Masalan: wais//quake.think.com/rub/wais/bibliograrhy.txt FILE sxemasi (lokal rejimda WWW texnologiyasidan foydalanish). Masalan: file:///c/internet/html/index.htm
Brauzerlar (mijoz-dasturlar) WWW - serverlarida saqlanuvchi WWW hujjatlarni ko‘rib chiqish maxsus dasturi. Bu dasturlar serverlar bilan o‘zaro harakatlanadi va ekranga WWW hujjatlarini chiqaradi. WWW hujjatlar HTML (Hyrer Text Markur Language) gipermatnli o‘lcham tili yordamida yaratiladi. Internet Explorer va Netscare Navigator versiyalari eng ommalashgan. EXCEL elektron jadvali EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi bo‘lib, uni korxonani moliyaviy rejalashtirish, byudjetini tuzishda, korxona hujjatlarini olib borishda, iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirishda va ko'pgina boshqa masalalarda qoilash mumkin. EXCEL elektron jadvali Windows tizimini hisoblash ilovasi bo‘lib quyidagilarga xizmat qiladi:
statik hisobotlami tuzishda;
buxgalterlik hisobi olib borishda;
sonli (grafik) ma’lumotlarni tushunarli formada ko‘rsatib chiqarish va h.k. uchun.
Misol uchun eksperiment o‘tkazishda bir xil murakkab (yoki sodda) hisoblashlami bir necha marta hisoblashga, turli formalarda ko'rsatib chiqarish va taqqoslashga to‘g‘ri keladi. Buning uchun hujjatni barcha kerak boigan xarakteristikalari, hisobot grafiklari, turli diagram- malarini va h.k.ni Excel ilovasida tuzamiz. Dasturning asosiy qulayligi shundaki, qandaydir qiymatni o‘zgarishida unga bogiiq bo‘lgan barcha sonlarning qiymati avtomatik ravishda o‘zgaradi. Bundan tashqari, dasturning yana bir afzalligi shundaki, uning natijalarini taq- qoslash mumkin. Masalan, elektron jadval oylik mahsulot ishlab chiqarishda, moliyaviy kvartal hisobotlarini tayyorlashda, talabalarning darsga qat- nashishi va o‘zlashtirishi haqidagi ma’lumotlarni yoki yaxshi ko‘rgan komandangiz natijalarini yozib borishda va avtomatik yangilashda yordam beradi.
Bundan tashqari, Excel turli variantlarni taqqoslash imkonini beradi. Misol uchun Excel ni qo‘llab prognozlashtirishda sonlarni tez va oson manipulyatsiya qilish mumkin. Elektron jadvalning buyruqlari, parametrlari va funksiyalari yangi ma’lumotlarni kiritish, bir necha bor o‘zgartirish va qayta hisoblash imkonini beradi. Excel elektron jadvalidan foydalanishni ko‘rsatish uchun «Energy saving Ltd.» qo‘shma korxonasining yillik energiya iste’moli yig‘indisini hisoblash va oylik qiymatlari diagrammalarini tuzish misolida ko‘rib chiqamiz. Bizning holimizda dasturni turli xil imkoniyatlarini namoyish qi- luvchi bir necha ko‘rinishdagi diagrammalar ko‘rsatilgan. Ularni ko‘- rib chiqib qo‘yilayotgan masalani tahlil qilish mumkin. Ko‘rilayotgan misolda aylanma diagrammadan ko‘rinib turibdiki, eng katta iste’mol suvga to‘g‘ri kelyapti. Uni iste’mol qilishning o'sishi asosan 2-3-kvartalga to‘g‘ri kelyapti. Ikkinchi o‘rinda elektr ener- giyasi iste’moli. Elektr energiyasi asosan qishki - yozgi davrga to‘g‘ri kelyapti. Buning sababi turli xil texnikani (isitgichlar, konditsionerlar) ishlatilishi bilan bog‘liq. Keyingi o'ringa solyarka to‘g‘ri kelyapti. U qishloq xo‘jaligi texnikasiga ishlatilyapti. Uning eng katta iste’mol miqdori bahor va kuzgi mavsumga to‘g‘ri kelyapti. Oxiridan bitta oldingi o‘rinda benzin turibdi. Uning iste’mol miqdori nisbatan kam. Chunki korxona 2 mashinaga ega va uning iste’mol miqdori yil bo‘yi o‘zgarmaydi. Eng kichik qismni moy egallab turibdi. Uning iste’mol sur’atining o‘sishi asosan 3-kvartalga to‘g‘ri kelyapti.