O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə37/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar

O’zbekistonda sportning rivojlanishi quyidagi ommaviy sport tadbirlari orqali amalga osiralgan:

1920 va 1921 yillarda Toshkent shahrida I hamda II O’rta Osiyo olimpiadasi bo’lib o’tdi. 1924 yilda Butunturkiston Olimpiadasi o’tkazildi. U Sharq jismoniy tarbiyachilarining bayramiga aylandi.Ushbu olimpiadada Sirdaryo, Farg’ona, Turkiston, Samarqand va boshqa viloyatlaming terma jamoalari ishtirok etdi.

1927 yil sentabrda va 1928-yiI iyul oyida respublikamizning jismoniy tarbiya tashkilolari birinchi hamda II Butuno’zbek spartakiadasini o’tkazdi. Bu musobaqalar o’zbek sportchilari uchun 1928-yilda Moskvada bo’lib o’tadigan Butunittifoq spartakiadasiga asosiy tayyorgarlik bo’lib xizmat qildi.



  1. yilda Toshkentda III Butuno’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiadada respublikaning 8 ta shaharlaridan terma jamoalar ishtirok etdi.

  2. yilda O’ta Osiyo respublikalari va Qozog’iston milliy davlatlarga ajralishining 10 yilligi munosabati bilan I O’rta Osiyo spartakiadasi o’tkazildi. 1934 yildan boshlab respublika kolxoz-sovxozlari spartakiadalari o’tkazila boshlandi.

1935 yilda respublikada Toshkent shahar oliy o’quv yurtlari va tehnikumlari spatakiadasi; Respulika bolalar spartakiadasi; I Butuno’zbek ayollar jismoniy tarbiya bayrami o’tkazildi.

  1. yilda Toshkent shahrida O’zbek davlat jismoniy tarbiya tehnikumini ochish to’g’risida qaror qabul qilindi.

  2. yil sentabr oyida Toshkentda IV Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi, qatnashchilarni O’zbekiston KP Mkning sobiq Birinchi kotibi A.Ikromov tabrikladi.

  1. yilda Butunittifoq jismoniy tarbiya paradida respublikamiz vakillari qismdan iborat «O’zbek xalqining suv, yuqori paxta hosili uchun kurashi» inssterofkasini namoyish qildi.

  1. yilda bo’lib o’tgan Butunittifoq paradida O’zbekiston jismoniy tarbiyachilari gullab yashnayotgan bog’ ko’rinishida chiqish uyushtirdilar.

  2. yildagi paradda O'zbekiston jismoniy tarbiyachilarining mavzusi qilib yana paxta-o’zbek xalqining asosiy boyligi tanlab olindi.

  1. 1937 yillardabolalar-o’smirlar sport maktablari (BO’SM) ochildi.

  1. yilda to’qqiz yillik tanaffuzdan so’ng Olma-Ota shaxrida O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari II spartakiadasi o’tkazildi.

  2. yil sentabrda Toshkentda Orta Osiyo va Qozog’iston Respublikalarining III spartakiadasi o’tkazildi.

  3. yilning 30 sentabridan 10 oktabrigacha IV Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi. Ushbu spartakiada parad bilan ichilib, unda 5 mingta jismoniy tarbiyachi qatnashdi.

  1. yilning 7 oktabridan 14 oktabrigacha Frunze (Bishkek) shahrida O’rta Osiyo va qozog’iston Respublikalarining IV spartakiadasi bo’lib o’tdi. Birinchi o’rinni egallagan respublikamiz jamoasi Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi.

  2. yilda respublikamiz vakillari Butunittifoq jismoniy tarbiyachilar paradida qatnashdi.

1948 yilda V Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi. 1948 yil 10-15 oktabrda Dushanba shahrida komsomolning 30 yilligiga bag’ishlangan O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining V spartakiadasi bo’lib o’tdi. O'rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining VI spartakiadasi 1950 yilda Olma-Otada, VII spartakiadasi 1952 yilda Ashxobodda, VIII spartakiada 1954 yilda Toshkentda, IX spartakiada 1957 yilda Frunzeda (Bishkek) o’tkazildi. 1934-1957 yillar ichida O'rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining spartakiadasi to’qqiz marta o’tkazildi.

1951-1956 yillarda sport jamiyatiarining birinchiliklari, tarmoq spartakiadalari va turli xil sport musobaqalarida sport jamiyatiarining tashkilotchilik ishlari sezila boshladi. 1951 yil Samarqand, Xo’jayli, Kosonsoy, Termiz va Angren shaharlarida jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtlari tashkil etildi. Ular boshlang'ich va yetti yillik (o'sha davrda) maktablar uchun jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlashda yangidan ish boshladi.

1952 yil Toshkent DPI tarkibidagi (1949 y.) jismoniy tarbiya fakulteti mustaqil bo'ldi. 1954-yil Farg'ona, 1956-yil Nukus DPIda ham jismoniy tarbiya fakultetlari ochildi.


  1. yil sentabr-oktabr oylarida O'zbek Davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etilib, iqtidorli sportchilami talabalikka ilk bor qabul qildi.

1956 yil O'zbekiston sport tarixida salmoqli o'rinni egallaydi. Ya'ni shu yili yozda «Paxtakor» sport majniui qurilib bitkazildi va unda O'zbekiston sportchilarining eng katta bayrami bo'lib o'tdi. Bu tantana 1956 yilga SSSR xalqlarining 1-spartakiadasiga ko'rik-sinov tajribasini o'tadi.

  1. yildan boshlab, respublikamiz sportchilari sobiq Ittifoq xalqlarining hamma spartakiadalarida ishtirok eta boshlagan. I Ittifoq xalqlari spartakiadasi 1956 yilda; П-1959 y; III-1963 y;IV-1967 y; V-1971 y; VI-1975 y;Vl-1979 y; VIII-1983 y; IX-1987 yilda o’tkazilgan. Hamma spartakiadalarning final qismi Moskva shahrida bo’lib o’tgan.

Urushdan keyingi yillarda tarmoqli jismoniy madaniyat va sport jamiyatlari tiklanib, ular o'z faoliyatlarini sportning ommaviyligini amalga oshirishga harakat qildi. Oliy o'quv yurtlarida «Nauka» («Fan»), O'rta maxsus o'quv yurtlari va mayda ishlab chiqarish korxonalarida (fabrika, savdo shahobchalari va h.k.) «Iskra» («Alanga»), «Lokomotiv», «Dinamo», «Paxtakor» kabi respublika va viloyatlarning sport jamiyatlari faol ish olib borishdi.

O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda respublika va viloyatlardagi «Dinamo», «Spartak», «Paxtakor», «Fan», «Alanga» va boshqa sport jamiyatlari yangi usullar bilan faoliyat ko'rsatdi. Bunda yoshlarni sport unvonlari va darajalarini olishga bo'lgan qiziqishlari, yangi sport kiyimlari bilan ta'minlash, nishonlar (emblema) bilan sport maydonlariga chiqishga havas uyg'otish ustuvor edi.

Butunittifoq jismoniy madaniyatchilar namoyishiga tayyorgarlikda davlat va sport jamiyatlarining katta mas'uliyati zarur edi. Shu sababdan, unga maxsus tayyorgarlik ishlari 1-2 yil davom etar edi. Eng so'nggi (1954 y.) namoyishga tayyorlanish va unda qatnashish juda qiziqarli hamda muvaffaqiyatli bo'lgan edi. Namoyishga 300 dan ortiq yigit va qizlar ishtirok etdi. Ular orasida Samarqandlik M.Haqberdiyeva va jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtining talabalari A.Abduhakimov, D.Sharopov, N.Rahimovlar ham bor edi.

Sobiq Ittifoq davrida O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Sport jamiyatlarining markazlashgan rahbarlik faoliyatlari (1957, 1987) sportga rahbarlik qilishning davlat jamoatchilik (1959-1968) usullari birmuncha markazlashtirildi va takomillashtirildi. Sport bilan shug'ullanuvchilarning ko'payishi, mutaxassislar tayyorlashning yangi yo'lga qo'yilishi (1966 y. qaror asosida), sport inshootlarining qurilish ko'lami oshishi ancha ortdi.

O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishning asosiy shakli, davlat va jamoat shakli hisoblanadi. Jisminiy tarbiyani boshqarishning davlat shakliy davlat organlari, O’zbekiston Respublikasi Davblat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, jismoniy tarbiya hamda sportning rivojlanishiga bevosita rahbarlik qiladigan vazirliklar, idoralar va komitetlar orqali amalga oshiriladi. Bu Xalq ta’limi vazirligi tomonidan jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkaziladigan ishlar va maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, muzeylar, kollejlardagi jismoniy tarbiya darslari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o’quv yurtlari hamda o’rta maxsus bilim yurtlari o’quv rejasidagi jismoniy tarbiya. Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kasalxonalar, poliklinikalar, tug’ruqxonalar va davolash-profilaktika muassasalaridagi jismoniy tarbiya, Milliy mudofaa vazirligi tomonidan armiya va shaxsiy tarkib hamda harbiy bilim yurtlari tinglovchilarining jismoniy tayyorgarligidir.

Davlat shaklidagi boshqarishning o'ziga xos hususiyati bu davlat dasturlari va har tomonlama jismoniy rivojlanish vazifalarini ta’minlash, jismoniy mashqlar, gigiyena, o’z-o'zini nazorat qilish asoslari bo’yicha nazariy bilimlarni shakllantirish maqsadida turli jismoniy mashlar bilan majburiy mashg’ulotlarning mavjudligi hisoblanadi, ya’ni davlat tasarrufidagi organlaming maxsus tizimi orqali sog'liqni mustahkamlash hamda yoshlarni mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash kabi umum davlat vazifalarini hal etish amalga oshiriladi.

Respublikada jismoniy tarbiya harakatini boshqarish davlat tizimining hozirgi zamondagi rivojlanganlik darajasining huquqiy doirasi hajmini hisobga olgan holda quyidagi boshqaruv organlari tasnifini yaratishga imkon beradi:


  1. Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish bo’yicha maxsus huquqiy vakolatli organlar ( Davlat sport qo’mitasi tizimi).

  2. Umumiy vakolatli organlari - o’z tarmoqlarida jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlikni amalga oshiradigan idoraviy tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, komitetlar.

Davlatni boshqarishning demokratik asoslarini rivojlantirish boshqarishdagi jamoatchilikni rivojlantirish bilan bevosita bog’liq.

Jamiyat rivojlanishida yuzaga kelgan tarihiy vaziyat jamoatchilikning JT va Sni boshqarishda qatnashishi uchun aniq imkoniyatlar yaratdi, bu jismoniy tarbiya harakatini boshqarishda mustaqil boshqarish shaklini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday tarzda boshqarishning jamoatchilik shakli paydo bo’ldi, u hozirgi zamonda ham muhim ahamiyatga ega.

JT va S jamoatchilik, mustaqillik shklida ishlami tashkil qilish shunday tavsiflanadiki, u rahbar organlarning saylanishliligi, mustaqil faoliyat ko’rsatishi, ixtiyoriyligi asosida olib boriladi, bu o’z navbatida ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlari faoliyati kasaba uyushmalari, KSJ va boshqa jamoa tashkilotlari tomonidan bevosita boshqarilib turiladi.

Mustaqillik shakllarining funksiyalari keng va har tomonlamadir. Bu yuqori darajada sport takomillashuvini ta’minlash, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, mehnat hamda dam olishni to’g’ri tashkil qilish, sog’liqni mustahkamlash va ijodiy umrboqiylikni saqlash, turli yoshdagi aholini mashg’ulotlarga jalb qilish va hokazodir.

