O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə33/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
XOQ PREZIDENTLARI



XOQ prezidenti

Rahbarlik yillari

Davlat vakili

1

Demetrius Vikelas

1894-1896

Gretsiya

2

Per de Kuberten

1896-1916,1919-1925

Frantsiya

3

Godfri de Blone

1916-1919

Shveytsariya

4

Anri de Baye-Latur

1925-1942

Belgiya

5

Yuxanes Zigfrid Edstryom

1942-1952

Shvetsiya

6

Eyveri Brendej

1952-1972

AQSH

7

Maykl Morris Killanin

1972-1980

Irlandiya

8

Xuan Antonio Samaranch

1980 -2001

I span iy a

9

Jak Rogge

2001- hozirgi davrgach

Belgiya


XOQ KONGRESSLARI



O’tkazilgan yil

O’tkazilgan joyi

1

1894

Parij

II

1897

Gavr

III

1905

Bryussel

IV

1906

Parij

V

1913

Lozanna

VI

1914

Parij Париж

VII

1921

Lozanna

VIII

1925

Praga

IX

1930

Berlin

X

1973

Varna

XI

1981

Baden-Baden

XII

1994

Parij

XIII

2009

Kopengagen


Mavzu 7. MARKAZIY OSIYO VA O'ZBEKISTONGA XOZIRGI ZAMON SPORTINING KIRIB KELISHI (XIX asr- XX asr boshlari)

  1. XIX asrda Buxoro, Quqon va Xiva xonliklarida harbiy-jismoniy tarbiya.

  2. Turkiston o'Ikasida maktab va gimnaziyalarda jismoniy tarbiya.

  3. Jadidlar faolyati va asarlarida jismoniy tarbiya masalalari.

  4. Turkiston o'Ikasida ilk sport to'garaklarining tashil topishi.

O'zbekiston mustaqilligi sharoitida sobiq Ittifoq davrida nashr etilgan o'quv qo'llanmalar va turli manbalarni o'iganishda xolisona va tanqidiy yondashishni taqozo etmoqda. Milliy xususiyatlarimizni kamsitish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishini ta'minlashda bir tomonlama yondashganlik hodisalari tanqidiy ravishda ifoda etilmagan. Sobiq ittifoq davrida Turkiston o'lkasidagi tarixiy voqeliklar ataylab buzib ko'rsatildi. Chunki chor Rossiyasining bu o'lkaga turli bahonalar bilan kirib kelishming asosiy sababi bosqinchilik edi. Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.

Tarihiy manbalardan ma’lumki, XVI asrdan - XIX asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyo hududi uchta xonlikka bo’hngan edi: Buhoro amirligi, Hiva va Qo’qon xonliklari. O’zbek xonliklaridagi ijtimoiy va davlat tuzumi feodal tuzumidan iborat edi. Bu davlatlarning boshqaruv shakli feodal monarxiyalardan iborat bo’lgan.

XVIII-X1X asrlarda xonliklarda qo’shinlar muntazam armiya tariqasida bo’lmasdan, balki asosan otliq navkarlardan iborat edi. Navkarlar xon xizmatkorlarining alohida toifasi bo’lib, soliqlardan ozod qilib qo’yilar va urush boshlanib qolgan taqdirda butun qurol-yaroqlari va o’zlarining jangovar otlari bilan kelib, viloyat hokimi yoki bekning qo’l ostida to’planishga majbur edilar.

Buxoro amirligida davlat boshqaruvi va qo 'shin Xonlikda hokimiyat huquqi chegaralanmagan amirlar ixtiyorida bo’lgan. Jamiyat hayoti shariat qonunlariga asoslangan holda shakllantirilgan edi. Xonlikda shayxulislom katta mavqega ega bo’lgan. U eng yirik ruhoniy va sud ishlarining sardori hisoblanib, jamiyatning ma’naviy hayotini boshqargan Undan keyingi o’rinda qozikalon (oliy sud) turgan Shuningdek, qo’shin uchun alohida qozi tayinlangan.

Xonlikdagi qo’shin tuzilishiga doir ayrim ma’lumotlarga ko’ra, u asosan otliqlardan tashkil topib, markaz, o'ng va chap qanotlarga bo’lingan. Markaz harbiy qismining oldingi safida bayroqdor jangchilar turgan. Rus manbalarining ko’rsatishicha, xonlik qo’shinida misdan 13 ta kichkina to’p, yetarli darajada porox bo’lgan. XVIII asrning oxirgi choragiga doir ma’lumotlarga qaraganda, xon 10 ming kishi atrofida qo'shin to’plash lmkoniga ega edi. XIX asrning boshlarida cho’yandan yasalgan to’plardan foydalanilgan.

XIX asrning boshlarida yollanma askarlaming soni 19 ming kishiga borib, turli shahar va harbiy istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. XIX asrning o’rtalarida esa, harbiy qismlarning soni ancha oshib, to’plardan va miltiqlardan foydalanish nisbatan kuchayib bordi. Qo’shinda askarlarning soniga qarab yuzboshi va mingboshi singari harbiy lavozimlar mavjud edi. Umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi ado etgan. Harbiy sarkardalarga qilgan xizmatlari uchun tanho yer tomorqalari tortiq qilingan, oddiy navkarlarga esa xizmatlari evaziga har yili bo’g’doy, kiyim-kechak va bir oz pul berilgan. Navkarlarnmg oti o'lib qolsa hazina hisobidan unga boshqa ot berilgan. Navkarlarning bir oz qismidagina pilta miltiqlar bo’lib, ko’pchiligi nayza va qilichlar bilan qurollangan edi. Hatto, XIX asrning boshlarida ham kamon o’qlar keng tarqalgan edi. Ba’zi navkarlarning temir yoki charm qalqonlari bo’lib, ular sovut kiyib olishardi.

XIX asrning boshlarida Buxoro amirligida 3600 ga yaqin navkar bo’Igan. Bu navkarlarning bir qismi professional jangchilar bo’lib, otish va nayza uloqtirishda mohir mergan bo’iganlar. Ular Buxoroning o’zida turar edilar.

Buxoroda muntazam qo’shinlar faqat XIX asrning 30-yillarida paydo bo’ldi va ular sarbozlar deb atalardi. 2 ming nafar sarbozlar o’ziga xos kalta, qizil forma mundir kiyib yurar, nayzali miltiq va to’pponchalar bilan qurollangan edilar. Sarbozlar oddiy xalq orasidan tanlab olinar edi. Har yili ularga harbiy yurish va qurolni ishlatish usullari o’rgatilardi. Sarbozlar qo’shini XIX asrning o’rtalarida 80 ga yaqin to’p bilan qurollangan va amirning asosiy kuchi hisoblangan. Sarbozlar shahar tashqarisida, qishloqda oilalari bilan birga yashar va xizmatdan bo’sh vaqtlarida o’z xo’jaliklari bilan shug’ullanardilar.

Urush vaqtida qamal va boshqa ishlami bajarish uchun dehqonlardan yordamchi lashkarlar- qoracherik olinar edi. Bu majburiyat dehqonlar uchun juda og’ir edi.

Madaniy hayotda ham ancha ishlar qilingan. Xon saroyida nodir asarlarni o’z ichiga olgan kutubxonaning bo’lishi diqqatga sazovordir. Misol tariqsida Abdulazizxon va Abdullaxonning kutubxonalarini ko’rsatish mumkin. Bu ilm- ma'rifat dargohida mohir xattotlar va musawirlar ishlab nodir asarlarni tayyorlash va bezashga alohida ahamiyat berilgan. Adabiyot, tarix va boshqa fanlar sohasida qimmatli asarlar yaratilganligi ma’lum.

Xiva xonhgida davlat boshqaruvi va qo ’shin Xonlik taxtida eng ko’p o'tirgan xonlardan biri Sayid Muhammad Rahim II (1865-1910) bo’ldi. Xonlikda davlat tuzilishi Buxoronikidan deyarli farq qilmagan. Xon huquqi chegaralanmagan holda davlatni boshqargan. Undan keyingi eng nufuzli Iavozim vazir yoki qushbegi hisoblanib, soliqlarni to’plash va umuman xonning barcha topshiriqlarini bajarish bilan shug’ullangan Shaharlarni hokimlar va ularning yordamchilari bo’lmish yuzboshilar va oqsoqollar idora qilganlar. Xonlik hayotida shayxulislom (oxun) va mufti salmoqli o’rin egallagan.

Xonlikning qo’shini asosan otliqlardan iborat bo’lib, unga lashkarboshi qo’mondonlik qilgan. Xiva xonligida otliq qo’shin bilan bir qatorda piyoda qo’shini ham bor edi, lekin otliq qo’shinlar piyoda qo'shinlarga qaraganda 8-9 baravar ko’p edi. Xiva xonligida 13 mingdan ko’proq otliq navkarlari bor edi. Navkarlarga qilgan xizmatlari evaziga suvli yerlar berilib, ular soliqlardan ozod qilinar edilar.

Askarlar tinchlik paytlarida dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug’ullanganlar. Bunday askarlikka yozilgan kishilar soni XIX asrning 30-yillarida 40 ming kishiga borgan. Askarlik xizmatidagilar soliqlardan va jamoa ishlaridan ozod etilib, har bir kishi yurishda qatnashganligi uchun 5 oltin tanga olgan. Xonning xohishiga ko’ra o’zini ko’rsatgan harbiy lavozimdagilar 10, 20, 50,100 va undan ko’proq miqdorda oltin tanga olishgan. Biylarga 50 tangadan 100 tangagacha, yuzboshilarga 10 tangadan 20 tangagacha maosh tayinlangan.

Xon saroyida yaxshi qurollangan 1000 kishi xizmat qilgan Qo'shinning asosiy qismi qilich, o’q-yoy va nayza bilan qurollangan. Oz miqdorda pilta miltiq va to’plar bor edi. Unda o’zbeklar bilan bir qatorda turknianlar, qozoqlar va qoraqalpoqlar xizmat qilganlar. Xiva xonligining qo’shini harbiy texnika jihatdan ancha orqada edi.

Xonlikda madrasalar qurishga katta e’tibor qaratilgan. 14 madrasa bunyod etilgan. Mingdan ortiq masjidlar din va xalq xizmatida edi. Maktablarda ham hayot qaynagan Madrasalarning ko’pligi savodxonlikning ancha yuqori darajada bo’lganligidan darak beradi. Xonlikda san’at sohasida ham olg’a siljishlar yuz berganligi haqida ma’lumotlar bor. Bu davrda Xiva xonligi uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib, siyosiy tomondan ko’proq o’zaro chiqishmovchiliklar va qonli urushlar girdobida hayot kechirdi. XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida xonlikda birmuncha qulay sharoit yuzaga kelgan bo’lsada, lekin fanva madaniyatning izchillik bilan rivojlanishiga o’zaro yo’l urushlar yo’l bermadi

Qo'qon xonligida davlat boshqaruvi va qo'shm Qo’qon xonligidagi hokimiyatni boshqaruv tartiblari Buxoro va Xiva xonliklaridan deyarli farq qilmagan. Bu yerda ham xon cheklanmagan huquqga ega bo’lib, o’zining xohish-irodasiga ko’ra ish yuritgan. Qo’shinda mingboshi, beshyuzboshi, yuzboshi va o’nboshi lavozimlari bo’lgan. Uning muayyan qismi muntazam xizmatm o’tab, ko’pchiligi tinchlik paytida dehqonchilik, hunarmandchilik va boshqa ishlar bilan shug’ullangan. Harbiy xizmatni o’tovchilarga bir ot va egar-jabduq berilgan. Yuzboshi bir yilga - 147 so’m, ellikboshiga — 98 so’m, o'nboshiga - 65 so’m, oddiy sarbozga - 48 so’m haq to’langan. Viloyatlardagi qo’shin hokim tomonidan ta’minlangan, poytaxtdagisi hukumat zimmasida bo’lgan. Qo’shin qilich, nayza, piltali miltiq va to’plar bilan qurollangan bo’lib, harbiy mahorat ancha pastlashib ketgan edi. Ichki o’zaro to’qnashuvlar, ayniqsa, Buxoro xonligi bilan urushlar qo’shinning tinkasini quritgandi.

XIX asr davomida qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. 1822-yili Mirza Qalandar Isfaragiy tomonidan «Shohnoma» asari nihoyasiga yetkazildi. Bu manbada xonlikning tarixiga doir qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan

Xonlikda maktab-madrasalarda savod chiqarish bilan birga diniy va qisman dunyoviy fanlar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilgan. Ularda ta’lim va tarbiya olgan kishilar orasidan mashhur shoirlar, olimlar yeishib chiqqan.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va uchta xonlikda yuzaga kelgan salbiy o’zgarishlar ular o’rtasidagi aloqalaming uzilishi, o'zaro nizolar, tashqi kuchlarning ta’siri va ichki ziddiyatlar bilan bog'lik bo’lgan. XIX asr boshida yuz bergan ma’lum iqtisodiy jonlanish Afg’oniston. Eron, Xitoy, Misr va Rossiya bilan o’rnatilgan iqtisodiy aloqalarga borib taqaladi. Xonliklarda tashqi mamlakatlar bilan iqtisodiy va diplomatik aloqalami rivojlantirish bilan birga adabiyot, san’at, tarih va boshqa muhim ijtimoiy fanlar, me’morchilik va hunarmandchilik sohalari ravnaqiga katta e’tibor berilgan

Xonliklarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga asketizm (yunoncha askesis

  • his-tuyg’ular ta’siri va dunyoviy hayot tarzidan voz kechish da’vatiga tayangan diniy tamoyil) diniy aqidalariga asoslangan musulmon dini katta ta’sir ko’rsatib kelgan. Xonliklarda ta'lim tizimi faqat diniy o’quv muassasalaridan iborat bo’lgan. Ta'lim muassasalanning asosiy turlariga boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar kirgan edi. Madrasalarda talabalar diniy falsafa, arab tilining grammatikasi, musulmon huquqlari, mantiq ilmlarini o’rganishgan Maktab va madrasalarda jismoniy tarbiya darslari bo’Imagan. Jismoniy mashq bajarish, hatto serharakat o’yinlar o’ynash ham ruhsat etilmagan.

Shunga qaramasdan, xalq o'zlarining milliy o'yinlarini tashkil qilishni davom ettirdi. Kurash, poyga, uloq, darbozlik, akrobatika, harakatli o'yinlar keng tarqaldi. Navro'z, hosil bayrami va boshqa udumlaiga bag'ishlangan xalq sayllari hamda katta to'ylarda polvonlarning bellashuvi, mohir chavandozlarning chaqqonligi, darboz o'yinlari, arqon tortishish, tosh ko'tarish kabi o'yin va namoyishlari hammani hayratga solar va juda qiziqarli bo'Igan.

Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimizdan meros qolgan juda ko'p boy manbalar mavjud. Bunday tugamas boyliklar orasida jismoniy madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat insonlami bolalikdan sog'lom qilib o'stirish, ulaming jismoniy va madaniy kamolotini ravnaq toptirishi, sog'lom turmush kechirish, mehnat qobiliyatini oshirish, uzoq umr ko'rishga ko'maklashuvchi muayyan faoliyatdir. Bunda ajdodlarimizning ov qurollarini yasash, tog', daryo, cho'llarda vahshiy hayvonlami tutish uchun kuch-quwat, epchillik, merganlikni o'rganganlar. Bunda otda turib kamondan o'q otish, nayza sanchish, kurashish, piyoda yugurish, to'siqlardan o'tish, an'anaviy urf-odatlar, ommaviy sayllarda harakatli o'yinlami tashkil qilish kabi murakkab mashqlarni bajaiganlar. Turli janglarda bu qurollardan mohirona foydalanganlar.

Xalq o'z udumlari va an'analarida kurash, ot o'yinlari, qilichbozlik, darboz, poyga va turli harakatli o'yinlardan foydalanganlar. Bu tadbirlar yoshlami kuchli bo'lishi, Vatanni sevish, kasbni egallash va uddaburonlikka chorlagan.

Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya doimo an'anaviy hususiyatlarga ega bo’Igan. Jismoniy mashqlar empirik tarzda (yunoncha empeiria - tajriba yo’li bilan) vujudga kelgan va ilmga asoslanmagan bo’lsa ham, hamisha chuqur halq an’analarini o’zida saqlab kelgan Jumladan, milliy jismoniy madaniyat asosini lfodalovchi jismoniy tarbiyaning milliy shakllari, vositalari va uslublari shakllantirilib borilgan.

Markaziy Osiyoda asosan kurash turlari va chavandozlik sport sifatida shakllangan bo’lib, musobaqalar halq bayramlari, milliy sayillar va turli tantanalarda tashkil qilingan. Askarlar harbiy-jismoniy tayyorgarligi milliy jismoniy tarbiya shakllari yordamida amalga oshirilgan va mamlakatni jasurona himoya qilish yo’lida ko’p asrlar davomida to'plangan tajribalar umumlashtirilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand va Farg’onada hukm surgan Turkiston general-gubematorlik hududida jismoniy madaniyat rus madaniyatining tarkibiy qismi bo’lib kelgan va dastawal mahalliy milliy madaniyat bilan uzviy bog’liq bo’Imagan. Shu yillar davomida Turkistonda zamonaviy sport turlari joriy etilmay kelgan va mahalliy millatga mansub aholi tarkibidan etakchi sportchilar etishib chiqmagan. Turkiston general-gubernatori mahalliy millat vakillarining sport jamiyatini tuzishga qat’iy qarshilik qilgan.

XIX asr oxiri - XX asming dastlabki yillari O’zbekistonda zamonaviy sport turlari kirib kelgan va keng tarqalgan. Bunda rus madaniyati bilan o’matilgan aloqalar jismoniy madaniyat va sport tizimida ham kuzatiladi.

Turkiston o’lkasi - O’zbekistonda jismoniy madaniyat va zamonaviy sport tizimining shakllanishi va rivoshlanish tarixini shartli ravishda quyidagi davrlarga ajratish mumkin:

  1. 1860-1890 yillar - ruslarning dastlab ilmiy ekspeditsiyalar tarkibida, keyin esa rus armiyasi bosqini oqibatida Turkistonga kelishi.

  2. 1890-1920 yillar-rus aholisini Turkistonga ommaviy ko’chib kelishi va ular tarkibida mavjud bo’lgan ko’plab ziyolilar va pedagoglarning mahalliy aholi o’rtasida rus madaniyatini shakllantirishlari.

  3. 1920-1950 yillar - O’zbekistonda sobiq ittifoq jismoniy tarbiyasi tizimiga asoslangan jismoniy madaniyat va sportni shakllanishi hamda rivojlanishi.

  1. asr oxiri - XX asrning dastlabki yillarida O’rta Osiyo hududlarida sport turlarining rivojlanishiga real imkoniyatlar paydo bo’lgan. Rus halqini Turkiston o'lkasiga ommaviy ko’chib o’tishi, birinchidan zamonaviy sport turlarini rivojlantirishga imkon yaratgan bo’lsa, ikkinchidan mahalliy aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishiga turtki bergan. XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda ishlagan ko’plab pedagog ziyolilar, ayniqsa ularning o’lkada muqim qolib faoliyat ko’rsatgan qismi awalo Turkistonning yirik shaharlarida yashagan evropalik aholi, keyin mahalliy aholi jismoniy madaniyatini shakllanishiga hissa qo’shganlar.

Bu davrda Turkiston o’lkasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lgan. birinchidan, O’rta Osiyoga kapitalizmning kirib kelishi, turli banklar tarmoqlarini tashkil etilishi, zavod va fabrikalar, temir yo’llarni qurilishi, ikkinchidan - mahalliy ziyolilaming etishib chiqishi va milliy progressiv harakatning faollashishi o’lka aholisi bilimi va madaniyatini yanada o’sishiga sabab bo'ldi. Aynan shu davrda o’zbek halqi hayoti va turmushida madaniyat sohasiga doir yangiliklar tashviqiy- targ’ibiy nashr vositalari, jurnallar va kitoblar orqali aholi ongiga singdirila boshladi. o’lkada ko’plab sanoat va qishloq ho’jalik ko’rgazmalarining o’tkazilishi nafaqat iqtisodiy aloqalarning o’rnatilishiga, balki barcha halqlar madaniyatini o'zaro yaqinlashishiga asos bo’ldi .

  1. asrning ikkinchi yarmida Turkiston o’Ikasida rus o'quv yurtlari tizimi yaratildi. 1875 yilda Toshkent, Farg’ona, Samarqand va boshqa shaharlarda gimnaziyalar tashkil etildi, lekin ularda mahalliy millat vakillarining foizi juda kam edi. Bu o’quv yurtlarining dasturida jismoniy tarbiya darslari umuman nazardan chetda kolgan edi. Hukumat halq ma'rifati to’g’risida g’amxo’rlik qilmas edi. Masalan, 1914 - 1915 yillarda Turkiston halq ta’Iimiga o’lka byudjetining 2,3%, harbiy politsiya apparatini ta’minlash uchun esa 86,7% ajratilgan. 1914 yilda Turkiston o'Ikasida 160 ta maktab bo'lib, ularda 17 ming bola ta'lim olgan. Turkiston o'lkasidagi maktablarda jismoniy tarbiya muvaqqat bo'lib, hech qanday tizimga asos solinmagan, chunki jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ishlab chiqilgan maxsus dasturlar bo'lmagan.

1890 y. Turkiston o’lkasining harbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika, qilichbozlik, otish va turli o’yin mashg’ulotlari o’tkazila boshlangan Bu davrda Turkiston o’lkasidagi ayrim o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya joriy qilishga birinchi marta urinib ko’rilgan. Biroq jismoniy tarbiya mashg’ulotlari muntazam o’tkazilmas edi, chunki o’qituvchilar, binolar va jihozlar etishmas edi.

  1. asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda milliy ziyolilaming ma’rifatparvar jadidchilik harakati (arabcha jadid - yangi) vujudga kelib, ular tomonidan yangi maqomga hos maktablar tashkil qilingan. Jadidchilar dasturi ta’lim tizimini islohot qilishga qaratilgan bo’lib, quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’ygan edi: yoshlarga amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bilimlarni berish; ta’lim sohasida, musulmon maktablaridan farqli o’laroq, o’qitishning yangi zamonaviy shakllarini qo’llash. Yangi usul maktablarida o’rta asr individual o’qitishdan sinflardagi dars tizimiga o’tilgan. Sinflarda geografik haritalar, globuslar va boshqa ko’gazmali qurollar paydo bo’lgan, darslar orasida tanaffuslar kiritilgan, o’quvchilarni urib jazolash bekor qilingan.

Shunga o’hshash barcha o’zgarishlar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Biroq bu maktablarda ham jismoniy tarbiya darslari muntazam o’tkazilmagan, faqatgina tanaffiislarda o’qituvchilar rahbarligida harakatli o’yinlar tashkil qilingan.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin