ч
Sobiq Ittifoqning dastlabki yillarida O'zbekistonda sportning shakllanishi haqida nimalami bilasiz?
Ikkinchi jahon urushigacha sport sohasida qanday muhim rivojlanishlar bo'ldi?
Mehnat va mudofaaga tayyor (GTO) majmui haqida nimalami bilasiz?
O'zbekiston spartakiadalari, «Paxtakor» sport jamiyati faoliyati haqida qanday yangiliklar yuz berdi?
SSSR xalqlari spartakiadalarida O'zbekiston sportchilari qanday ishtirok etgan?
Adabiyotlar
Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т., 2008..
Emazarov E. Olimpiada - jahon sporti bayrami. Т., 2008
Olimpiya bilimlari asoslari. Т., 2001.
Рафикова P.А., Рафикова A.P. Спортивные звезды Узбекистана.!. 2005.
Вопросы истории физической культуры и спорта в Узбекистане.!., 1968.
Нормуродов А., Моргунова И. Олимпийские игры. !., 2011.
Mavzu 9. MUSTAQIL O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (1991-hozirgi davrgacha)
O'zbekiston Respublikasining Mustaqillikka erishishi va xukumatning jismoniy tarbiya va sportga e'tibori.
Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida: Qonunning qabul qilinishi, uning mazmuni va axamiyati.
O'zR Milliy Olimpiya Qo'mitasining tashkil qilinishi maqsadi va vazifalari.
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 31 avgustdagi Farmoniga asosan mustaqil Respublika deb rasmiy ravishda e'lon qilindi. Mustaqillik, erkin fikr yuritish, adolat va teng huquqlik yurtdoshlarimizga yangi baxt-saodat keltirdi.Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o'zining haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo'ldi.
Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy tarbiya va sport ham o'z o'mi va mavqeiga egadir. Bunda Prezident I.A.Karimov va hukumatimizning g'amxo'rligi olqishga sazovordir.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli ravishda aytgan.
Mustaqil O'zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ulaming jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. Bu Qonun 2000 yil 26 mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilari ko'pgina nufuzli xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
yilda Toshkentda XOQ rahbarligi ostida I Markaziy Osiyo o’yinlari o’tkazildi.
yilda Olma-Ota shahrida II Markaziy osiyo o’yinlari bo’lib o’tdi.
1994 yilda o’zbekistonlik sportchilar Lillexammerda o’tkazilgan qishki
Olimpiya o’yinlarida qatnashdi.
O’zbekistonlik sportchilaming xalqaro musobaqalardagi ishtiroki:
yil - Atlantadagi yozgi olimpiya o’yinlari; .
yil -Naganodagi qishki olimpiya o’yinlari;
1994 yil - Xirosimadagi XII Osiyo o’yinlari;
1996 yil - Xarbindagi III qishki Osiyo o’yinlari;
yil -Bangkokdagi XIII Osiyo o’yinlari;
yil -Kongvodagi IV qishki Osiyo o'yinlari;
yil - Moskvadagi yoshlarning I Butunjahon o’yinlari.
O'zbekiston mustaqilligi davomida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'sdi.
Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun hamda qator qarorlami (1993, 1996, 1999, 2000, 2002, 2003,2006,2010,2011 va h.k.) amalga oshirishda katta tadbirlar o'tkazildi. Ulaming natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilaming Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda.
O'zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, «O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas'uliyatlami yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o'quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yo'lga qo'yish masalalari jiddiy vazifa bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil martda «Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta'lim- tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a'lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo'shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari, BO'SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas'ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi Farmoni (1997yil lOoktabr), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta'lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni yaxshilash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlami maqsadli o'tkazish ko'zda tutildi. Eng awalo, «Sog'lom ona va sog'lom bola» shiori ustuvor bo'lishi ta'kidlangan.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti «O'zbekiston kelajagi buyuk davlat» shiorini faqat yurtimizdagina emas, balki taraqqiy qilgan mamlakatlar orasida ham chuqur va keng tarqalishiga erishdi. Bunda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari kabi jismoniy tarbiya va sport harakatiga ham alohida e'tibor berildi.