Havaskorlik tashkilotlarida o’quv, tqrbiyaviy, sport ishlari tavsiya hususiyatiga aga bo'lgan namunaviy dasturlar va nizomlar asosida olib boriladi. Ularning faoliyati demokratizm, tashabbuskorlik va jamoatchilikni keng jalb qilish asosida tashkil etiladi. Xalqaro federatsiyalar bilan ish yuzasidan aloqalami o’rnatish va va uni boshqarish maqsadida respublika federatsiyalari hamda joylarda tegishli tashkilotlar tashkil qilingan.

Sport turlari bo'yicha federtsiyalar jamoatchilik organlari hisoblanadi, tegishli sport turlarini rivojlantirishda boshqarmalar, bo’limlar va boshqa bo’linmalarga yordam ko’rsatadi, shuningdek, sport turlari bo’yicha viloyat federatsiyalari hamda sport jamiyatlari seksiyalari va idoralari faoliyatini yo’naltirib turadi.

Jismoniy tarbiyani boshqarishning davlat va jamoatchilik havaskorlik shakli jamiyat rivojlanishi talablariga bog’liq b'olgan bir xil vazifalami hal eta turib, bir- birini to'ldirib turadi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi jismoniy tarbiya va sportni davlat tomonidan boshqarishni qo’mitaning yahlit tizimi bo’Igan maxsus boshqarish organlari orqali amalga oshiradi. Bunday organlar quyidagilar:



  • O’zbekiston Respulikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi;

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi;

  • viloyat hokimiyatlarining jismoniy tarbiya va sport qo’mitalari, viloyat hokimiyatlarinmg shahar jismoniy tarbiya va sport qo'mitalari, Toshkent shahar hokimiyatining jismoniy tarbiya va sport qo’mitalari;

  • shahar hokimiyatlarining shahar jismoniy tarbiya va sport qo’mitalari;

  • tuman hokimiyatlarining tuman jismoniy tarbiya va sport qo’mitalari.

Respublika Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining yahlit tizimiga

qo’mita tasarrufidagi tashkilotlar, muassasalar, o’quv yurtlari, korxonalar kiradi.

O’zDJTI, Respublika olimpiya o’rinbosarlari kolleji, «Paxtakor» ICHB, «Shahmat-shashka klubi», «Sport» gazatesi tahririyati bevosita Davlat sport qo’mitasiga bo’ysunadi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining huquqiy maqomi qo’mita to’g’risidagi tegishli nizomlar bilan belgilanadi.

Davlat sport qo'mitasining o’z sohasidagi qarorlari barcha vazirliklar, qo’mitalar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari bilan shug’ullanuvchi jamoat tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Davlat sport qo'mitasi kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti, «Vatanparvar» JTSJ, «Mehnat zahiralari» KSJ, «Dinamo» JTSJ umumrespublika jismoniy tarbiya tizimiga kiruvchi jismoniy tarbiya tashkilotlari bilan hamkorlikda ommaviy jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish hamda sport ishlarini olib boradi.

Vazirliklar to’g'risidagi umumiy nizomga muvofiq O’zbekiston Respulikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi tasarrufidagi tashkilotlar rejalashtirish, fan, tehnika, kapital qurilish, moddiy-texnik ta’minot, moliya va kreditlar, kadrlar, mehnat va ishga haq to’lash, shuningdek, horijiy davlatlar bilan iqtisodiy, ma'daniy, ilmiy, tehnik, sport aloqalari sohasida vazifalami bajaradi.

Davlat sport qo’mitasi jismoniy tarbiya va sport sohasida qonunchilikning qo’llanilishini o’rganadi hamda amaliyotini umumlashtiradi, Respublika Vazirlar Mahkamasida ko’rib chiqish uchun belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi.

Respublika Davlat sport qo’mitasi davlat boshqarish organi sifatida oldinga qo’yilgan vazifalami hal etish va o’z vazifalarini amalga oshirish maqsadida huquqiy vakolatlatlarga ega.

Davlat sport qo’mitasi faoliyatiga rahbarlik qilish Davlat sport qo’mitasi raisi va uning o’rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi. Rais o’rinbosarlar o'rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi. Davlat sport qo’mitasi boshqarmasi, bo’limlari va boshqa boTinmalari boshliqlarining ish yo'nalishlariga rahbarlik qiladi. Davlat sport qo’mitasi tasarrufidagi tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, o’quv yurtlari ishi uchun ma’suliyat darajasini belgilab beradi.

Davlat sport qo’mitasi raisi o’z huquqiy doirasida qonunchilikka muvofiq qarorlar va buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi. JT va S bo’yicha sport qo'mitalari tasarrufdagi tashkilotlar, muassasalar,o’quv yurtlari uchun majburiy bo’Igan ko’rsatmalarni beradi, ularning bajarilishini tekshiradi va nazorat qiladi.

Davlat sport qo’mitasi qoshida sport qo’mitasi raisi (u kollegiya raisi), uning o’rinbosarlari, boshqa rahbar xodimlar tarkibida kollegiya ish yuritadi.

Davlat sport qo’mitasi kollegiyasining asosiy vazifalari o’z huquqiy doirasida respubhkada JT va Sni rivojlantirish masalalari, qo’mitalar hamda KSJ, «O’zbekiston» kasaba uyushmalari JTSJ, vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar, o’quv yurtlari faoliyatini, shuningdek, qarorlarning bajarilishini tekshirish yakunlarini ko’rib chiqish, asosiy masalalar loyihalarini muhokama qilish, sport qo’mitalari, KSJ hisobotlarini eshitishdan iborat. Kollegiya qarori asosida rais buyruqlar va qarorlar chiqaradi.



O'zbekiston sportchilari ittifoq miqyosidagi yirik musobaqalarda yaxshi natijalarga erisha boshladi. Bir qator iste'dodli sportchilar Ittifoq terma jamoalar tarkibida jahon sport musobaqalari hamda Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, yuksak mukofotlarga sazovor bo'ldi. Opa-singil Tamara va Irina Presslar (yengil atletika),

  1. Bandarenko (suzish), R.Sarkisovning gimnastika maktabi o'nlab iqtidorli sportchilaiga (S.Diamidov, E.Saddi, T.Ibrohimov.E.G'iyosov va h.k.) oq yo'l berdi. Turli davrlarda respublika sport shuhratini suzuvchi S.Babanina, kurashchi R.Qozoqov, sambochi S.Qurbonov, bokschi R.Risqiyev, velosipedchi A.Yudin, yengil atletikactii V.Ballod, basketbolchi R.Salimova, voleybolchi V.Duyunova, chavandoz M.Ismoilov, qilichboz S.Ro'ziyev kabilar munosib himoya qilishtji.

80-yillar boshida respublika va ittifoqqa tanilgan sportchilar viloyatlardagi jamoalarda ko'paydi. VIII spartakiada 1983 yil sport turlari bo'yicha sobiq ittioqning bir qator shaharlarida o'tkazildi. Spartakiadaning dasturi asosida ilk bor uch guruhga bo'lib musobaqalar tashkil etildi. Birinchi guruhda: Rossiya, Moskva, Leningrad, Ukraina, Belorussiya jamoalari edi. Ikkinchi guruhda: Qozog'iston, Gruziya, O'zbekiston, Litva, Latviya jamoalari bo'lib, ular orasida Qozog'iston g'olib chiqdi. Uchinchi guruhda: Armaniston, Ozarboyjon, Moldaviya, Estoniya, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalari o'zaro musobaqalashdi va Armaniston g'olib chiqdi.

  1. Spartakiada 1987 yil 23 ta shaharda tashkil etilib, ularda sportning 37 turi bo'yicha kurash olib borildi. Rossiya sportning 17 turi (1 -o'rin), Ukraina-12 turi (II) va Moskva shahri esa 7 tur bo'yicha (III) g'oliblikni qo'lga kiritdi. Leningrad, O'zbekiston, Ozarboyjon, Tojikiston va Turkmaniston sportchilari juda sust qatnashdi.

  2. Spartakiada (eng so'nggi) 1991 yil 6 iyulda Lujnikidagi Bosh Olimpiya stadionida ochildi.


Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin