O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə34/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Abdulla Avloniy (1878-1934). Taniqli o’zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy Toshkent shahrida, mayda hunarmand-to’quvchi oilasida dunyoga keladi.

  1. asr boshlarida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida va pedagogik fikrlarning rivojida Abdulla Avloniy alohida o’rin egalladi, butun faoliyati davrida u o’z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor berdi.

A. Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun 4 qismdan iborat «Adabiyot yohud milliy she’rlar» hamda «Birinchi muallim», «Turkiy gulison yohud axloq», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni» kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. «Turkiy gulison yohud axloq» asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq haqida fikr yuritiladi.

Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi 4 bo’limga ajratdi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4. «Axloq tarbiyasi». «Tarbiyaning zamoni» bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalaming kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. «Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur» deb uqtiradi. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlaming qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq, deb hisoblaydi Avloniy.

Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umming oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog’cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushuntiradi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilish lozimligini uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quwatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qumoq, o’qutmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».

A. Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota- onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin