O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Ritsarlik tarbiya tizimining barham topishi



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə8/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Ritsarlik tarbiya tizimining barham topishi. Poroxning va o'q otadigan qurolning paydo bo'lishi qurolli kuchlar tarkibining tubdan o'zgarishiga olib keldi. Piyoda askarlar va artilleriya og'ir qurollar bilan qurollangan otliq askarlami siqib chiqardi va ritsarlaming harbiy jismoniy tayyorgarlik sistemasining hammasini foydasizqilib qo'ydi.

Lekin ritsarlar o'zlarining imtiyozli hisoblangan, ularning obro'yini saqlab turgan va boshqa sinflardan ajratib turgan narsalardan darhol voz kechmadi. Butun XV asr davomida hali turnirlar o'tkazib turildi, lekin endi kishilarning e’tibori turnir ishtirokchilarining texnikasi va harbiy ta’lim ko'rganligiga emas, balki kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga qaratilar edi. 1487 yili Vormsda so'nggi umumgerman turniri, 1512 yili esa oxirgi mahalliy turnir bo'lib o'tdi. Jangchi ritsarni tarbiyalashning qattiq tizimi asta-sekin unutib borildi. Ritsarlik tarbiya tizimi o'mida jentlmenlar tayyorlash tizimi vujudga keldi.

Ritsarlik qal'alaridan shaharlarning iqtisodiy jihatdan ustunligi holida qimmatbaho o'q otuvchi qurollar zodagonlarning va unga tayanadigan qirol hokimiyatining mulki bo'lib qoldi. Zodagonlar boyligining o'sib borishi ularga yollanma qo'shinlar-landsknextlar saqlashga imkon berdi. Bular nayza, oybolta, qilich va o'q otuvchi aslaha bilan qurollangan professional jangchilarning guruhlari edi. Ular urushlarga yollanib borishar va shuning uchun keskin janglardan o'zlarini olib qochar edi. Landsknextlar o'q otadigan qurolni ishlatish usullarinigina emas, balki boshqa qurolni ishlatish usulini ham o'rganar, qurolsiz kurashishga, suvda suzishga o'rganar va o'zlarida chidamlilik xususiyatlarini tarbiyalar edilar.

Landsknextlar qimmatga tushar edi, ular intizomsiz, jangda unchalik ishonchli emas, tinchlik davrlarida esa davlat uchun xavfli kishilar edi. Bu hoi asta-sekin doimiy armiyaga o'tishga sabab bo'ldi: bu armiyaning oddiy ommasi shahar kambag'allari va yersiz dehqonlardan tarkib topar edi. Armiyaga olinganlarning hammasiga ta’lim berish ishiga qattiqqo’llik munosabatida bo'linar edi. Safda yurish tayyorgarligi va bir xil standart harakat va usullarni sinchiklab o'rganib borish jangchilarning individual xususiyatlarini yo'q qilar edi. Komandirlar tarkibi maxsus tashkil etilgan harbiy maktablarda ta’lim olar edi. Bu maktablarda otda yurish, qilichbozlik, pistoletdan o'q otish, suzish, ov qilish, raqs tushish, soldatlarni qo'pol mashq qildirish bilan shug'ullanar edilar.




Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin