Sport va biznes Urushdan keyingi yillarda jahonda jismoniy tarbiya va sportga monopoliyalar, trestlar, matbuot homiylari, kino va televideniya rahbarlarining qiziqishi ortib bordi.
Katta tijorat (biznes) uchun tadbirkorlar professional sportdan keng foydalandilar. Ular boks, futbol, xokkey, beysbol, avtosport va boshqa turlami daromad manbaiga aylantirib yuborishdi. Professional sportchilami mol (tovar) kabi sotib olish va sotish kuchaydi. Professional sport ham, havaskorlik sporti ham siyosat bilan uzviy bog'lanib qoldi. AQSHda professional sportchilardan prezident va senatorlami saylashda keng foydalandilar. Turnirlarda siyosiy arboblar professional sportchilar bilan birga chiqadilar. Bu siyosiy partiyalarda, turli kompaniyalarda o'z mavqelarini yaxshilash yo'lida ularga manfaat keltiradi.
Siyosatdan yiroqlik, insonparvarlik, havaskorlik Urushdan keyingi davrlarda G'arb mamlakatlari sport-gimnastika harakatining nazariy-amaliy faoliyatida sportdagi asosiy tamoyillardan yuz o'girish holatlari yuzaga keldi. Ya'ni siyosatdan yiroqlashuv, insonparvarlik va havaskorlik yangi yo'nalishlarda davom etdi. Sportda kamsitish, chegaralanishga yo'l qo'yilmaslik g'oyalari rivojlandi. Lekin kamsitish o'miga siyosiy jihatdan b'azi mamlakatlami o'z yo'lidan qaytarishga kirishildi. Bu xalqaro sport maydonlaridagi ba'zi davlatlami siqish, xalqaro ahvolning keskinlashuvi (Vengriyada - 1956, Chexoslovakiyada -1968, Afg'onistonda - 1979 voqealar va h.k.) sabab bo'ldi. Bunday holatlar sportdagi gumanizm tamoyillariga ham ta'sir o'tkazdi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda insonparvarlik g'oyalaridan uzoqlashishning asosiy sabablaridan biri sportchilaming yuqori natijalarni ko'rsatishi uchun doping ishlatilishi (giyohvandlik), sportga aloqador bo'lmagan turli xil musobaqalaming uyushtirilishi (xotin-qizlar, odamlarning itlar bilan olishuvi va h.k.) sabab bo'ldi.
Havaskorlik harakatining halokatga uchrashi esa urushdan so'nggi davrlardagi milliy va tashqi sabablar bilan bog'liqdir. Ichki sabablardan biri shuki, har yili sportda eng yuqori natijalarni ko'rsatish talabi kuchayadi, sportdan keladigan daromadlarni yo'q qilish, bunda ommaviy axborot vositalarini ishga solish kuchaydi. Tashqi sabablar esa sportdagi havaskorlikning susayishi, xalqaro sport maydonlarida kuchlar tengligining o'zgarishlari hisoblanadi. Shu sababdan, havaskorlik sport tamoyillarini saqlash eski yo'lga qaytdi, ya'ni havaskorlik sporti professional sport chegarasi doirasida rivoj topa boshladi. Olimpiya xartiyasidan «Havaskorlik» atamasi o'chirib yuborildi.
1984 yilda Los-Anjelesda o'tkazilgan XXIII o'yinlardan boshlab, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) va bir qator sport federatsiyalarining (XSF) ruxsati bilan professional sportchilar Olimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini oldilar. Asosan, ular futbol, basketboi, xokkey tennis, figurali uchish kabi turlarda ishtirok etdilar.
Inqiroz holatlaridan ustun kelish yo'Iida sportda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarini qo'llash amalga oshirildi. Bu sportdagi yuksak natijalaiga erishish yo'llarida ko'mak bo'ldi. AQSH, GFR, Yaponiya, Fransiya, Angliya, Italiya kabi taraqqiy qilgan yirik mamlakatlarda tibbiyot, fiziologiya, psixologiya sohalarida ilmiy tadqiqot o'tkazildi. Sportga o'rgatish va mashg'ulotlami tashkil qilish usullari ishlab chiqildi. Ilmiy-tadqiqot natijalariga asosan, universitetlar va kollejlarning majmualarida hamda yuqori malakali sportchilami jalb etish yo'li bilan ilmiy markazlarda katta sinov-tajribalar amalga oshirib borildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport jahonning barcha mamlakatlarida tezlik bilan rivojlandi. Eski usullardan voz kechildi.
Xalqaro sport harakati va Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi yoshlarni sportga jalb etish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va ularning sport mahoratlarini oshirishda katta rag'batlantiruvchi kuch bo'ldi. Bu jarayonlar AQSH, GFR, Fransiya, Italiya, Skandinaviya mamlakatlari hamda Sharqda Yaponiya, Koreya kabi mamlakatlarda keng rivijlandi.
Nemis sportchilarining xalqaro sport va Olimpiya maydonlariga chiqish yo'li oson kechmadi. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) qaroriga binoan Birinchi jahon urushining asosiy sababchisi sifatida Germaniya 1920 y. (Antverpen) va 1924- yilgi (Parij) Olimpiya o'yinlariga qo'yilmadi. Lekin Germaniya hnkumati va jamoatchi sport tashkilotlari mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalandilar. 1926 yilga kelib, nemis sportchilari og'ir atletika, ot sporti, yengil atletika, yunon-rum kurashi, suv polosi kabi turlari bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egalladi. 1928 yilda Amsterdamdagi o'yinlarda nemis sportchilari paydo bo'lib, birdaniga yuqori natijalarga erishdi. Ular olgan medallari soniga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. AQSH sportchilari birinchi o'rinda edi.
1930 yilda Germaniya 1936-yildagi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish huquqiga ega bo'ldi. Shu tariqa XI Olimpiyada Berlinda va IV qishki Olimpiyada o'yinlari Gormish
Partenkirxenda o'tkazildi.
1933 yilda Gitler mamlakatda fashistik va militaristik tartiblarini o'matib, Olimpiya o'yinlari bayrog'i ostida o'zining qabih siyosatidan foydalandi. Bunday sharoitda Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga qarshi demokratik kuchlar qanchalik harakat qilmasin, o'yinlar Berlinda tashkil qilindi. Germaniyadagi totalitar tuzum o'zining Yevropadaga «Yangi tartibini» namoyish qildi
Germaniya o'z hududida o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida hammadan ko'proq medallar olishga erishdi. Umuman, medallar quyidagicha taqsimlandi: Germaniya - 89 (33-26-30)ta, AQSH - 56 (24-20-12)ta edi. Germaniyaning akademik eshkak eshish (baydarka va kanoe), og'ir atletika, gimnastika, ot va yelkan sporti, boks, besh kurash kabi turlari ustunligi bor edi.
1936 yilgi qishki Olimpiyadada tog' chang'isi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi musobaqalarda Germaniyaga teng keladigan raqiblar ham yo'q edi.
1938 yilda XOQ yana bir katta xatoga yo'l qo'ydi. Ya'ni sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun gitlerchilar Ger- maniyasini «Quvonch orqali kuch» kubogi bilan taqdirladi.
Italiya. Jismoniy tarbiya va sport bu mamlakatda keng doirada taraqqiy etdi. Mussolinining siyosati yangi urushga tayyorgarlik va buyuk Italiyani yaratishga qaratildi. Harbiy-sport ishlari sportklublar, jamiyatlar va uyushmalarda olib borildi.
Italiya sport tashkilotlari Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) tomonidan boshqarildi va xalqaro sport hayotida faol ishtirok etdi. Italiya sportchilari 1900- yildan boshlab, uzluksiz ravishda Olimpiya o'yinlari, Yevropa chempionatlari hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib keldi, Italiyaning futbol bo'yicha terma jamoasi («Skuadra Adzurra») ikki marotaba (1934, 1938 y.y.) chempion bo'ldi. U 1936 yilda Olimpiya oltin medaliga sazovor bo'ldi. Jahon va Yevropa chempionatlarida italiyalik qilichbozlar, velosipedchilar, o'q otuvchilar, tog' chang'ilari, gimnastikachilar va boshqa bir qator sport turlari vakillari g'alabalami qo'lga kiritdi. Italiya deyarli barcha xalqaro sport uyushmalari tarkibidan o'rin egallagan edi.
Yaponiya. Bu mamlakatda milliy xususiyatlar asosida jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi yuqori darajada o'sib bordi. O'sha davrlarda Yaponiyaning siyosati Osiyoni bosib olishga qaratilgan edi. Shu maqsadda maktablar va sport-gimnastika tashkilotlaridan unumli foydalanildi. O'quv yurtlari va sport klublari jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy markaziga aylantirildi. Bo'lajak oddiy harbiylarni tayyorlash boshlang'ich maktablarda, amalga oshirildi. Bunda eski milliy jismoniy mashqlar, ya'ni dzyu-do, kenzo (tayoqlarda qilich tushish), kamondan o'q otish va hozirgi zamon sport turlari: gimnastika hamda o'yinlar qo'llanilgan. Kollejlar va universitetlarda harbiy kadrlar tayyorlanib, ularda ham dzyu-do, karate, qilichbozlik, o'q otish, gimnastika, beysbol, regbi, suzish, yengil atletika mashqlaridan maqsadli foydalanilgan. Yaponiyada sumo milliy kurashi keng tarqal- gan.
Yaponiya sportchilari xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib keldilar. Ular 1912 yilgi V Olimpiadadan 1936 yildagi XI Olimpiyadagacha doimiy ravishda ishtirok etdi. Birinchi oltin medalni M.Oda 1928 yilda uch hatlab sakrash bellashuvlarida qo'lga kiritgan. 1932 yilgi Olimpiya o'yinlarida (Los-Anjeles) yaponiyaliklar suzish bo'yicha 6 turdan beshtasida g'alabaga erishadi. 100 m. masofaga erkin suzish bo'yicha 15 yoshli Ya.Miyazaki birinchi o'rinni egalladi.
1500 m.ga erkin suzish bo'yicha 14 yoshli K.Kitamura g'olib chiqdi. U yosh bo'lsa-da, bu masofani 19 daqiqa 12,4 soniyada bosib o'tib, jahon rekordini o'rnatdi. Bu natijani boshqalar faqat 20 yildan keyin o'zgartirishga' muvaffaq bo'lishgan.
Yaponiyalik chavandoz T.Insi o'yinlarda oltin medal sohibi bo'lishga erishdi. yilgi Olimpiadada yaponlar suvda suzish bo'yicha 11 ta medalga ega bo'lib (42-5), bu sport turida peshqadam bo'lishdi.
Xulosa qilib aytganda, Berlin-Rim-Tokio uchligidagi siyosiy munosabatlar va urush harakatlari bosqinchilik hamda fashistlashish darajasiga ko'ra bir-birini to'ldirdi. O'quvchilar va yoshlarni harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlash, harbiy xizmatlarning jangovarligini oshirshda sport-gimnastika burjua tashkiloti davlat hokimiyatiga yaqindan yordam berdi.
Xalqaro sport harakati va uning g'oliblariga ma'lum darajada itoat etgan bu davlatlar Olimpiya o'yinlarida ongli faollik hamda ustunlik bilan ishtirok etib keldi. Bunday jihatlar har bir mamlakatdagi sportchi yoshlarning qiziqishlarini rivojlantirishga muhim hissa qo'shganligi bilan e'tiborga molikdir.
, Demokratiya vakillari deb yuritilgan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport-gimnastika harakati birmuncha o'zgacha rivojlana boshladi. Ular haqida quyidagi ma'lumotlar guvohlik qilishi mumkin.
AQSH. Urushlar oralig'i davrida AQSHda moliyaviy iqtisodiy holatga katta e'tibor berildi, bu jahonda taraqqiy etgan kapitalistik dunyoni vujudga keltirdi. AQSH jahonda hokim bo'lish siyosatini olg'a surdi. Boshqa davlatlaiga amerikacha yashash tarzini targ'ib qila boshladi. Bu yo'lda sportchilaming xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi maqsadga qaratilgan tadbirlardan biri bo'lib xizmat qildi.
Yoshlarni tarbiyalashning muhim vazifasi sifatida sportga alohida ahamiyat berildi va sport tashkilotlari faoliyatini qattiq nazorat ostiga oldi. Ko'pgina shtatlardagi maktablarda jismoniy tayyorgarlik haqida qonunlar qabul qilishdi. Shu qonunlar asosida moliyaviy yordam berish, jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlash, jismoniy tarbiya darslariga ajratilgan vaqtlarni belgilash ko'zda tutildi. Shu tariqa umumiy tarbiyaning bir bo'lagi sifatida jismoniy tarbiya qonunlashtirildi.
17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar maktablar sport skaut tashkilotlarida jismoniy tarbiyani olishadi. Bunda gimnastikaga nisbatan sport o'yinlariga ko'proq e'tibor kuchaytirildi. Boylaming bolalari kollejlar, universitetlarda ta'lim olib, jismoniy tarbiya bilan sport klublarida mashg'ul bo'lishdi. Amerikada kollejlar va universitetlar asosan sport ishlarining markazi hisoblanar edi.Amerikaning kollej va universitetlarida ko'proq yengil atletika, suzish, basketbol, eshkak eshish sporti, tennis, beysbol, amerikacha futbol bilan shug'ullanish tashkil qilindi. Oliy o'quv yurtlariaro universitet sportining milliy assotsiatsiya (NKAA) yetkachi tashkilot hisoblanar edi. Bu tashkilot 1906 yilda tuzilgan edi.
Amerikada havaskorlik sporti harakatida 1888 yilda tashkil etilgan atletika uyushmasi asosiy rol o'ynadi. Bu tashkilot Amerikada mavjud bo'lgan barcha sport tashkilotlari ustidan rahbarlik qildi, faqat universitet sporti mustaqil edi. Atletik • uyushma boshida yirik moliyaviy va ishlab chiqarish kapitali turar edi. Amerikada
1894 yilda Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) tashkil etilib, u mamlakat Olimpiya harakatini boshqardi. Ikki urush oralig'ida Amerika sport bo'yichajahondagi eng yirik ‘ va kuchli davlatga aylandi. Amerika sportchilari yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari,
jahon miqyosida o'tkazilgan sport musobaqalarining doimiy qatnashchisi bo'lib qoldi.
Mamlakatda sport taraqqiyotiga asosan 1932 yil Los-Anjelesda o'tkazilgan X yozgi va Leyk-Pleisidda o'tkazilgan IV qishki Olimpiya o'yinlari sababchi bo'ldi. Amerikalik sportchilar Olimpiya o'yinlarida yengil atletika, o'q otish, boks, tramplindan sakrash, tennis, regbi, bobsley, eshkak eshish, suzish kabi turlarda ancha
ustunlik qildi. Suvda suzish bo'yicha Jon Veysmyuller 1924 va 1928 yildagi Olimpiya o'yinlarida 5 ta oltin medalga sazovor bo'lgan. yil Berlindagi Olimpiya o'yinlarida Jessi Ouens 4ta oltin medal bilan mukofotlandi, ya'ni 100 va 200 m.ga yugurish, uzunlikka sakrash va 4x100 m. estafetada qatnashdi. Amerikada irqiy kamsitishlarga qaramasdan, mamlakat shuhrati uchun terma jamoalar tarkibiga negrlar ham kiritildi. Ular Olimpiya o'yinlarida g'olib kelib, keyin professional sportga o'tib ketishardi. Bu davrda Amerikada professional sport amerikacha turmush tarzining xususiyatlaridan biri bo'lib hisoblangan.
Professionallik negizida sport ancha rivojlanib, bunda turli xil reklamalar, matbuot, radio va keyinchalik televideniyeda uzluksiz targ'ibot olib borish muhim rol o'ynadi. Bu o'z navbatida sport trestlari, kompaniyalar, yirik stadionlar qurish kabi maxsus tijorat ishlab chiqarish sohasini yuzaga keltirdi. Bunday sharoitlarda o'tkazilgan matchlar (uchrashuv) va tadbirlar tadbirkorlarga ulkan boyliklar keltirdi. Amerikada professional sport biznesga (savdo, tijorat) aylandi. Ishbilarmonlar sportchilami ekspluatatsiya qilish yo'li bilan katta boyliklar to'plashdi. Masalan, 1927-yilda boks bo'yicha jahon chempionati o'tkazilib, Tunney va Demis uchrashuvi uyushtirildi va undan 2 mln.dan ortiq dollar foyda olinadi. Shu tariqa Amerikada bokschilar, basketbolchilar, futbolchilar, regbichilar, beysbolchi va xokkeychi sportchilar tovar sifatida sotiladigan va sotib olinadigan darajaga yetib, bu jarayon keng tarmoqlanib ketdi.
Fransiya. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sporti Fransiyada o'ziga xos tarzda rivojlanib bordi. 1920 yilda maktab yoshigacha bo'lgan bolalar va maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi haqida qonun qabul qilindi. Harbiy vazirlik o'quv yurtlarda jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi nizomni tasdiqladi. Jismoniy tarbiyaning vosita va usullari asosi uchun Joq Eberining tabiiy-tayanch gimnastikasi tizimi qayta ishlangan holatda va shvedlar gimnastikasining ba'zi qismlari olingan edi. Ko'p sonli sport klublari va tashkilotlarida Olimpiya o'yinlari turlari, ayniqsa, futbol, tog' chang'isi sporti va figurali uchish kabilar keng rivojlandi.
20-yillar oxiri va 30-yillar boshida mamlakatda faol dam olish jarayonida sportdan foydalanishga katta e'tibor berildi. Bunda rekreatsion sport keng quloch yozdi. 1936 yilda sport ishlari va faol dam olish davlat boshqarmasi tashkil etilishi bilan rekreatsion sport o'z maqomiga ega bo'ldi.
Fransiyada Olimpiya harakatini rivojlantirishda baron Per de Kubertenning nomi bilan bog'liq faoliyatlar ko'p. 1894 yilda Parijda Xalqaro Olimpiya qo'mitasini (XOQ) tuzishga harakat qilindi. Shu asosda Fransiya Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ, 1894) tashkil etildi. Parijda ikki marotaba Olimpiya o'yinlari o'tkazildi, ya'ni 1900 yilda - II, 1924 yilda - VIII o'yinlari.
Shuningdek, 1924 yilda Shamoni shahrida I qishki Olimpiya o'yinlari tashkil etildi. Bu davrlarda Parijda ko'pgina xalqaro sport uyushmalarining shtab-kvartiralari joylashgan edi.
Fransiya sportchilari 1904 yilda Sent-Luisda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlaridan tashqari, barcha yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarining qatnashchisi hisoblanadi. 1924-1936 yildagi o'yinlarda velosipedchilar g'oliblikka ega bo'lishdi. 1920-1932 yildagi o'yinlarda fransuzlar og'ir atletika va 1920-1924-1928 yildagi Olimpiya o'yinlarida qilichbozlik bo'yicha shuhrat qozongan edilar.
1908 yil Londondagi IV Olimpiyada o'yinlarida Rossiya sportchilari yaxshi natija ko'rsatishdi. Rossiyada Olimpiya qo'mitasi bo'lmaganligi sababli sportchilar birma-bir alohida o'yinlarga yetib boradi. Guruhda 8 kishi bo'lib, N.Panin (figurali uchish), N.Orlov, A.Petrov, Ye.Zamotin va G.Demin (kurash), G.Lind, A.Petrovskiy (yengil atletika) va martineonlardan (velosport) iborat edi. Figurali uchish bo'yicha N.Panin Olimpiya chempioni bo'ldi. Keyingi (Stokgolm) o'yinlarda rus sportchilarini boshqa davlatlar tan ola boshladi. yil 16 martda Rossiya Olimpiya qo'mitasi (ROQ) tashkil etildi. Uning tarkibiga G.I.Ribopyer, G.A.Dyupperon (XOQ a'zosi sifatida), A.P.Lebedev (Sankt- Peterbuig havaskorlik sport klubi), R.F. Fulda (Moskva, futbol uyushmasi), A.P.Chaplinskiy (S.Peterburg, og'ir atletika uyushmasi), A.K.Lindemut (Riga, Boltiq Olimpiya qo'mitasi), V.N.Shustov (Moskva, konkida uchish uyushmasi), S.V.Ivanov (S.Peterburg, chang'i uyushmasi) kiritildi.
yil Stokgolmda Rossiya sportchilari rasmiy ravishda XOQ a'zosi sifatida qatnashdi. Bunda 170 ga yaqin vakillar, shundan 50 ga yaqin sportchilar bor edi. Lekin natijalar yaxshi bo'lmadi. N.Kleyn (kurash) va o'q otish jamoasi (4 kishi 12 ta) kumush medallarini olishgan - chang'ichilar esa 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
1914 yil 1 avgustda Germaniya Rossiyaga qarshi urush e’lon qildi. Shu sababdan, sport tashkilotlarining barcha faoliyatlari urushga qarshi qaratildi.
Sovet mamlakati Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga yo'llanma yubordi. Natijada, 1951 yil 7 mayda Venadagi XOQning sessiyasida bu masala ko'rib chiqildi va XOQ prezidenti Otto Mayer talabning qoniqtirilishini ma'lum qildi. Shu tariqa sovet sportchilari Xalqaro Olimpiya o'yinlarining eng faol ishtirokchilariga aylandi.
1952 yil Xelsinki (Finlyandiya). Sovet sportchilari jahonning eng kuchli sportchilari bilan ilk bor uchrashib, kuch sinashdi. Bunda sportchilari (XV Olimpiya o'yinlari) sportchilar 2 ta jahon va 6 ta Olimpiya rekordlarini o'rnatdi. Bu bilan 22 ta oltin, 30 ta kumush va 19 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar. AQSH sportchilari 44 ta oltin medal (sovetlarga nisbatan ikki barobar ko'p) olishdi.
Birinchi sovet oltin medal egasi N.Romashkova (disk uloqtirish) edi. 29 sportchi chempion unvonlariga sazovor bo'lishdi. O'yinlarda ilk qatnashish umuman zafarli bo'lsada, suzish, qilichbozlik, ot sporti, futbol kabi ayrim sport turlarida sportchilar ancha sust qatnashdi.
1980 yil Leyk-Plesid. Yil boshida sovet sportchilari Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun Leyk-Plesid (AQSH) shahriga boradilar. U yerda muvaffaqiyatli chiqishlar qilib, 22 ta mukofatga (10 ta oltin, 6 ta kumush va bronza medallari) erishadilar. N.Zimlyatov 30, 50 km.ga chang'ida quvish sportida, A.Tixonov (biatlon- estafeta), I.Rodnina (konkida figurali uchish), V.Zozulya (chana sporti) kabilar shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. O'yinlarda AQSH sportchilari g'olib kelishdi. yozgi Olimpiya o'yinlari Rossiyaning markazi Moskvada 1980-yil 19- iyuldan 3-avgustga qadar o'tkazildi. Bu o'yinlar sotsialistik tizimdagi barcha mamlakatlar uchun joy va mavqe jihatdan birinchi bo'lib hisoblandi. Olimpiya o'yinlarida 81 mamlakatdan kelgan sportchilar jami 203 ta medal uchun kurash olib bordi. Sovet sportchilarining soni 500 dan ortiq edi. Ulaming tarkibida Ittifoqchi
Respublikalarning yetakchi sportchilari ishtirok etdi. O'yinlarda maydon egalari (mezbonlar) 80 ta oltin, 69 ta kumush va 46 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
O'sha vaqtdagi siyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishi, harbiy tahdid haqidagi turli xil uydirmalaming ortib borishi sovetlar va AQSH o'rtasidagi munosabatlarni keskinlashtiigan edi. Bu o'z navbatida, AQSH hukumatining Moskvadagi Olimpiya o'yinlarini boykot qilishiga olib keldi. Shu sababdan, AQSH sportchilari Moskvadagi o'yinlarda qatnashishdan mahrum bo'ldilar. Bu butun jahon ahlining diqqat-e'tiborini o'zigajalb etdi, chunki ikki ulkan davlat o'rtasidagi tinchlik, totuvlik muvozanatlari ochiqdan-ochiq buzilgan edi.
XIV (Sarayevo, 1984) va XV (Kalgari, 1988) qishki Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilarining ishtiroki va g'alabalari sport tarixida katta iz qoldirdi. Bu o'yinlarda yosh sportchilaming mahoratlari va kelajagi namoyish etildi.
1984 yil Los-Anjclesda (AQSH) o'tkazilgan XXIII Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilari ishtirok etmadi, chunki yuqorida qayd etilgan siyosiy va harbiy tahdidlar, ayniqsa, AQSH sportchilarining Moskvadagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaganligiga javob tariqasida shunday xulosalarga kelingan edi. Bu davrda qilingan xatolaming achchiq oqibatlari faqat keyinroq ma'lum bo'ldi va yuzaga chiqdi. Sovet mamlakati rahbarlari bundan tegishli xulosalar chiqardi va jahonda tinchlikning barqaror bo'lishi yo'Iidagi aqliy harakatlarga qo'shildi. Ularning natijalari esa keyingi Olimpiada o'yinlarida o'z ifodasini topdi.
1988 yil Seul. Yozgi XXIV Olimpiya o'yinlari Seulda (Janubiy Koreya) tashkil etildi. Sovet va AQSH sportchilari jahondagi eng kuchli sportchilaming birgalikdagi bellashuvlari yana davom etdi. O'yinlarda 160 mamlakat sportchilari ishtirok etdi. Sovet sportchilari 55 ta oltin, 31 ta kumush va 46 ta bronza medallami egallab, eng oldingi o'rinda karvonboshilik qildi.
1992 yil Barselona (Ispaniya) shahrida XXV Olimpiya o'yinlari o'tkazildi. Bunda sobiq sovet sportchilari so'nggi bor uyushgan terma jamoalarni tuzib, o'yinlarda muvaffaqiyat bilan ishtirok etdi.
1996 yil (Atlanta), 2000-yil (Sidney) Olimpiya o'yinlarida Rossiya va sobiq respublikalar mustaqil ravishda o'yinlarda ishtirok etishdi.
Xulosa shuki, xalqaro olimpiya o'yinlarida sovet sportchilarining ishtiroki jahon sportchilari mahoratini oshirish va Olimpiya g'oyalarini demokratlashtirish yo'lida katta xizmat qildi.
1952 yilda Xelsinkida (Finlyandiya) o'tkazilgan XV Olimpiya o'yinlarida Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) hech qanday to'sqinliklarsiz ishtirok etdi. Lekin Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) o'yinlaiga qo'yilmadi. Olimpiadada 11 ta jahon va 47 ta Olimpiya rekordlari o'matildi. Sovet shtangachilari, gimnastikachilari, kurashchilari o'q otuvchi va eshkakchilari katta yutuqlarga erishdi. Olimpiada medallari uchun kurash asosan SSSR, AQSH, Vengriya va Shvetsiya mamlakatlari o'rtasida keskin ravishda o'tdi. AQSH - 76 va SSSR - 71 medalni qo'lga kiritdi. Vengerlar 16 ta oltin, 10 ta kumush va 16 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi va uchinchi o'rinni egallashdi. Chexiya sportchisi Emil Zatopek marafonda va 5, 10 km.ga yugurishda g'olib chiqdi. Olimpiya o'yinlari (1956 yil Melbum Avstraliya). O'yinlar o'tkazilishi xalqaro munosabatlarning keskinlashuvi davriga to'g'ri keldi. Shunday bo'lsada, o'yinlar keskin kurashlar ostida olib borildi. Yengil atletika, suzish, og'ir atletika, o'q otish turlari bo'yicha 14 ta jahon va 65 ta olimpiada rekordlari o'matildi. V.Kus (SSSR) 5 km va 10 km. masofaga yugurishda g'olib chiqdi. Sovet sportchilari 98 ta oltin, kumush va bronza medallariga ega bo'lib, 624,5 ochko bilan Olimpiada chempioni bo'lishdi. Shu sababli Avstraliya matbuot: «SSSR Amerikaning Olimpiya o'yinlaridagi 60 yillik hukmronligini puchga chiqardi», - deb yozishgan edi.
Olimpiya o'yinlari. 1960-yil Rimda sovet sportchilari 103 ta oltin, kumish va bronza medallarini olishga erishdi. AQSH sportchilari esa 71 medalni qo'lga kiritdi. Sovetlarning 11 yengil atletikachisi oltin medal sohibi bo'ldi. R.Shavlakadze va V.Brumel balandlikka sakrashda jahon rekordchisi D.Tomas (AQSH) ustidan g'olib kelishdi. Gimnastikachilar 5 ta oltin va og'ir atletikachilar 1 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Yu.Vlasov uchkurashda 537,5 kg. (jahon va Olimpiadaning yangi rekordi) natija bilan eng yaxshi sportchi deb tan olindi. Shuningdek, qilichbozlar, velosipedchilar, yelkan va ot sportchilari ham oltin medallarga muyassar bo'lishdi. Olimpiadada Ruminiya, Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, Bolgariya, GDR (qo'shma jamoa) yaxshi natijalami qo'lga kiritishdi. Efiopiya, Marokka Gana kabi Afrika mamlakatlarining ba'zi sportchilari ham yaxshi natijalarga erishdi. Olimpiada o'yinlari, 1964 yil Tokio. AQSH va boshqa bir qator mamlakatlar o'tgan Olimpiada o'yinlaridagi mag'lubiyatlari tufayli bu o'yinlarga shiddatli ravishda tayyorgarlik ko'rishgan edi. O'yinlarda 94 mamlakatdan 93 jamoa ishtirok etdi. (GDR va GFR bir jamoada qatnashdi). Tokioga Yevropadan 28, Aflnadan 22, Osiyodan 20, Amerikadan 21 va Avstraliya hamda Okeaniyadan 2 ta jamoa kelishdi. SSSR 96 ta medal olib peshqadamlik qildi. AQSH ikkinchi va qo'shma Germaniya jamoasi - uchinchi o'rinni egalladi.
Olimpiada o'yinlari, 1968 yil Mexiko. Bu shahar dengiz sathidan 2240 m. balandlikda joylashgan bo'lib, uning iqlim sharoiti sportchilaiga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatdi. Sovet sportchilari umumjamoa hisobida AQSHga yutqazdi. AQSH - 106 va SSSR - 91 ta medalga sazovor bo'lishdi. Olimpiada o'yinlarining natijalari Afrikada sportning rivoj topayotganligini namoyish etdi. Efiopiya, Keniya, Tunis va boshqa mamlakatlaming sportchilari yaxshi natijalar ko'rsatadi.
Olimpiya o'yinlari, 1972 yil Myunxen (Germaniya). O’yinlarda 11 ta mamlakat yangidan qatnasha boshladi. Shular safida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) ham bor edi. O'yinlarda 46 ta jahon rekordi o'matildi. SSSR - 50 ta oltin, 27 ta kumush, 22 ta bronza, jami - 99 medalga, AQSH esa - 33 ta oltin, 30 ta kumush, 30 ta bronza, jami - 93 medalga sazovor bo'lishdi. GDR 66 ta medalga ega bo'lib, uchinchi o'ringa chiqdi. Sovet sportchilari L.Turisheva (gimnastika), V.Borzov (sprinter), Kubalik T.Stivenson (boks), AQSH suzuvchisi M.Spits kabilar alohida ajralib turdi.
O'yinlar jarayonida politsiyachilar bilan terrorchilar orasidagi otishma natijasida ta isroillik sportchilar halok bo'ldi. O'yinlar vaqtincha to'xtatildi. Olimpiya o'yinlari, 1976 y. Monreal (Kanada). O'yinlar ochilishida Afrika mamlakatlarining 28 jamoasi norozilik ifodasi sifatida chiqib ketdi. Chunki Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) bilan ular aloqador bo'lsada, o'yinga taklif etilgan edi. O'yinlarda 34 ta jahon va 82 ta Olimpiada rekordlari o'matildi. Medallar soni bo'yicha SSSR, AQSH, GDR yuqori o'rinlarni egalladi. (SSSR - 125, AQSH - 94, GDR - 90 ta medal).
Olimpiada o'yinlari, 1980 yil, Moskva. Bu o’yinlarga Vyetnam, Angola, Zimbabve, Mozambik kabi mamlakatlar birinchi marotaba tashrif buyurishdi. 25 ta sport turi bo'yicha 203 ta medallar shodasi (komplekt) uchun kurash olib borildi. O'yinlarga AQSH va boshqa bir qator kapitalistik mamlakatlardan sportchilar qatnashmadi. Bu haqda o'tgan boblarda bayon etildi. Olimpiada dasturi o'tgan o'yinlarga nisbatan keng va boy edi. O'yinlarda 80 dan ortiq davlatlaming sportchilari ishtirok etdi. 36 ta jahon, 74 ta Olimpiada rekordlari o'matildi.
Olimpiada o'yinlari, 1984 yil. Los-Anjeles (AQSH). O'yinlarda SSSR va bir qator sotsialistik davlatlar (SSSR tarafdorlari) ishtirok etishmadi. Buning sababi AQSHga boykot javobi bo'lsa, lkkinchidan AQSH hukumati sportchilar xavfsizligini o'z bo'yniga olmadi. O'yinlarda AQSH sportchilari oldingi safda bordi.
Olimpiada o'yinlari, 1988 y. Seul (Janubiy Koreya). Awalgi boblarda ta'kidlanganidek, XOQ Prezidenti Xuan Antonio Samaranch va xalqaro sport uyushmalarining rahbarlari tomonidan olib borilgan faol harakatlar tufayli SSSR va AQSH sportchilari yana sport maydonlarida kuch sinasha boshladilar. O'yinlarda 159 mamlakatdan 8473 sportchi ishtirok etdi. AQSh - 612, SSSR - 518, Janubiy Koreya - 467, GFR - 407, Kanada - 382, Buyuk Britaniya - 370, Xitoy - 293, GDR - 288 sportchi bilan qatnashdi. Olimpiadada SSSR 132 medal (oltin - 55, kumush -31, bronza - 46 ta) bilan oldingi o'ringa chiqdi. GDR 102 ta (37-35-30) va AQSH) 94 ta medal bilan (36-31-27) keyingi o'rinlarni egalladi.
Olimpiada o'yinlari, 1992 yil. Barselona (Ispaniya). Bu o'yinlarda sobiq SSSR o'miga Rossiya bilan hamkorlikda sobiq ittifoqdosh Respublikalaming (MDH) sportchilari so'nggi marta biigalikda ishtirok etishdi. O'yinlarda mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH, AQSH, Germaniya, Xitoy, Kuba, Vengriya mamlakatlarining sportchilari shiddatli kurashlar olib borishdi. MDH - 112 medal (45 ta oltin, 38 ta kumush, 29 ta bronza) bilan birinchilikni egalladi. AQSH - 108 medal (37-34-37), Germaniya - 82 medal (33-21-28), Xitoy - 54 medal (16-22-6), Kuba - 31 medal (146-11) va Vengriya - 30 medal (11-12-7) olishga muvaffaq bo'ldi.
Olimpiada o'yinlari, 1996-yil, Atlanta (AQSH). Bu o'yinlar 19 iyuldan 4 avgustgacha davom etdi. Ularda 197 milliy Olimpiya o'yinlari qo'mitalarining 10305 nafar sportchilari ishtirok etdi. Bu Olimpiada o'yinlari tarixida eng yuqori natija edi. Musobaqalar 26 sport turi bo'yicha o'tdi. Kurashlarda AQSH 44 ta oltin, Rossiya- 26, Germaniya - 20, Xitoy - 16, Fransiya - 15, Italiya - 13, Avstraliya - 9, Kuba 9 ta oltin medallarni sovrindori bo'lishdi. Bu yerda ham ko'ngilsiz hodisa yuz berdi. 27-iyul kechasi Istirohat bog'ida bomba portladi. Natijada, 44 yoshli amerikalik ayol va 40 yoshli turk telekommentator vafot etdi. AQSH Prezidenti Bill Klinton chiqish qilib, mintaqaning barcha hududlaridagi qo'poruvchilarni qoraladi. XOQ bir daqiqa motam sukutini o'tkazib, o'yinlami davom ettirishga qaror qildi.
Olimpiada o'yinlari - 2000 y. Sidney (Avstraliya). O'yinlar noyabr oxiri va dekabr oyining boshida o'tkazildi. Bu o'yinga 200 dan ortiq milliy olimpiya qo'mitalarining 11 ming sportchisi ishtirok etishdi. Medallar soni bo'yicha AQSH (oltin - 39, kumush - 25, bronza 33) birinchi, Rossiya (32-28-28) - ikkinchi va Xitoy (28-16- 15) uchinchi o'rinni egalladi. To'rtinchi o'rinni Avstraliya (16-25-17) va beshinchi o'rinni Germaniya (14-17-26) egallashga muvaffaq bo'ldi. Bu Olimpiada asrning oxirigj o'yini sifatida tarixda qoldi. Olimpiada o'yinlari Afinada 2004 yilda o'tkazildi. Barcha Olimpiya o'yinlari ochilishi marosimi katta tantana bilan boshlanadi. Afinada qadimgi greklarning milliy an'analari va hozirgi zamon texnik vositalari faqat ishtirokchilamigina emas, balki televideniya orqali tomosha qilgan millionlab kishilarni ham hayratga soldi.
Olimpiada o'yinlari Pekinda 2008-yilda o'tkazildi. Olimpiada o’yinlarida jahonning 204 davlatidan 11500 nafar sportchi 28 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishdi.
Olimpiada o'yinlari Londonda 2012-yilda o'tkazildi. 2012 yil 27 iyul - 16 avgust kunlari London shahrida bo’lib o’tgan XXX yozgi Olimpiada o’yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302 komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishdi Olimpiada o’yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari o’rnatildi.