O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə6/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Adabiyotlar

Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . Т., 2008

Emazarov E. Olimpiada - jahon sporti bayrami. T. “Sharq”, 2008.

Mavzu 2. QADIMGI AJDODLARNING JISMONIY TARBIYASI


  1. O'zbekistonda qadimgi davr jismoniy tarbiyasiga oid arxeologik topilmalar va tarixiy manbalar.

  2. Qadimgi Xorazm, Baktriya, Sugd, Parfiya va boshqa davlatlarning madaniy a'nanalaridajismoniy tarbiyaning o'rni.

  3. Qadimgi ajdodlarimizning xalq o'yinlari va milliy sport mashqlari.

Hozirgi O'zbekistonning hududlari va unga yaqin bo'lgan qo'shni mamlakatlarning (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston va h.k,) deyarli ko'p joylarida istiqomat qilgan qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy- madaniy turmushi, ayniqsa, turli marosimlar, an'analar, bayram-sayllami o'tkazishda kurash, ot o'yinlari, dorboz, harakatli o'yinlardan keng foydalanganlar. Ular haqida «O'zbekiston xalqlari tarixi», «O'zbekiston xalqlari madaniyati tarixi» va boshqa ko'pgina darsliklar, ilmiy tadqiqotlaming natijalarida batafsil bayon qilingan. Bunda C^'atoqli arxeolog olim Ya.G'ulomov, akademik Qori Niyoziy va boshqalaming ilmiy ^ tadqiqotlari muhim ahamiyatga egadir.

Qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmush sharoitida jismoniy tarbiya p 1 vositalarining (turli o'yinlar, otda yurish, kurash, nayza uloqtirish va h.k.) qo'llanilishi ^ haqida «Avesto», «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Qirqqiz», «Manas», «To'maris» kabi O) tarixiy manbalar hamda xalq og'zaki ijodi guvohlik beradi.

Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida yashagan eng qadimgi ajdod va r v avlodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmushi haqida ma'lumotlarga oid doimiy ashyolar ko'p uchraydi. Ularning eng muhimlari Toshkent, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlardagi tarix, arxeologiya va san'at muzeylarida saqlanib kelinmoqda. nj Ajdodlarimizning ijtimoiy hayotida turli xil jismoniy mashqlar, o'yinlar ko'p r^\go'llanilgan. Ular asosan ijtimoiy mehnat va tarbiya jarayonida keng qo'llanilgan. ^ Rasmiy manbalarga qaraganda mamlakatimizda yashab, hayot kechirgan ilk ajdodlarimiz bundan 40 ming yiliar avvalgi davrga to'g'ri keladi. Ular haqidagi ma'lumotlar Samarqand shahrining janubidagi tog'lar orasidagi Omonqo'ton g'ori (1940 y.y.da ochilgan). Surxondaryoning Dalvarzin tepa, Teshik tosh, Afrosiyob (Samarqand), Toshkent viloyatining Sirdaryo sohillari va boshqa joylarda o'tkazilgan arxeologik topilmalar guvohlik beradi.

Qurama tizma tog'lari (Toshkent viloyati), Nurota, Turkiston, Hisor tizma tog'lari oraliqlaridagi yassi va silliq toshlarga chizilgan tasvirlarda (rasmlar) kishilarning ov qilishdagi shakl va harakatlari, ov qurollari, hayvonlar aks ettirilib, ularning tarixi ham bir necha o'n ming yillik davrlami o'z ichiga oladi. Lekin afsuski, ular jismoniy madaniyat mutaxassislari tomonidan ilmiy-nazariy va pedagogik va tarixiy jihatdan izchil o'rganilmagan. Professor Yu.S.Sholomitskiy rahbarligida o'tkazilgan ba'zi bir tadqiqotlar ajdodlarimiz jismoniy madaniyati haqida mulohazalar bildirishgan. Bir qator tadqiqotchilar, yosh ijodkorlar ham o'zlarining o'quv-uslubiy qo'Ilanmalarida qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyatini yoritib berganlar..

Tarixchilar va mutaxassis olimlarning ta'kidlashiga qaraganda, qadimgi yunon va sharq manbalarida, xususan «Avestoa. siA 1ршшяЬ»;Shohnoirwro- «Go'ro'g'li» va boshqa manbalarda madaniy|tj,|^rj^lar »ifatp4j} , -Xorazm, Choch

| f ' Ai’b*W r.:?3rs 1

va Parkana viloyatlari hamda Baqtriya podsholigining katta qismi aynan, respublikamiz mintaqalariga to'g'ri keladi.

«Afrosiyob muzeyi»dagi (Samarqand) saqlanayotgan changda ishlangan rangli tasvirlar shohona yoylar, qadimgi buyuk ipak yo'li (VIII asr), Quva ibodatxona Bolaliktepa va Varaxshadan topilgan bebaho san'at obidalari (o'ymakorlik, haykaltaroshlik va hk. VI-VII asrlar) jahon madaniyati xazinasiga durdona bo'lib kirdi. Bu esa o'zbek diyorini jahonning qadimiy madaniyat markazlaridan biri sifatida olamga tanitdi.

O'zbekiston xalqlari madaniyati tarixi turli manbalarda o'z ifodasini topgan. Ulaming mazmuni umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy madaniyat bilan bog'liq ba'zi bir dalillar, ashyolar bayon etilganligi muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Ilmiy ekspeditsiyalar, arxeologik qazishmalar va boshqa faoliyatlarda rus olimlari V.V.Bartold, Va.Vu. Yakubovskiy, V.E.Bertels,

O.P.Tolstovlar juda ko'p ilmiy meroslar qoldirgan. Keyinchalik ularni o’zbek olimlari Ya.G'.G'ulomov, I.Mo'minov, Qori-Niyoziy, B.Axmedov A.Asqarov kabi ulaming tadqiqotlarini rivojlantirdi.

Ularning asoslab berishicha ajdodlar madaniyati va taraqqiyot jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish bilan chambarchas bog'lanib kelgan. Bu esa insonlaming madaniy turmush sharoiti, jismoniy madaniyati ham rivojlanib borganligini tasdiqlaydi. Shunga asosan ajdodlarimizning jismoniy madaniyatini va uning rivojlanish tarixini turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma'rifat, tarixiy voqealar, urf-odatlar, an'analardan alohida ajratib o'iganish qiyindir.

Ajdodlar ijtimoiy-madaniy turmush sharoiti, ma'lum davrlardagi ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy va b.q. faoliyatlari tarkibiga kirib ketgan jismoniy madaniyat jarayonlarini hozirgi davr talablari asosida o'tmishga bog'lab o'rganish, uni o'qitish hamda yoshlarga singdirish maqsadga muvofiqdir.

O'zbekistonning mustaqilligi tufayli, o'tmish tariximizni qayta o'rganish, unga haqiqiy baho berishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu asosda o'tmish tariximizdagi jismoniy madaniyat va uning rivojlanishidagi bosh sabablardan ba'zi bir tomonlarini esga olish zarurdir. Buning uchun O'zbekiston xalqlari tarixi, O'zbekistonning yangi tarixi, ba'zi tadqiqot natijalari hamda muzeylardagi daliliy ashyolarga bevosita murojaat qilish kerak bo'ladi.

Rasmiy manbalarga qaraganda bundan 150-140 ming yil (o'rta paleolit) Muz davrida muzlanish keng tarqalgan. Odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar. Toshlardan qurol yasashni takomillashtirib, yirik hayvonlami va baliq ovlashga kirishgan. O't chiqarish vositalarini ixtiro qilib, yashash uchun g'or, yer to'la, chayla; кара va boshqa boshpanalardan foydalanishgan. Bu jarayonlar esa tabiiyki, barchaning jismonan baquwat; epchil, kuchli, chaqqon bo'lishini talab etgan.

Ilmiy tadqiqotlaming guvoh berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo), Omonqo'ton, Afrosiyob (Samarqand), Xo'jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati), Farg'ona vodiysida So'x daryosi bo'yidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan va muz davriga mansub bo'lgan yodgorliklar, turli ashyoviy dalillar o'rganilgan. Tadqiqotlaming natijalariga qaraganda yuqorida nomlari qayd qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan hayvonlarni ov qilish uchun foydalanishgan. Jismoniy chiniqish va o'ljani qo'lga kiritish uchun turli murakkab harakatlarni (yugurish, olishish, uloqtirish, sakrash, himoya qilish va hokazo) bajarishga to'g'ri kelgan. O'z navbatida, bolalami ham bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, hozirgi zamon jismoniy tarbiyasining ayrim namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga kela boshlagan.

Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan keyingi 12 ming yillikka qadar davom etadi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Qozog'istonda iqlim quruq, o'zgarib turuvchi bo'Igan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo'Igan.Hayvonlami ovlashga ixtisoslashuv o'sha davr odamlarining yashash manbalariga aylangan.

Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator ko'llarda baliq ovi bilan shug'ullanish, ularning o'troq holda yashashiga sabab bo'Igan. Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari yodgorliklari ichida Markaziy Faig'onaning neolit yodgorliklari - Zambar, Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv, Ming buloq kabilar ajralib turadi. Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga o'tilishi bilan islilab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o'zgarishlar paydo bo'Igan. Bu davrga kelib, mehnat qurollari ancha takomillashgan, suyak va shoxdan yasalgan buyumlar; igna, bigiz, qarmoq, kamon o'qi va har xil bezaklar shakllangan. Tosh va suyaklarni parmalaganlar. Toshlarga, sopol idishlarga odamlar, hayvonlami rasmini chizganlar.

So'nggi paleolit davrining yutuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi bo'ldi. Nayza tufayli ovchilik rivojlandi, tirik hayvonlami biigalashib ovlash keng ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki nayzani ushlash tartiblari, uni mo'ljalga olib, uzoqqa otish (uloqtirish) qulay hamda oson emas. Uning texnik qoidalari, uslublari bo'ladi. Shuningdek, yetarli darajada chaqqonlik va chidamlilikni talab etadi. O'z-o'zidan ma'lumki, bu natijalarga erishish uchun maxsus tayyorgarliklar, ulami o'rgatuvchilar, tarbiyachilar bo'Igan. Hayvonlami birgalashib tutish, ulami quvib yetish ham oson emas. Shu sababdan, oilalarda bolalami maxsus tayyorgarlik ishlarini ko'rishgan va jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari olib borilgan.

Oilada bolalami tarbiyalashda tabiiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda suzish va h.k.) va turli harakatli o'yinlar eng asosiy vosita va amallardan biri bo'lib xizmat qilgan. Bolalarning yoshi, jismoniy rivojlanish holatlarini hisobga olgan holda, ularni guruhlarga ajratib o'ynatish o'sha davrlardayoq ma'lum maqsad yo'lida vujudga kelgan. Masalan: kichik yoshdagi bolalarga «Mushuk va sichqon», «Qushlar pirr etib uchdi», «G'ozlar va o'rdaklar» kabi o'yinlarni o'rgatish boshlangan. O'rta yoshdagi bolalarga «Kalxat keldi», «Xo'rozlar jangi». «Kim chaqqon» kabi o'yinlar, estafetalar, to'siqli yugurishlar qo'llanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, kuch sinashish (kurash, mushtlashish, tosh ko'tarish kabilar), daraxtlarga tirmashib chiqish, suvda tez suzish, hayvonlarga nayza sanchish (belgilangan doiralar, buyumlar va h.k.) kabi murakkab o'yinlar, mashqlar o'rgatilgan.

Markaziy Osiyo miloddan awalgi II-I ming yilliklarda yirik quldorlik davlatlari Baqtriya, So'g'd, Xorazm paydo bo'ldi. Ular Rim va Gretsiyadagi quldorlik tuzumidan o'ziga xos ravishda anchagina farq qilgan. Markaziy Osiyodagi davlatlarda ishlab chiqarish yuqori darajada bo'lmaganligi uchun asosan dehqonchilik, chorvachilik va mayda hunarmandchilik asosida qullar (yollanuvchilar) majburiy ishlatilgan.

Eramizdan awalgi 481 (480) - 431 (425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning jismoniy tarbiyaviy qarashlanga oid muhim ma’lumotlar berilgan.

Saklar, massagetlar va forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim, — shunga ko’ra ular ko’proq o’g’illarga ega bo'lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari, bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan.

O’g'il bolalarni 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish, to’g’rilikka o’rgatishgan. Bolani 5 yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’Igan. Mabodo o’g’il bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar. O’g’il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-onaga hurmatsizlikni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.

Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, deydi.. yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar. Ular daryo suvini muqaddas sanaganlar.Gerodotning bu ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz farzandlariga jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar.

Xitoy tarixchisi Syuan-Tzin esa Samarqand aholisining ahloqiy va hulq-odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o’rnak bo’lganligini aytib o’tgan. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganhgi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o’rgatilganligi, ta’limdan maqsad - bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi.

Shuning bilan birga eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og’zaki ijodi namunalari - afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ham ko’ramiz. Chunki xalq donishmandligining ko’zgusi bo’Igan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo’Igan tarbiya tajribalari umumlashtirilgan. Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog’liq rivoyatlar buning dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, qahramonliklari ulug’langan. Eposlarda xotin-qizlarning aql-idriki, jasorati, erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko’satganliklari ifodalangan.

Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning o’ng qirg’oidagi yerlar Turon, chap qirg’oidagi yerlaresa Eron deb yuritilgan. Eramizdan oldin ahamoniylar saklar va massagetlarning yerlariga hujum qilib turgan. Eron shohi Kir sak va massagetlarga qarshi urushib 529 yilda mag’lubiyatga uchraydi.

Gerodotning «Tarix» kitobida massagetlar malikasi To’marisning Eron shohi Kir bilan olib borgan jang voqealari tasvirlangan. Jangda To'maris g'olib chiqib, Kiming boshini olib, qon bilan to'ldirilgan meshga soladi. «Sen umr bo'yi qonga to'ymading. O'z ontim bo'yicha seni qon bilan sug'ordim», deydi. To'maris misolida o'sha davrlarda ayollardan sarkardalar chiqqanligini va janglarda har tomonlama kuch ko'rsatganligini guvohi bo'lamiz. O'z o'mida aytish lozimki, hozirgi davrdagi mahalliy millat qizlarini oilada, turmush va hayotda ma'naviy-jismoniy jihatdan yetuk bo'lishga otlantirish, bu bilan ularning jamiyatga faol xizmat qilishlarini ta'minlash lozim.

Polienning “Harbiy hiylalar” asarida saklarga qarshi Doroning bosqinchilik yurishi to’g’risida ma’lumotlar bor. Bu asarda saklar qahramoni Shiroqning vatanparvarligi va jasorati ibrat sifatida ko'satilgan.

Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” hisoblanadi. Zardushtiylik ta’limotida ta'lim-tarbiya quyidagi bo’limlar: 1) ma’naviy va dmiy tarbiya; 2) jismoniy va mehnat tarbiyasi; 3) aqliy va axloqiy tarbiya dan iborat bo'lgan.

“Avesto” bo’yicha bolalarga 5 yoshgan savod o’rgata boshlaydilar; o'qishni o’rganishi bilan savdo ishlariga o’rgata boshlaydilar.

Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o’qiniladigan savod maktablari bo’lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o’rgatilganligi, ta’limdan maqsad - bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi. Zardusht ta'limotida 15 yosh balig'at yoshi sanalgan. Du yoshda ularga davlat qonunlari, axloqiy qoidalar o’rgatilgan Zardushtiylikning axloqiy qoidalariga binoan insonning o’z burchini his etishining eng birinchi belgisi ma’naviy poklik hisoblangan.

“Avesto”da insonning barkamol bo’lib etishishida ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda juda qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo’lgan. Bu xislatlar o’z- o'zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o'zgarishlar, ibtidoiy urug’chihk- qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikkita katta kuch - yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo’lgan.

Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko'rib yashash uchun yaratgan ta'lim- tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma'no va o'rin egallagan.

Markaziy Osiyoni Eron Ahmoniylari, keyinchalik (miloddan avval 329-327- yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o'zlarining madaniyati, dini va ijtimoiy- iqtisodiy boshqarish ish usullarini o'matganlar. O'sha davrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar bosqinchilaiga qarshi qo'zg'olonlar ko’taigan, jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday hollarda askarlar va xalqning asosiy jangovoriik qurollari kamondan o'q otish, nayza bilan sanchish, qilichbozlik, turli xil vositalar (to'qmoq, kaltak, bolta, pichoq va h.k.) bo'lgan. Jangchilaming ma'lum qismi otda yurishgan. Bu holat jangchidan ot ustida turib barcha qurol vositalari bilan jang qilish, otni choptira bilish hamda boshqa imkoniyatlardan o’ta ustalik bilan foydalanishni talab etgan.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy miloddan avval 334-yilda 30000 piyoda va 5000 otliq askar bilan kichik Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovor yurish qilgan. 327-yilda hozirgi Buxoro, Samarqand, (Marokand), Panjakent hamda Sirdaryo oqimi atrofidagi yerlarni bosib oladi. Bunda lashkarboshi Spitamen kelgindilarga katta qarshilik ko'rsatadi. Lekin uning xotini xoinlik qilib, Spitamenning boshini kesib, Aleksandr Makedonskiyga topshiradi. Podshoh bu bevafo xotinni hamda 120 ming aholini ham qirib tashlaydi. Chunki uning ta'biri bo'yicha enga, eliga vafolik qilmagan ayol boshqalarga vafodor bo'lolmaydi.

Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi ma'lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Eradan avvalga 138-yilda Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi-Chjansyan ajoyib ma'lumotlar qoldirgan. O'sha davrlarda Farg'onani Davon deb ataganlar. So'g'ddagi Kattaqo'rg'on dastavval Kushon davlatining poytaxti bo'lgan.

Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixidagina emas, balki butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o'rin egallaydi. Markaziy Osiyodan qadimgi ipak yo'li o'tganligi (Sharq mamlakatlar bilan g'arb davlatlari o'rtasidagi savdo va madaniy aloqalar) bu yerdagi xalqlaming madaniy hayotida katta burulishlar yasagan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal'a va boshqa joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash, nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston hududida qadimgi yashagan xalqlaming turmush sharoitlarida, o'z vatanlarini himoya qilishda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish kabi madaniy hamda jangavorlik faoliyatlari alohida o'rin tutadi. Bu davrdagi yashagan xalqlar o'rtasida jangavorlikni oshirish o'z hududlarida osoyishtalikni ta'minlash, xalq farovonligini yuksaltirish uchun o'tkazgan diniy, madaniy marosimlar, to'ylar va turli an'analarida kamondan o'q otish, qilichbozlik va nayzabozlik qilish, kurash, ot o'yinlari hamda boshqa xalq milliy harakatli o'yinlari bilan mashhur bo'lganlar.

Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og'zaki ijodida, ayniqsa, ko'proq ifodalanadi. «Alpomish» dostonida kurash, otda poyga, kamondan o'q otish meiganlik kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun, sevikli yori uchun jonini ham fido qilish kabi eng ulug1 insoniy fazilatlar madh etilgan. «Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, bundan bir necha ming yillar mavjud bo'lgan urf-odatlar, marosimlar, ayniqsa, yigit va qizlarining bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan o'ta barkamolligi, dushmanlaiga shafqatsiz kurashlari odilona bay on etilgan.

Dostonlaming tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq irodasi, an'analar, urf-odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish, qilichlashish, kurash, kamondan o'q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori saviyada madh etilgan. Bunda dushmanlar bilan mardonavor jang qilishgan yigit va qizlar timsoli tasvirlanadi Xalq og'zaki dostonlarida xalq irodasi, yovuz kuchlar va yigit-qizlarining sevgi-muhabbat yo'lida qurbon bo'lganliklari bayon etilishi bilan biigalikda, jasur, botir, pahlavon, chavandoz kabi sifatlar ham o'z ifodasini topgan.

Xalq milliy o'yinlari bir necha yo'nalishlaiga ega bo'lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko'p janrlardagi san'at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bo'lib kelayotgan qator harakatli o'yinlar va sportga xos o'yinlar ham juda ko'p. Ularni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin, ya'ni:



  1. Kurash (buxorocha, farg'onacha, xorazmcha usullar).

2.0t o'yinlari (ko'pkari-uloq, poyga, otdan ag'darish, chovg'on va h.k.).

  1. Dorboz o'yinlari (dor ustidagi mashqlar, hazil va aytishuvlar).

  2. Tosh ko'tarish.

  3. Arqon tortishish.

  4. Kuch sinashish.

  5. Harakatli milliy o'yinlar.

  6. Yugurish musobaqalari (batba).

Bunday o'yinlaming deyarli barchasi ommaviy bayramlar, musobaqalar va to'ylarda keng qo'llanqan.

Qadimgi ajdodlaming ijtimoiy turmush sharoiti va unda qo'Ilanilgan jismoniy madaniyat haqidagi ma'lumotlarni tahlil qiling.




Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin