretsiyaning markaziga aylantirdi. Har bir quldor jamiyat ishlarida faol qatnashish imkoniyatlariga ega bo'lgan. Ta'lim va tarbiya tizimida Afina fuqarolarining qatnashish huquqi bo'lgan. Afina tizimi Sparta tizimidan farqli o'laroq harbiy-jismoniy ta'lim bilan birgalikda ko'p tarmoqli targ'ibot ishlarini olib borgan.
Afinaliklaming fikricha, inson har tomonlama uyg'un kamol topishi lozim edi. Bunda aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy tarbiya asosiy vosita bo'lishi talab etilgan. Bunday talab va ehtiyoj bora-bora takomillashtirilib borilgan.
Afinada bola yetti yoshgacha oilada, qullar nazorati ostida tarbiyalangan. Bu yoshda ko'proq o'yinlarga e'tibor berilgan. Keyin o'g'il bolalarni maktabga yuborishgan. Qiz bolalar esa uyda tarbiyalangan. 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lganlar davlat maktabi yoki xususiy maktablarda ta'lim olishgan. Ular musiqa va gimnastika maktablari deyilgan. Ya'ni musiqa mashg'ulotlarida musiqa, raqs, o'qish-yozish bilan, gimnastika mashg'ulotlarida esa yalang'och holda kurash (palestra) bilan shug'ullanganlar. 12-16 yoshdan boshlab birinchi o'ringa gimnastika mashg'ulotlari qo'yilgan.16 yoshga to'lgandan keyin yaxshi ta'minlangan ota-onalar o'z farzandlarini gimnasiylarga berishgan.
Afinada davlat hisobida uch xil gimnasiy, ya'ni: akademiya, litsey va kinosarg mavjud bo'lgan. Bu o'quv yurtlarida yoshlar jismoniy tarbiya bilan bir qatorda siyosatshunoslik, falsafa va adabiyot fanlari bo'yicha ham ta'lim olgan.
Afinada 18 yoshli yigitlar davlat harbiy tashkiloti - efebiyaga jalb etilgan. Ular ikki yil davomida harbiy xizmatni o'tagan. Efeblar birinchi yili, jismoniy tarbiya va harbiy tayyorgarlikdan o'tishgan. Ikkinchi yili esa qalqon va nayza bilan qurollanib, davlat chegarasini qo'riqlaganlar.
Sekin-asta jismoniy tarbiyaning pedagogik va ilmiy nazariyasi paydo bo'la boshladi. Qadimgi faylasuf olimlar — Platon, Aristotel va boshqalaming asarlarida tarbiya ta'lim tizimidagi jismoniy tarbiyaga yuksak baho berildi.
Platon (eradan avvalgi 427-347 y.y.) Afina zodagonlari vakili, faylasuf-idealist (g'oyachi) insonning ma'naviy va jismoniy sifatlari haqidagi nazariyaning asoschisidir. U Sparta tizimiga moyillik bildirib, harbiy-jismoniy tarbiyani aqliy tarbiya va ta'lim bilan qo'shib olib borishni ko'zda tutdi. Platon o'zining (davlat) asarida shunday degan: «Yaxshi gimnastika ham oddiy bo'ladi, lekin eng awalo, harbiy gimnastika bo'lishi lozim».
Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y.y.). Yirik olim va faylasuf, Platonning o'quvchisi va Aleksandr Makedonskiyning ustozidir. Uning ta'limoti dialektika sohasida yuksak baholanadi. Chunki u shakl va mazmun birligi haqidagi g'oyani olg'a suradi.
Shu bilan birga borliqning rivojlanishini isbotlaydi. Insonning ruhi va tanasi ajramlas holda bog'liq ekanligini tushuntirib beradi. Jismoniy tarbiyaning aqliy tarbiya bilan hamohangligini ta'kidlaydi.
Aristotel o'g'il bolalarni jismoniy jihatdan mustahkam qilib tarbiyalash tarafdori bo'lgan. U Platondan farqli o'laroq tarbiyada ko'proq ta'lim-tarbiyaga o'rin berishni, gimnastika mashqlari hajmini kamaytirishni taklif etadi. Chunki gimnastikada ko'proq harbiy jismoniy tarbiya va ta'lim ko'zda tutilgan va u bolalar uchun juda murakkab jarayon, deb hisoblaydi.
Demokrit (eramizdan avvalgi 460-370 y.y.). Jismoniy mashqlar insonning shakllanishida muhim o'rin tutadi, ya'ni tabiiy holatni rivojlantirishda ustunroqdir, deb ta'lim beradi.
Sokrat (eramizdan avvalgi 469-399 y.y.) aytishicha, mustahkam sog'liq ko'pgina illatlardan saqlashga kafolatdir. Qadimgi grek shifokori Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375 y.y.) ta'biri va ta'limi bo'yicha, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish turli xil kasalliklarni oldini olish (profilaktika) va davolashda muhim ahamiyatga egadir.
Qadimgi greklarda jismoniy tarbiya asosan gimnastika va agonistikadan iborat bo'lgan. Gimnastika umumiy jismoniy tarbiyada qo'llanilgan. Agonistika tizimida esa maxsus tayyorgarlik va boshqa musobaqalarda qatnashish ko'zda tutilgan. Gimnastika maxsus tizim sifatida palestrika (kurash), orxestrika (raqs) va o'ynlami o'z ichiga olgan. Palestrika pentatlon (besh kurash: yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va lappak uloqtirish, kurash) va pankration (kurash va qo’l jangi)dan iborat bo'lgan. Shuningdek, suzish, mushtlashish, otda yurish, kamondan o'q otish va boshqalar mashqlar ham kiritilgan. Orxestrika asosan musiqa jo'rligidagi raqslardan tashkil topgan. O'yinlar esa tayoqlar, g'ildiraklar, chavgon, shar, to'plar bilan gimnastika qilishdan iborat bo'lgan.
Yuqorida ta'kidlangan turlardan Olimpiya bayramlarida (agonlarda) ko'proq foydalanilgan. Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari (agonlar). Qadimgi Gretsiyaning shon-shuhratini ko'tarishda Olimpiya va gimnastika agonlari o'rni alohida ajralib turadi.
Qadimgi Olimpiya o'yinlari Alfey daryosi vodiysining Peloponiyes yarim orolida joylashgan Elida shahrining Olimpiya qishlog'ida o'tkazilgan. Odatga ko'ra, hozirgi davrda Olimpiya mash'alasi Kronos tog'i etagidagi Olimpiyadan olinadi va Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan shaharlarga yetkaziladi. Olimpiya — olimpizmning yaratilishi markazidir.
Gomerning «Iliada» asarida tasvirlanishicha, Troya urushida halok bo'lgan Patrokl xotirasiga bag'ishlanib, uning do'sti Axill aravalar qo'shilgan otlar poygasi, mushtlashish, kurash, yugurish, kamondan o'q otish, nayza va disk uloqtirish bo'yicha tadbir (musobaqa) o'tkazgan. Shu tariqa Olimpiya qishlog'i asta-sekin muhim madaniy tadbirlar o'tkazish markaziga aylangan. Avvalo, bu yerda Gera xudosiga bag'ishlangan bir koshona keyinchalik esa, ya'ni eramizdan avvalgi VII asming ikkinchi yarmigacha Yer onasiga bag'ishlab katta ibodatxona qurildi. 200 yildan keyin, ya'ni greklaming Olimpiya qishlog'idan eronlar ustidan g'alaba qilishiga bag'ishlab Zevs xudosi sharafiga katta namoyish markazi qurilgan. Bu joyda Elida davlati oliy kengashi binosi joylashgan bo'ladi. Olimpiyada juda ko'p ibodatxonalar, ularda son-sanoqsiz haykallar mavjud bo'lib, ular turli xudolar, afsonaviy qahramonlar, Olimpiya o'yinlari chempionlari, podsholar, sarkardalar sha'niga bag'ishlangan.
Bu joyda boshqa turli xil madaniy, qurilish maskanlari qatorida sport inshootlari majmuasi ham joylashtirilgan. Bunda stadion, ot chopar (ippodrom), gimnastika va palestra (kurash) joylari mavjud edi. Ba'zi manbalarning guvohlik berishicha, Olimpiya o'yinlarining ilk bor tashkil etilishi greklarining bosh xudosi Zevsning o'z otasi Kronos sha'niga bag'ishlab katta an'anaviy bayramlar o'tkazishi bilan bog'liq bo'lib, ular Olimpiya o'yinlari deb atalgan.
Boshqa rivoyatlarga ko'ra esa tashkil etilgan o'yinlar afsonaviy qahramon Gerakl sha'niga, ya'ni kuch, mardlik, jasorat, harbiy shuhrat ramziga bag'ishlangan. Aniqrog'i, Elida podshosi Avdiy ustidan qozongan g'alabasi sharafiga Gerakl o'yinlari tashkil etilgan. U o'yinlami o'tkazish uchun masofalami (stadiya) o'z oyoq izlari bilan o'lchab bergan. Geraklning 600ta oyoq izi bir stadiya, ya'ni 192m27sm ni tashkil etgan. Bu masofaga yugurish stadiodrom deb nomlangan. Avvallar o'yindagi g'oliblami ana shu tur bilan belgilagan. Gerakl pankration musobaqasida qatnashib g'olib chiqadi. Keyinchalik o'tkazilgan o'yinlardagi g'oliblarga «Ikkinchi Gerakl» unvonini berish odatga aylantirilgan. O'yinlar urish qahramonlari, podshohlarni yenggan jasur va botir sarkardalar sha'niga bag'ishlab o'tkazilgan.
Olimpiya o'yinlarining ilk boshlanishi eradan avvalgi 776 yilga to'g'ri keladi. Bu davrda Olimpiya o'yinlarida faqat ozod fiiqaro bo’lib tug'ilgan greklargina qatnashgan. Qullar, ayollar va chet elliklar o'yinlarda qatnashish huquqiga ega bo'lmagan. O'yinlar har 4 yilda bir marotaba tashkil etilgan. Dastlabki o'yinlarda faqat yugurish musobaqalari asosiy dastur hisoblangan.
Keyingi o'yinlarning dasturlariga pentatlon, pankration, otda yurish, aravalarda poyga kabi turlari bo'yicha ham musobaqalar tashkil etilgan. 37-Olimpiya o'yinlaridan boshlab (eradan avvalgi 632 y.) o'yinlarda bolalar ham ishtirok etishgan.
Olimpiya o'yinlar awallari bir kun davomida, keiynchalik besh kunda o'tkazib borilgan. O'yinlar tantanali ravishda qiziqarli tarzda ochilgan. Qadimgi greklaming Olimpiya o'yinlari uzluksiz 1160 yil davom etgan. Ellada aholisi o'zining Olimpiya o'yinlarida 290 marta yig'ilgan. Eng oxirgi o'yin yangi eraning 393 y.ga to'g'ri keladi.
394 yilda Rim Imperatori Feodosiy I xristianlikning keng yoyilishi tufayli Olimpiya o'yinlarini o'tkazishni taqiqlab qo'ydi. 32 yil o'tgach esa Feodosiy-II barcha yodgorliklar, Olimpiyadagi muqaddas joylami buzishga farmon berdi. Qolganlari esa katta suv toshqinlari (sel) va yer qimirlashlari natijasida vayron bo'ldi. Natijada, marosimlar va Olimpiya o'yinlar nomi butunlay unitildi.
Qadimgi Yunonistonda Olimpiya bayramlari (o'yinlari) kabi turli xil boshqa bayramlar ham o'tkazish odat bo'lgan. Ulardan diqqatga sazovor bo'lganlari — Pif o'yinlari — Appolonga bag'ishlanib, Delfi shahrining atroflarida o'tkazilgan. Bunda musiqa, raqslar bilan birgalikda gimnastika o'yinlari ham o'tkazilgan. G'oliblar lavr shohlaridan yasalgan chambar bilan taqdirlangan. Shuningdek, Nemey, Panafina o'yinlari ham muntazam ravishda o'tkazilgan. Bularda ham musiqa gimnastika va boshqa o'yinlar dastuming asosiy mazmunini tashkil etgan.
Eradan avvalgi IV asrdan boshlab yunonistondagi quldorlik tuzumi barham topa boshladi. Bu, o'z navbatida, umummadaniyat va xususan jismoniy madaniyatning o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. Awal Makedoniya, keyinchalik esa rimliklaming hukmronligi ostida Yunoniston mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. O'tkazilayotgan o'yinlarda yunonlarga mansub bo'lmagan fuqarolar, professional sportchilar (mushtlashish, kurash, besh kurash va h.k.) qatnashishi odatga aylanadi. Lekin xristian dinining kengayishi va rivojlanishi boshqa xudolar sha'niga bag'ishlab o'tkazib kelinayotgan bayramlaiga barham berdi. Shular qatorida Olimpiya bayfamlarini o'tkazish ham to'xtab qoldi.
Dostları ilə paylaş: |