Adabiyotlar
Akramov A.K. O'zberkistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. Т., 1997. Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . Т., 2008 Xoshimov K., Nishonova S.,va b. Pedagogika tarixi. Т., O'qituvchi, 1997 Xo'jaev F.. O'zberkistonda jismoniy tarbiya. Т., O'qituvchi, 1997.
Mavzu 3. O RTA ASRLARDA CHET EL MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (V-XVII asrlar)
O'rta asrlarda chet el mamlakatlarda JT va S ruvojlanishining xususiyatlari.
Chet mamlakatlarda feodallar, dehqonlar va shaharliklaming jismoniy tarbiyasi.
Uyg'onish davri gumanistlari jismoniy tarbiya haqida.
O'rta asr davri eramizning V-XVII asrlariga to'g'ri keladi. Bu vaqtda feodal tuzumi G'arbiy va Sharqiy Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Afrikada vujudga kelib, u rivojlanib boradi. Markaziy Amerika, Avstraliya qit'alari, Osiyoning shimoliy viloyatlarida esa bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi yoki ilk quldorchilik tuzumi hukm surgan. Demak, jahondagi xalqlar turli-tuman ijtimoiy sharoitlarda yashab, o'z madaniyatlarini bir-birlari hisobiga to'ldirganlar hamda boyitganlar.
O'rta asrlar Osiyo, Yevropa mamlakatlari va Afrikaning bir qancha mamlakatlarning asosiy ko'pchiligi feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan davr edi. Tarix maydonida yangi-yangi xalqlar paydo bo'Igan va G'arbiy hamda Sharqiy Yevropaning, Hindi-Xitoyning ko'pgina davlatlari arab davlatlari, Turkiya, Yaponiya va boshqalar qaror topdi. Xitoy, Hindiston, Eron, O'rta Osiyo xududlarida ilgari paydo bo’Igan davlatlar ham rivojlandi.
Xitoyda eramizning III-IV asrlarida; Hindiston, Old va O'rta Osiyo mamlakatlarida, Shimoliy Afrika va Yevropada eramizning Ill-VII asrlarda feodal munosabatlar vujudga keldi. Ba’zi bir xalqlar quldorlik tizimini chetlab, to’g’ridan- to’g’ri ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal munosabatlarga o'tdilar. Feodalizm davrida yer feodallaming mulki hisoblanar edi. Yer oqsuyak feodallarga va cherkov feodallariga qarashli bo'Igan vaqtlardagina emas, balki, ba’zi bir sharqiy mamlakatlarida bo'lganidek, feodal davlatiga qarashli bo'Igan vaqtda ham feodallaming mulki hisoblanar edi.
Mehnat qurolllari, mollar, xo'jalik imoratlari va urug'liklar feodallarda ham, bevosita ishlab chiqaruvchilar-dehqonlarda ham, shuningdek hunarmandlarda ham bor edi. Eksplutatorlar sinfi-oqsuyak feodallar va cherkov feodallari hamda ekspluatatsiya qilinuvchi sinf - krepostnoy dehqonlar feodal jamiyatining asosiy sinflari edi. Ular o'rtasida butun o'rta asrlar davomida qattiq sinfiy kurash olib borildi. Bu kurash o'sha davrdagi ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, feodallar va xalq ommasining jismoniy tarbiyasiga ham hal qiluvchi ta’sir qilar edi.
Cherkov feodal jamiyatining g'oyat reaksion kuchi edi. U antik madaniyat qoldiqlarini yo'q qilishga harakat qilda, xalq ijodiga, fanga qarshi kurash olib bordi. Cherkov xalqning jismoniy kamolotga, tomoshalarga intilishini majusiylikning, antik diniy urf-odatlaming ko'rinishi deb bildi. Cherkov xalq hayotidan jismoniy mashqlar va o'yinlami zo'r berib chiqarib tashlay boshladi. Cherkov dehqonlar va shaharliklar jismoniy mashqlar yordamida o'z jismoniy tayyorgarligini yaxshilay olishlari va undan feodallarga qarshi kurashishlari uchun foydalanishlari mumkin, deb xavfsiradi.
Ilk o'rta asr davrida cherkov feodallaming jismoniy tarbiyasiga ham salbiy munosabatda bo'ldi. U salb yurishllari davridagina ritsarlaming harbiy-jismoniy tayyorgarligiga bo'lgan o'z munosabatini o'zgartirdi. Bu vaqtlarda cherkov feodal aslzodalarining jismoniy tarbiyasini qoralamadi va hatto bu tarbiyani ruhoniylar hamda monaxlar jamiyatiga olib kirdi. Cherkov xudoga va feodal tartiblarining mustahkamligiga bo'lgan e’tiqodni faqat butlar yordamida emas, balki qilich yordamida ham quvvatlar edi.
Feodallar jismoniy mashqlar bilan aktiv shug'ullandilar, o'zlarini bosqinchilik urishlariga va dehqonlarning qo'zg'olonlarini bostirishga tayyorlab bordilar. Urush olib borishning yangi usuli va yangi harbiy texnika jismoniy tarbiya vositalari va usullarida ayrim o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keldi. Ritsarlaming butun tarbiyasi harbiy-jismoniy tayyorgarlikdan iborat edi. Ritsarlik tumirlari o'sha vaqtlarda o'ziga xos ko'ngil ochish vositasi emas, balki shu bilan ayni bir vaqtda, ritsarlaming harbiy-jismoniy jihatdan tayyorgarligini namoyish etuvchi ko'rik, ot, nayza va qilichni ishlatish mahoratiga doir musobaqa edi.
G'arbiy Yevropa shaharlarining aholilari feodal ritsarlardan mustaqil bo'lib olishga harakat qildilar. Ular qo'llariga qurol tutgan holda kurashib, o'z erkinligini olishlari lozim edi. Bu esa ulami shaharlar atrofida devorlar qurishga va handaqlar qazishga, qorovullik xizmatini o'tashga va harbiy jismoniy tayyorgarlik bilan shug'ullanishga majbur qildi. O'sha vaqtdagi shaharliklar orasida yugurish, sakrash, tosh uloqtirish, og'irlikni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish, qilichbozlik, yoydan o'q otish, kurashish va to'p o'ynash singari jismoniy mashqlar rasm bo'lgan edi. Ular bu mashqlar yuzasidan uyushtiriladigan musobaqalami bayram kunlari o'tkazar edilar. Shaharliklar tomonidan qilichbozlik va o'q otish birodarlik uyushmalari tashkil etilgan edi. Shaharliklar va dehqonlar o'rtasida o'tkaziladigan xalq jismoniy tarbiyasi xalq an’analari asosida amalga oshirilar edi.
Dastlabki vaqtlarda bu davlatlarda barcha mehnatkashlar harbiy xizmatni o'tashga majbur bo'lgan erkin yer egalaridan iborat edi. Ular qirol yoki harbiy boshliq chaqirig'i bilan qurollangan holda yetib kelishlari va harbiy yurishlarda qatnashish uchun tayyor bo'lishlari kerak edi. Lekin harbiy ta'lim yaxshi tashkil etilmagan edi. Aholini harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlashning o'ziga xos xalq shakllarining jadal suratda rivojlanishiga sabab ham, ehtimol, uyushgan harbiy ta’limning yo'qligi bo'lsa kerak. Dehqonlar uchun harbiy va jismoniy tarbiya faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur edi.
Bu davrda jismoniy tarbiyaning sinfiy xarakteri birinchi navbatda jismoniy tarbiyadan foydalanish maqsadlarida namoyon bo'ldi. Dehqonlar jismoniy tarbiyadan mehnat va jangovar faoliyatga tayyorlash vositalaridan biri sifatida, yuqori martabaga erishgan feodal aslzodalar esa o'z qudratini mustahkamlash vositasi sifatida foydalandilar. Feodal aslzodalari faqat o'z mavqeyi, hokimligi bilangina emas, balki jismoniy kuchi bilan ham xalqdan ajralib turishga harakat qilar edi. Buning uchun aslzodalarga xalqqa nisbatan beqiyos darajada katta imkoniyatlar bor edi.
Feodal aslzodalar o'zlarining harbiy jismoniy tarbiya tizimlarini yaratishda xalqning jismoniy mashqlar va o'yinlar sohasidagi ijodidan keng foydalandilar.
O’rta asrlar davomida madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sport ham rivojlangan. Bir necha yuz yillar davomida katolik dini aqliy va jismoniy tarbiyaga salbiy ta'sir o'tkazib keldi. Xristian dini ta'lim va tarbiya sohasida o'zining hukmronligini ustun qo'ydi. Bunda faqat ruhiyat va oxirat haqida ta'limot olg'a surildi. Dinning ta'siri natijasida maktablar va uni vers itetlarda jismoniy tarbiyaga e'tibor berilmadi.
Ritsarlik tarbiya tizimi. Cherkov feodal tuzumiga yordam berish maqsadida ritsarlik katolisizmini keng tarqatdi. Salb (xoch) yurishlaridagi ritsarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj sezilib, shu sababdan, ularni tayyorlashga e'tibor kuchaytirildi hamda ritsarlik jismoniy tarbiya tizimi tashkil etildi. Bunda, asosan, harbiy ishning amaliy xususiyatiga tayanildi.
Ritsarlami tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov suzish, kamondan o'q otish, shaxmat o'yini, she'r aytish kabilardan foydalaniladi. 7-14 yoshdagi bo'lajak ritsarlar obro'li feodal ayollar tarbiyasini olgan. Bolalar orasidan tanlab olingan 14 yoshga to'lganlar qurollami ishlatish bo'yicha tayyorlanardi. 21 yoshda esa ular bevosita ritsarlikka jalb qilingan. Ular har qanday xizmatni bajarishga tayyor bo'lishi uchun kuch va chidamhlikka erishish yo'lida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanganlar. Bunda o'yinlar va sport muhim o'rin tutgan. O'yinlar, harakatlar harbiy xususiyatga ega bo'lgan sport o'yinlari ichida fransuzcha «Je de pom» (tennisga o'xshash), inglizcha «so'l» (futbolga o'xshash), gollandcha «golf» o'yinlari ko'proq qo'llanilgan. Harbiy tayyorgarlik mashqlarida shahar devorlariga hujum, qasr va qo'rg'onlami o'rab olib, qamal qilish udumga kiigan. Buning uchun sun'iy joylar tayyorlangan. Sport turlari orasida qilichbozlik, otda yurish, kurash, nayza uloqtirish, bosqon iig'itish, uzunlikka sakrash, kamondan o'q otish, suzish kabi mashg'ulotlarga keng o'rin berilgan. Nayzabozlikni o'rgatishda shu sohadagi mutaxassis o'qituvchilar feyxmestrlarni taklif etishgan. Boshqa turlarda ham bu usullar qo'llanilgan. Ritsarlaming ko'ngil ochish mashqlari asosan ov qilish, ya'ni burgut (lochin) yoki it bilan o'ljani tutish, otda va piyoda yurib hayvon ovlashdan iborat edi.
Ritsarlaring harbiy-jismoniy tayyorgarligini sinovdan o'tkazish uchun ritsarlar tumirini o'tkazishgan. Bu haqda VI asrda Fransiyada amalga oshirilgan faoliyatlar, tadbirlar guvohlik beradi. Turnirlar ommaviy tusda va yakkama-yakka bellashuvlar ko'rinishida o'tkazilgan. Turnirlami tashkil qilish, asosan, oilada o'g'il tug'ilishi, jangdagi g'alaba, ritsaming uylanishi, yirik feodalning tug'ilgan kuni va boshqa sabablar bilan bog'liq bo'lgan. Yakka bellashuvda ritsarlar «qirolga hayot, ayolga qalb baxsh etish va o'ziga shon-shuhrat keltirish» uchun qasamyod qilishgan.
Tumirlaming o'tkazilishi ko'proq XIII asrga to'g'ri keladi va bunday turnirlar Germaniya, Angliya, Fransiya, Ispaniyada ko'proq tashkil etilgan. So'nggi turnirlar
XV asr oxirlarida Germaniyada, XVI asr boshlarida Fransiyada o'tkazilgan. Bu davrda feodal munosabatlar keskin o'zgardi va ritsarlik tizimi susayib bordi, ya'ni yangi burjuaziya munosabatlari yuzaga keldi. Bu, o'z navbatida, porox va o'q otar qurollaming kashf etilishi tufayli jismoniy tarbiyaga ehtiyoj susayishini keltirib chiqardi.
Feodallarni harbiy-jismoniy tarbiyalash faqat manfaatparastlik maqsadi-ham tashqi bosqinchilik urushlari uchun, ham mamlakat ichidagi krepostnoy dehqonlar va hunarmandlaming ozodlik harakatlarini bostirish uchun bir xilda qodir bo’Igan jismoniy jihatdan kuchli harbiy ritsarlarni tayyorlash maqsadini ko'zlar edi.
Bo'lajak ritsarlarni harbiy-jismoniy tarbiyalash ulaming juda yoshlik chog'laridanoq, odatda, yirik feodallaming saroylarida boshlanar edi. Syuzerenlar qal’alari yosh ritsarlaming maktabi edi, desak. Bu maktab tarbiyasi, garchi ma’lum darajada tartib va qoidalarga solingan bo'lsada, xususiy oilaviy xarakterda edi.
Feodallar ritsarlikka bag'ishlangan tarbiyaning ikki majburiy bosqichini va bir ixtiyoriy bosqichini-oliy bosqichini o'tar edilar.
Oddiy feodalar o'zlarining 7 yoshlik o'g'illarini senyor (ancha boy feodal) qal’asiga yuborar edilar; qal’ada bu bolalarga paj (mahram) unvoni berilar edi. Pajlar ritsarlar tayyorlash va xizmat o'tashning dastlabki (quyi) bosqichini o'tar edilar. Ular kuchli va epchil bo'lish uchun kamalak otish, tosh va nayza uloqtirish, sakrash, yugurish, kurashish, suzish va otda yurish bilan shug'ullanar edilar. Ayni bir vaqtda ularga ov qilish, harbiy-jismoniy mashqlami bajarish va ritsarlik odob-qoidalari o'rgatilar edi.
Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va ko'nikmalar navbatdagi bosqichda, 14 yoshga yetgan pajlar qurolbardorlikka o'tkazilib, ular qilich va shpor taqish huquqiga ega bo'lganlaridan keyin, takomillashtirilar edi. Qurolbardorlar mahsus o'qituvchilar rahbarligida asov otlarni minib o'rgatar, og'ir temir qalqonlar kiygan holda va ularsiz uzoq masofalarga chopishar, xandaqlardan va devorlardan sakrab o'tishar, qal’a devorlariga narvon bilan va narvonsiz chiqishar, qurol bilan va qurolsiz suvda suzishar, ov qilishar, itlami o'rgatishar, shaxmat o'ynashar edilar.Qurolbardorlikning oxirgi yillarida bu yoshlar qilichbozlik, nayza uloqtirish hamda to'la asbob-aslahalari bilan otda yurishni mashq qilar edilar. Qurolbardorlarning umumiy jismoniy va harbiy tayyorgarligi ana shunday amalga oshirilar edi. 21 yoshga kirganlarida ularga ritsarlik unvoni berilar edi. Ana shu davrdan boshlab ulaming ko'pchiligi uchun jismoniy mashq mashg'ulotlari ko'ngil ochish vositasiga (otda yurish, ov qilish) aylanar yoki tumirda ishtirok etish vositasi sifatida xizmat qilar edi.
Ritsarlik tayyorgarligi-jismoniy kamolotning uchinchi bosqichi-faqat yirik senyorlar uchun mo'ljallangan edi. Bu tarbiya bosqichi shaxsiy mayllarga muvofiq keladigan jismoniy mashqlar (masalan, kurash, qilichbozlik va boshqalar) turlarinigina o'z ichiga oladi. Bu bosqichda gruppa ta’limi emas, balki individual ta’lim ustun turar edi. Qal’alarga professional o'qituvchilar, qilichbozlik ustalari, eng mashhur kurashchilar va mutaxassislar taklif etilar edi.
Bunday tarbiya tizimi natijasida ritsarlar jismoniy jihatdan kuchli, epchil va matonatli kishilar bo'lib, ular harbiy harakatlaming asosiy usullaridan xabardor bo'lar edilar. Dag'al jismoniy kuch ularning iftixori hisoblanar edi. Ular o'zlarining doirasida ritsarlik odob-qoidalari degan axloqqa amal qilar edilar.
Ritsarlaming turnirlari ritsarlar harbiy sport musobaqalarining o'ziga xos shaklidan iborat edi. Ularda go'yo feodal aslzodalarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga va ritsar otryadlarining harbiy harakatlari tayyorgarligiga yakun yasalar edi. Turnirlar ilk o’rta asr davrida vujudga kelgan. Ular Fransiya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Polsha va Ispaniyada salb yurishlari davrida ayniqsa ravnaq topgan. Turnirlar o'z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o'tgan, birinchi bosqich- realistik harbiy o'yinlar bo'lib, bunda turnirlar namunali kurashdan iborat edi, ikkinchi bosqich sport yakka kurashi bo'lib, u fransuzlarda “just”, nemislarda “t’ost” deb atalgan.
Ommaviy realistik kurashlar (“buxurdlar”) keng katta maydonlarda o'tkazilgan va biror harbiy harakat manzarasini eslatgan. Vaqtlar o'tishi bilan bu kurashlar cheklangan maydonda, ma’lum vaqt qoida va tartibga asoslanib o'tkazila boshlagan. Keyinchalik ommaviy turnirlar jut yoki tost turnirlari shaklini olgan. T’ost turnirlari XI asrda yakkama-yakka olishuvning ancha aniq shakli sifatida paydo boldi.
asrda ulartumirning asosiy qismiga kiritildi va ritsarlar doirasida juda keng tarqaldi. Poyga va nayza bilan harakat qilish jut yoki t'ostda-og'ir aslaxa bilan qurollangan risarlarning yakkama-yakka olishuvida asosiy mashqlardan edi. Belgilangan qoidaga muvofiq, chopib kelayotgan otning ustida turib, nayza zarbi bilan raqibini egar ustidan uchirib yuborish lozim edi. Turnirlar maxsus maydonlarda-poyga va boshqa musobaqalar o'tkaziladigan maydonlarda o'tkazilar edi. Dastlabki turnirlar vaqtida qal’a va shaharlar yaqinidagi atrofi o'ralmagan joylar ana shunday maydonlar vazifasini o'tar edi. XI asrdan boshlab maxsus maydonlarning hajmi ma’lum bir tartibga solina boshladi, lekin bu hamma joyda ham bir xil emas edi. XIV asrda turnir ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida maydonlar to'siqlar bilan to'sib qo'yiladigan bo'ldi.; raqiblar ana shu to'siqlar bo'ylab bir-birlariga qarshi harakat qilar edilar. Asta-sekin ana shunday yakkama-yakka olishuvlardagi jang san'ati uchi to'mtoq nayza bilan kuchli va aniq zarba berishdan iborat bo'lib qoldi.
Qurollangan ikki otryadning olishuvidan iborat bo'lgan ommaviy turnirlar ancha jiddiy xarakterga ega edi. Otryadlar maydon chekkasidagi arqon bilan to'sib qo'yilgan joyda saf tortib tizilishar edi. Signalga muvofiq, arqon uzib tashlanar va otryadlar bir-biriga qarshi hujumga o'tar edilar. O'z shlyomini yo'qotgan va otdan urib tushirilgan ritsarlar safdan chiqar edilar. Eng kam zarar ko'rgan otryad turnirda g'olib chiqqan hisoblanar edi.Turnirda aloxida ajralgan ishtiroqchilar xonimlar qolidan qimmatbaxo mukofot yoki yodgorlik sovg'asi olar edilar.
O'q otadigan qurol paydo bo'lishi bilan XIV asrdan boshlab otliq risarlar va risarlik turnirlari tushkunlikka yuz tuta boshlanadi. Turnirlar feodol zodagonlar uchun tomoshalarga aylanib qoldi, kambag'allashgan kichik risarlar esa turnirlardan boyish va talash manbai sifatida foydalanar edilar.O'yin va tamoshalar feodallarning, ayniqsa ulaming bolalarining xarbiy-jismoniy tarbiyasida katta o'rin tutar edi.O'g'il bolalar va yigitlar ixtiyorida yog'och oyoqlar, arg'imchoqlar shag'al toshlar, pildiroqlar bo'lar edi. Bolalar xar jihatdan ko'ngil ochishar, parklarda,o’rmonlarda dalalarda erkin yugirishar,daryoda cho'milishar edi. Yigitlar o'yinchoq qal’alar qurishar va ularga hujum qilib, bosib olishar edi. Musabaqa o'yinlari feodallarning tarbiyasida katta axamiyatga ega edi. Musobaqa o'yinlarini ikki gruppaga: harbiy va sport gruppalariga ajratish mumkin.
Feodallarning eng sevimli sport o'yini kichik koptok-hozirgi tennis koptogiga o'xshash koptok o'yini edi. Fransiyada bu o'yin «je de pom» (“olma o'yini”) deb atalar edi. Bu o'yin uchun maxsus to'r, koptoklar, raketkalar tayyorlanib, maxsus bino «o'yin uyi» qurilar edi. Katta to'p bilan «sul» o'yini-futbol o'yinini eslatuvchi o'yin o'ynalar edi. Bu o'yin asosan xalq o'yini edi. Lekin qirol va uning atrofidagi aslzodalar undan hazar qilmas edilar.
Dostları ilə paylaş: |