O'zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjami- yatlariga a'zo bo'lgan emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bo'lsada, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida o'tkazilgan.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit'alarda turli xil sport musobaqalari, qit'a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining an'anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan.
O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. Bu 1992 yil 21 yanvardagi birinchi ta'sis majlisida amalga oshirildi. XOQ xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi notijorat tashkiloti bo’lib, o’z faoliyati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Olimpiya xartiyasi hamda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining Nizomi asosida amalga oshiradi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
O’zbekistonda Olimpiya Xarakatini rivojlantirish, olimpizm g’oyalarini keng targ’ib etish;
Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa mamlakatlar milliy olimpiya qo’mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari va uyushmalari bilan hamkorlik qilish, XOQning “Olimpiya birdamligi” dasturida ishtirok etish;
Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko’maklashish;
Respublika aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy tarbiya va sport, milliy sport turlarini, nogironlar o’rtasida sportni rivojlantirishni ta’minlash;
Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do’stlik va birodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol kurashish, raqibiga olijanoblik bilan munosabatda bo’lish tamoyillari asosida tarbiyalash;
O’zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ’ib qilish;
Sport kadrlari o’rtasida tajriba almashish, ular malakalarini oshirish uchun anjumanlar tashkil etish.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Milliy olimpiya qo’mitalari assotsiatsiyasi - ANOKning teng huquqli a’zosidir.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tarkibi quyidagilardan iboratdir:
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi prezidenti, bosh kotibi, vitse-prezidentlari va a’zolaridan;
Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
Sportning olimpiya turlari bo’Imagan hamda milliy sport federatsiyalari vakillaridan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport tashkilotlari vakillaridan;
Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari bo’Igan sportchilar vakillaridan hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir.
Quyidagilar O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining rahbar organlari hisoblanidi;
Bosh assambleya;
Ijroya qo’mita;
Ijroya qo’mita byurosi.
Bosh assambleyalar oralig’ida O'zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi faoliyatiga Ijroya qo’mita rahbarlik qiladi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining quyidagi doimiy komissiyalari mavjud;
Atletlar komissiyasi;
Ayollar va sport komissiyasi;
Sport va atrof-muhit komissiyasi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nazirov saylandi. U bir vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va O'zbekiston Respublikasi MOQ nizomigato'g'ri kelmas edi. Shunday bo'lsada, respublika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta'minlashning ba'zi bir sabablariga ko'ra rahbarlik ishlari davom etdi. Avval MOQ vitseprezidenti bo'Igan S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va nizom talablariga to'Ia asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo'm, a'zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.
Respublika MOQ o'zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig'ilishlarida eng muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Bunda rejalami tasdiqlash, ijrolar natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g'oyalarini keng yoyish eng muhimi sportchilami Osiyo, jahon chempionatlari, xalqaro tumirlar va olimpiya o'yinlariga tayyorlash bilan bog'liq masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va asosiy maqsad hamda vazifalari.
Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib borayotgan o'zaro munosabatlari va aloqalarida Prezident I.A.Karimovning hissasi g'oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining bosh shtabida Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning bir necha marotaba yurtimizga tashrifi, (1994-1995). Arab mamlakatlari, Osiyo o'yinlari Kengashining
Prezidenti va Yunesko xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, mas'ul xodimlari O'zbekistonga kelishlari muhim voqealar bo'ldi. Shular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» niuzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilaming erishgan yutuqlari o'z ifodasini topdi. O'tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko'p Yevropa, Osiyo Afrika, Amerika, Avstraliya qit'alaridagi mamlakatlaming rasmiy kishilari, sayohatcliilari va sportchilari kelib ketishdi. Mazkuf muzey respublika sportini targ'ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Respublika Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) xodimlari, sport federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan Lozzana vajuda ko'p mamlakatlaming MOQ huzurida bo'lib, Kongresslar, sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, O'zbek kurashini o'rganish va o'rgatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Afrika, Amerika va Yevropa qit'alariga borib kelishmoqda. O'z navbatida barcha qit'alarning rasmiy vakillari O'zbekistonda bo'lib, kurash va boshqa sport turlari bo'yicha tajribalar almashishmoqda. Bu esa sportchilaming xalqaro turnirlar, o'rtoqlik uchrashuvlar va boshqa musobaqalami tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.
O'zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalami yanada kengaytirish, olimpiya g'oyalarini aholi o'rtasida singdirish va eng muhimi, sportchilami xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashda muhim voqea bo'ldi.
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi Prezidenti Xuan Antonio Samaranchning vatani - Barselonadagi XXV Olimpiya o’yinlari 1992 yil 24 iyul - 9 avgust kunlari bo’lib o’tdi. Barselona yaqinida eng zamonaviy “Olimpik” sport shaharchasi barpo etildi. Olimpiada mash’alasi bilan estafeta yugurishida mamlakat qiroli Xuan Karlos ham ishtirok etdi.
Bu vaqtda jahon haritasida katta o’zgarishlar ro’y bergan edi. Sovet davlati parchalanib ketib, sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan respublikalar Xalqaro Birlashgan Millarlar Tashkiloti tomonidan mustaqil davlatlar sifatida tan olingan edi. Ularning Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish masalasini XOQ tezlik bilan hal etishi kerak edi. XOQ Latviya, Litva va Estoniyaning ikkinchi jahon urushiga qadar ulaming Xalqaro Olimpiya Qo’mitasidagi a’zoliklarini tikladi. Bu respublikalar Barselonada o’z davlatlari milliy olimpiya jamoalari tarkibida ishtirok etishlarga ruxsat berildi.
Qolgan yangi mustaqil davlatlaming sportchilari esa bu mamlakatlarda milliy olimpiya qo’mitalari tashkil etilib, ular XOQ tomonidan tan olinishiga qadar Olimpiya o’yinlarida Birlashgan Davlatlar Hamdo’stligi jamoasi tarkibida qatnashishga ruxsat berildi. MDH Birlashgan jamoasining tashkil etilishi majburiy chora bo’lib, ramziy xususiyatga ega edi. Chunki bu Birlashgan jamoa tarkibidagi har bir mustaqil davlat vakillari olimpiya o’yinlarida qatnashayotgan boshqa milliy olimpiya jamoalari a’zolari ega bo’lgan barcha huquqlarga ega edilar.
Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston Respublikasi sportchilari ham jahon sport musobaqalarining eng oliysi hisoblangan Olimpiada o’yinlarida o’z davlatlari nomini dunyoga tanitdilar. MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O'zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritildi. Ular 3 oltin, 2 kumush va 1 bronza medalini qo’lga kiritdilar.O’zbekiston sharafini O.Chusovitina, R.Galieva,
M.Shmonina, S.Sirtsov, A.Asrabaev, V.Zaharevich, A.Grigoryan va boshqalar liimoya qildilar. Barselonada Olimpiya o’yinlari g’olibi bo’lgan MDH Birlashgan jamoasi sportchilari sharafiga Olimpiya bayrog’i ko’tari 1 ib, Olimpiya madhiyasi ijro etildi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, sportning olimpiya turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz parlamenti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi huddi shundan dalolat beradi.
Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini tiklash, ularni ommalashtirish va keng targ’ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi 1994 yilda birinchi marta Jizzah viloyatining Forish tumanida 1 Xalq o’yinlari festivali o’tkazildi. O’sha davrdan boshlab muntazam ravishda, har ikki yilda bir marta (1998 yildan “Alpomish” milliy sport turlari va o’yinlari festivali nomi bilan) o’tkazilmoqda. Festivallarda Xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar bilan bir qatorda ilmiy amaliy anjumanlar ham o’tkaziladi.
yildan esa xotin-qizlar o’rtasida “To’maris" milliy sport turlari va Xalq o’yinlari festivali ham o’tkazila boshlandi
1992 yil 21 yanvarda Toshkentda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasining ta’sis konferentsiyasi bo’lib o’tdi. XOQning 1993 >il sentyabrda bo'lib o’tgan 101 sessiyasida O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi XOQ tomonidan tan olindi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Birlashgan jamoasini 1992-yil 8-23-fevral kunlari Fransiyaning Albervil shaxrida bo'lib o’tgan XVI qishki Olimpiyadaga, keyin XVI olimpiya o'yinlariga tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash juda murakkab muammolarni hal etishni talab qilardi. Olimpiyadachilar O’yinlarga tayyorgarlik mashqlarini o’tkazadigan sport bazalari bu paytda turli yangi mustaqil davlatlarga tegishli edi. Olimpiada har bir sport turida MDH Birlashgan jamoasi tarkibida ishtirok etadigan sportchilar, ularga murabbiylik qiladigan mutaxassislarni tanlash ham oson kechmadi.
Shu kabi muammolar va tabiiy qiyinchiliklarga qaramasdan MDH Birlashgan jamoasi Barselonadagi 1992-yil 24 iyul - 9 avgust kunlari bo’lib o’tgan XXV Olimpiya O’yinlarida boshqa davlatlar olimpiyadachilari, mutaxassislari hamda sport ixlosmandlari uchun hech kutilmaganda peshqadam bo’ldilar. Ular norasmiy umumjamoa hisobida 112 ta medalni (45 ta oltin, 38 ta kumush va 29 ta bronza) qo’lga kiritib, 1-o’rinni oldilar. Bu Olimpiya o’yinlariga 172 davlatdan 10563 sportchi keldi. Ular 257 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordilar.
MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O'zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritildi. Ular Barselona Olimpiyadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritdilar. Sportchilarimizdan ayollar o’rtasida sport gimnastikasi bo’yicha Oksana Chusovitina va Rozaliya Galiyevalar, hamda yengil atletika bo’yicha 4 x 400 metrlik estafeta g’olibi Marina Shmonina oltin madallarga sazovor bo’ldilar. Og’ir atletikachi Sergey Sirtsov va o’q otish sporti bo’yicha Anatoliy Asrabayevlar olimpiyadaning kumush medahga sazovor bo’Idilar. Qilichbozlik sportida esa hamyurtimiz Valeriy Zaxarevich jamoa musobaqalarida bronza medali bilan taqdirlandi.
XVI qishki Olimpiyada o’yinlari Fransiyaning Albervil shaxrida 65 mamlakatdan kelgan 1084 sportchini to’pladi, hamda ular 12 ta sport turida 57 ta
medallar shodasi uchun bellashdilar. Respublikamiz sportchilari MDH Birlashgan jamoasi tarkibida ishtirok etdilar. Mazkur Olimpiyadada sportchilarimizdan Lina Cheryazova fristaylning akrobatik sakrash usulida faxrli 5-o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi
1994 yilning 12-27-fevralida Norvegiyaning Lillexammer shahrida XVII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Bu yerga 67 davlatdan 1923 sportchi tashrif buyurdi. Mazkur qishki Olimpiyadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristyl bo’yicha Olimpiyada chempioni bo’lib, oltin medalni qo'lga kiritdi. O’zbekiston Respublikasi sportchilari 67 mamlakat orasida umumjamoa hisobida 14-o’rinni oldilar.
yilning 19 iyul - 4 avgust sanalarida AQSHning Atlanta shahrida XXVI yozgi Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Bu o’yinlarda dunyoning 197 mamlakatidan 10320 sportchi 26 ta sport turi bo’yicha 271 ta medallar shodasi uchun kurash olib bordilar. O’zbekiston sportchilaridan dzyu-do bo’yicha Armen Bagdasarov kumush, boks bo’yicha esa Karim To’laganov bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Atlanta ringida vatandoshlarimizdan Dilshod Yorbekov, Narimon Otayev 5-8-o’rinlarani, yunon-rim kurashida Grigoriy Pulyayev 6-o’rinni egallashib, jamoamizga qimmatli ochkolar keltirdilar va bu bilan O’zbekistinning XXVI yozgi Olimpiyadada ishtirok etgan 197 mamlakat orasida 58-o’rinm olishiga o’z ulushlarini qo’shdilar
yil 7-22-fevral kunlari Yaponiyaning Nagano shahrida XVIII qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Naganoga jahonning 72 mamlakatidan kelgan 2302 sportrchi 14 ta qishki sport turi bo’yicha 68 ta medallar shodasi uchun kurashdi.
Bu o’yinlarda ishtirok etayotgan O’zbekiston milliy olimpiya terma jamoasi sportchilaridan quyidagilar musobaqalarda faxrli o’rinlami egalladilar: Lina Cheryazova fristayl bo’yicha 13-o’rin, Tatyana Malinina yakkalik figurali uchushda 8-o’rin, Roman Skornyakov figurali uchishda 19-o’rin, Komil O’rinboyev esa tog’ chang’isi sportida 29-o’rinni egalladilar.
yil 16-30-sentabrida Avstraliyaning Sidney shahrida XXVII yozgi Olimpiyada bo’lib o’tdi. Mazkur Olimpiya o’yinlariga 199 davlatdan 10651 nafar sportchi qatnashdi, hamda ular 37 ta sport turi bo’yicha 300 ta madallar shodasi uchun bellashdilar. Mamlakatimiz terma jamoasi safidagi 77 nafar olimpiyadachi musobaqalar dasturidan o’rin olgan sportning 13 turida ishtirok etdilar. Olimpiyadachilarimizdan Muhammadqodir Abdullayev boks bo’yicha oltin, Artur Taymazov erkin kurashda kumush, Rustam Saidov va Sergey Mixaylovlar esa boks bo’yicha bronza medallari sovrindori bo’ldilar. Olimpiya terma jamoamiz norasmiy umumjamoa hisobida 41-o’rinni oldilar.
2002 yilning 8-24-fevral kunlari AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida XIX qishki Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. Mazkur Olimpiyadada ishtirok etish uchun 77 mamlakatdan 2399 nafar sportchi tashrif buyurdi. Ishtirokchilar sportning 15 turi bo’yicha 78 ta medallar shodasi uchun bahs yuritishdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 7-iyundagi «O’zbekiston Respublikasi sportchilarini Afina shaxri (Gretsiya)da o’tkaziladigan 2004-yilgi XXVIII yozgi olimpiya o’yinlarida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Olimpiada vatani poytaxtidagi stadionga o’yinlar tantanali ochilishi paytida O’zbekiston Respublikasi sportchilari delegatsiyasi ham kirib keldilar. XXVIII Olimpiada mash’alasini yoqish sharafi grek yaxtachisi Nikolas Kaklamanisga nasib etdi.
Afina Olimpiadasida mamlakatimizdan 69 sportchi o’yinlar dasturiga kiritilgan sportning 37 turidan 15 tasi qatnashdi. Sport gimnastikasida Oksana Chusovitina, eshkak eshishda Ruslan Naurzaliyev va Sergey Bogdanov, Vladimir Chernenko, Yelena O’sarova, suzishda Irina Shlemova va Mariya Bugakova, dzyu-do Sanjar Zokirov, merganlikda Vyacheslav Skromnov va boshqalar, afsuski, saralash musobaqalarida finalga yo'llanma ola olmadilar. Velosportda shosseda guruh poygasida Sergey Lagutin marraga 56-bo’lib yetib keldi. Biroq polvonlarimiz va bokschilarimiz an’ana bo’yicha bu yozgi Olimpiadada ham juda quvonarli yutuqlarga erishdilar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustasi Artur Taymazov erkin kurashda eng og’ir vaznli raqiblari o’rtasida eng kuchli ekanligini ishonarli ravishda tasdiqladi va Olimpiada chempioni bo’ldi.
Milliy jamoamizga ikkinchi oltin medalni yunon-rim kurashi bo’yicha 74 kg vaznli sportchilar bilan birga gilamga chiqqan Aleksandr Dokturashvili olib keldi. U saralash musobaqalari va yarim finalda bir necha nomdor polvonlarni mag’Iubiyatga uchratdi. O’zbekistonlik sportchi hal qiluvchi bellashuvda yana bir jahon chempioni fin Marko Ili-Xannukselagni mag’Iubiyatga uchratib, Olimpiada chempioni bo’ldi.
Erkin kurash bo’yicha 96 kg vaznli sportchilar o’rtasida yana bir vatandoshimiz
Mogamed Ibragimov XXVIII-OIimpiya o’yinlarining kumush medali sovrindori bo’ldi. Bokschilarimizdan O’tkir Haydarov 81 kg, Bahodir Sultonov esa 51 kg vaznli charm qo’lqop ustalari o’rtasida bronza medallariga sazovor bo’ldilar.
Ko’p jihatdan ana shu sportchilarimizning zafarlari O’zbekiston Respublikasi milliy olimpiya jamoasidaga Gretsiya poytaxtidagi o’yinlarda ishtirok etgan 202 davlat o'rtasida 34-o’rinni egallash imkonini berdi. Mamlakatimiz vakillari norasmiy umumjamoa hisobida Sidney Olimpiadasiga nisbatan yana yetti, 1996-yiIgi Atlantadagi o’yinlardagiga qaraganda esa yigirma to’rt pog’ona yuqoriga ko'tarilishga erishdilar XXVIII yozgi Olimpiada yakunlari bo’yicha O’zbekiston sportchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari o’rtasida beshinchi. Markaziy Osiyoda esa 1-o’ringa chiqdilar.
O’zbekiston jahonda sport jadal rivojlanayotganmamlakatlar qatoridan mustahkam o’rin oldi. Iroda To’laganova eng nufuzli Uimbldon turnirida g’olib chiqqanligi, 2004-yilda Rustam Qosimjonov Jahon shaxmat federatsiyasi - FIDE yo’nalishi bo’yicha jahon chempioni bo’ldi.
O'zbek boks maktabining yosh va yorqin namoyondasi Abbos Atoyev esa 2007- yil 23 oktabr - 3 noyabr AQSHning Chikago shaxrida 120 mamlakatdan kelgan 700 nafardan ortiq eng mohir charm qo’lqop ustalari ishtirok etgan jahon birinchiligida o’z vaznida chempion bo’ldi hamda Pekin Olimpiadasiga chiqish huquqini qo’lga kiritdi.
qishki Olimpiada o’yinlari 2006-yil 10-28 fevral kunlari Italiyaning Turin shaxrida o’tkazildi Unda 85 mamlakatdan kelgan 2600dan ko’proq sportchi qish sportining 15 turi bo’yicha o’zaro bellashdilar. Ularda Jazoir, Keniya, Senegal, Efiopiya, Marokash, Janubiy Afrika Respublikasi kabi qish sporti to’g’risida yaqin- yaqingacha umuman tasawurlari bo’lmagan mamlakatlar vakillari ham ishtirok etganligi e’tiborga molik bo'ldi. Bu Olimpiadada O’zbekistondan tog’ chang’i sportida Qayrat Ermatov, figurali uchishda yakkalik musobaqalarida Anastasiya Gimazetdinova, juftlikda esa Marina Aginina va Artem Knyazev qatnashdilar.
Turin qishki Olimpiadasida norasmiy umumjamoa hisobida 29 ta (1
lta oltin, 12 ta kumush va 6 ta bronza) medallami qo'lga kiritgan Germaniya sportchilari 1-o’rinni oldilar. AQSH - 25 ta medal bilan ikkinchi, 22 ta medal bilan Avstiya 3-o’rinni egalladilar.
2012 yil 27 iyul - 16 avgust kunlari London shahrida bo’lib o’tgan XXX yozgi Olimpiada o’yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302 komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishdi. Olimpiada o’yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari o'matildi Ozbekiston sportchisi Artur Taymazov uch karra Olimpiya chempioni bo’ldi.
9
Mustaqillikning dastlabki yillarida jismoniy taibiya va spoit sohasida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
Sog'lom avlod davlat dasturida jismoniy tarbiya va sportning qanday o'rni? Nogironlar sporti haqida nimalami bilasiz?
MOQning tuzilishi va maqsad hamda vazifalari nimalardan iborat?
2012-yilda Olimpiya o'yinlarida sportchilarimizning natijalari qanday bo’ldi?
Adabiyotlar
O'z R "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni. Т., 2000.
Abdumalikov R., Yarashev K.D., Assolom Olimpiada, Т., 1993.
Akramov A.K. O'zberkistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. Т., 1997. Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . Т., 2008.
Ernazarov E. Olimpiada-jahon sporti bayrami. Т.,2008.
Yarashyev K.D., Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish, darslik, -T.2002.
Dostları ilə paylaş: