O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V


səhifə13/238
tarix22.12.2023
ölçüsü
#190479
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Goljiapparati
- neyron organellasi bo' lib, yadroni to'r kabi o ‘rab turadi. Golji apparati 
hujayrada neyresekretor va boshqa biologik faol moddalaming sintezida ishtirok etadi.
Lizosom alar
va 
\i\am \ngferm entlari -
neyronda ayrim m oddalam ing gidrolizini 
ta’minlaydi.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


Neyron pigm entlari -
melonin va lipofussin o ‘rta miyaning qora moddasida, 
adashgan nervning yadrolarida va simpatik tizim hujayralarida joylashadi.
Mitoxondriyalar
- neyronning energetik ehtiyojini ta ’minlaydi. Ular hujayra 
ichi nafasida muhim aham iyat kasb etadi. Neyronlar zo‘r berib ishlaganda ulaming 
miqdori ortadi.
Neyrotrubkaiar -
neyron somasiga kirib turib, axborotlam i saqlashda va 
uzatishda ishtirok etadi.
Neyronyadrosi -
teshtkli, ikki qavatli membrana bilan o ‘ralgan boMadi. Teshiklar 
orqali nukleoplazma va sitoplazm alar o ‘rtasida moddalar almashinuvi ro‘yobga 
chiqadi.
Yadroda genetik m aterial bo‘lib, bu apparat hujayraning shakllanishini, boshqa 
hujayralar bilan aloqasini ta ’minlaydi.
Yadrochada
- k o ‘p m iqdorda RNK boMadi va yupqa qavat DNK bilan 
qoplangan bo'ladi.
D endritlar
- n e y ro n n in g asosiy qabul qiluvchi m aydoni b o ‘lib, dendrit 
membranasi va hujayra tanasining sinaptik qismi, elektr potensiali o'zgarishi bilan 
kechadigan nerv oxiridan ajraladigan mediatorlarga sezgirdir. Odatda, neyronda 
birm uncha shoxlangan d e n d ritla r b o ‘ladi. Bunday shoxlanishning ahamiyati 
shundan iboratki, neyron axborot tizim bo‘lganligi uchun axborotlar kirishi ko‘proq 
boMishini ta'minlaydi.
A kson
- neyronning o ‘sim tasi bo‘lib, uning eng m uhim funksiyasi dendritlar 
to m o n id a n y ig ‘ilg an , ta n a s id a qayta ishlangan va ak so n b o ‘r tig ‘i orqali 
o ‘tkaziladigan axborotlam i ishchi a’zolarga o ‘tkazib berishdan iboratdir. Har bir 
neyronda akson diametri doim iydir, akson oxiri tarm oqlangan b o ‘lib, bu joyda 
mitoxondriya va sekretor birikm alar ko‘p bo‘ ladi.
Neyron ko'rinishlari:
neyronning tuzilishi uning qanday vazifani bajarishiga 
bogMiq bo‘ladi. Neyron tuzilishiga ko‘ra uch ko‘rinishga boMinadi: unipolyar, 
bipolyar va multipolyar.
H aqiqiy unipolyar n ey ro n lar uch shoxlik nervning m ezensefal yadrosida 
joylashadi. Bu neyronlar chaynov muskullarining proprioretseptiv sezuvchanligini 
ta ’minlaydi.
B undan tashqari, psevdounipolyar neyronlarni ham e ’tir o f etadilar. Aslini 
olganda, bunday neyronning ikkita o ‘simtasi bo‘ladi (bittasi periferiyadan, ya’ni 
retseptordan kelsa, ikkinchisi m arkaziy nerv tizimida boMadi). Ikkala o ‘simta hujayra 
tan asin in g oldida biriashib, bitta o ‘simtani hosil qiladi. U lar o g ‘riq, harorat, tashqi 
p roprioretseptiv, baroretseptiv signallam i qabul qilishni ta ’m inlaydi.
B ipolyar neyronlarda bitta akson va bitta dendrit b o ‘ladi. Bunday neyronlar 
a so san , k o ‘ruv, eshituv va hid biluv tuzilm alarining periferik qism larida uchraydi.
M ultipolyar neyronlarda bir nechta dendrit va bitta akson boMadi. Hozirgi kunda 
6 0 dan ortiq m ultipolyar neyronlar turiari mavjud.
N eyro n d a m odda alm ashinuvi.
N erv hujayrasiga kerakli o z iq m oddalar suvli 
eritm alartarzida kirib, metabolitik mahsulotlar ham hujayradan suvli eritmalar tarzida 
ajratib chiqariladi.
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


I
Neyron oqsiliari plastik va axborot maqsadlariga ishlatilsa, lipidiar esa energetik 
va plastik maqsadlarga sarflanadi.
Neyron karbonsuvlari asosiy energiya manbayi b o ‘lib hisoblanadi. Glukoza 
nerv hujayrasiga kirib, glikogenga aylanadi, kerakli vaqtda hujayrani o‘zidagi 
fermentlar ta ’sirida yana glukozaga aylanadi, lekin glikogen zaxirasi neyronlaming 
butun energetik ehtiyojlni qondira olm aydi, neyronlar uchun asosiy energiya 
manbayi qondagi glukoza bo‘lib hisoblanadi.
Nerv to'qim asida kaliy, natriy, kalsiy va magniy tuzlari k o ‘p. Kationlardan 
K \
N a \ Mg*, Cal2ko‘p uchrasa, anionlardan esa- C l\ HCO , ko‘p bo‘ladi. Bulardan 
tashqari neyronlar turli mikroelementlarga ham boy bo‘ladi. Ulaming biologik faolligi 
yuqori bo Iganligi sababli fermentlami faollashtiradi. Mikroelementlaming miqdori 
neyronlar funksional holatiga bog‘liq b o ‘Iadi.
Energiya almashinuvi neyron tinch turganda v a q o ‘z g ‘alganda turlicha bo‘ladi. 
Hujayradagi nafas koeíñtsientining ortishi bu narsani isbotlaydi, tinch holatda u
0 ,8 g aten g b o ‘lsa,n ey ro n q o ‘zg‘algandau ! ,0 g a te n g b o ‘ladi. Q o‘zg‘alish paytida 
neyronning kislorodga ehtiyoji 100% ga ortadi, q o ‘z g ‘alishdan so‘ng, neyron 
sitoplazmasidagi nuklein kislotalaming miqdori esa 5 m arotabaga ozayib ketadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin