O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V


səhifə16/238
tarix22.12.2023
ölçüsü
#190479
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

32
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ikki tomonlama o'tkazish qonuni.
Nerv tolasiga ta ’sir etilganda q o ‘zglalish 
ikki tomonlama uzatiladi, ya’ni m arkazdan qochuvchi yo'nalishda ham, markazga 

intiluvchi yo‘nalishda ham tarqaladi. Bu quyidagi tajribada isbot etiladi. Nerv 
tolasiga ikki juft A va B elektrod q o ‘yib, ular ikkita elektr o ‘lchov asbobiga ulanadi. 
Nerv tolasining shu ikkala elektrod oralig‘idagi qismiga ta’sir etiladi. Q o‘zg‘alishlar 
ikki tomonlama o‘tganIigi natijasida ikkala asboblar ham q o ‘zg‘alishni qayd etadi. 
Nervning ikki tomonlama o'tkazilishi faqat laboratoriya fenom eni emas. Tabiiy 
sharoitlarda, harakat potensiali hujayra tanasidan o ‘sim ta-akson boshlanish 
(boshlang‘ich segment) jo y id a vujudga keladi va b o sh lan g ‘ich segmentdan 
qo‘zg‘alishlar ikki tomonlama: aksondan nerv oxiriga tomon va hujayra tanasiga va 

uning dendritlari tomon o‘tkaziladi.
Q o ‘z g ‘alishning nervdan ajratilib o'tkazilish qonuni.
Har qanday periferik 
nerv o ‘zani bir talay harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nerv tolalaridan 
iborat. Butolalarorqali bir v aqtningo‘zida chastotasi bo‘yicha farq qiladigan turli 
yo‘na!ishdagi impulslar o ‘tadi va bu tolalar bir-biridan ju d a uzoqda turgan bir talay 
periferik tuzilmalami idora qiiadi.
Agar impulslar nervning har b ir tolasida alohida tarqaiib, b ir toladan ikkinchi 
tolaga o ‘tmasagina periferiyadagi barcha a’zo va to'qim alar normal ishlay oladi. 
T olalam i qoplagan Shvann v a m ielin pardalar yuqori elek tr qarshilikka ega 
b o ‘lganligi uchun tolalami ajratib turadi.
Bu qonunni isbotlash uchun baqaningorqa miya ildizlari ajratiladi. Bu ildizlar 
qo‘shilib, muskulni innervatsiyalovchi o ‘zan hosil qilinadi. Butun nerv o'zani elektr 
toki bilan ta’sirlansa, muskulning hamma qismi qisqaradi. N erv o'zanini tashkii 
qiluvchi ildizlar alohida-alohida ta ’sirlansa, faqat shu ild iz tarkibidagi tola 
innervatsiyalovchi muskulning qism igina qisqaradi.
Mielinsiz va mielinli nerv tolalarida qo ‘zg ‘alishning o'tkazilishi.
Mieltnsiz nerv 
tolalarida qo‘zg‘alish butun m em brana bo‘ylab, uzluksiz ravishda, q o ‘zg‘algan bir 
qismdan ikkinchi qismga tarqaladi.
M ielinli tolalarda harakat po ten siali tolaning faqat m ielin pardasi biian 
qoplanmagan sohalari orqali «sakrab-sakrab» o ‘tadi. Kato (1924-y.) va Takson 
(1953-y.) lar baqaning mielinli yakka nerv tolalarida bevosita elektrofiziologik 
tadqiqotlar o'tkazdilar. Mielinli tolalarda Ranv bo‘g ‘imlaridagi harakat potensiali 
vujudga keiishini, tolaning mielinli qismlari amalda qo‘zg ‘almasligini ko‘rsatib 
berishdi. Ranv bo‘g‘ilmalaridanatriy kanallariningjoylashish zichligi juda yuqoridir. 
Membrananing l 
mkm2
yuzasida 12000 ga yaqin natriy kanallari mavjud, bu 
kalmarning gigant aksoni m em branasidagiga nisbatan 200 baravar ko‘pdir.
9-rasm. Mielinli nerv tolasida qo‘zg‘aIishning bir bo‘g ‘ilmadan 
ikkinchi bo‘g‘ilmagatarqalishi.
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bir Ranv b o ‘g ‘ilmadan ikkinchi Ranv b o ‘g‘ilmagaharakat potensiali «sakrab» 
o ‘tishi uchun har bir b o ‘g ‘ilmada harakat potensialining amplitudasi q o ‘shn¡ 
bo‘g ‘ilmani q o ‘zg‘atish uchun zarur minimal miqdordan 5-6 baravar ortiq b o ‘lishi 
shart. Harakat potensiali am plitudasining b o ‘sag‘aga bunday munosabati harakat 
potensialining ishonchli o ‘tkazilish omili deb ataladi. Buni Tasaki ko‘rsatib berganligi 
uchun Tasaki omili deb ham ataladi.
Tinchlik holatida barcha Ranv b o ‘g ‘ilmalarida membrananing tashqi yuzasi 
musbat zaryadli boMadi, q o ‘shni Ranv b o ‘g‘ilmalari o‘rtasida potensiallar farqi 
kuzatilmaydi. Q o‘zg‘alish paytida A b o ‘g ‘ilma membranasining yuzasi qo‘shni B 
b o ‘g ‘ilma membranasining yuzasiga nisbatan manfiy elektr zaryadli b o ‘lib qoladi. 
Shuningnatijasida elektr toki vujudga kelib, tolaatrofidagi to‘qimalararo suyuqlik, 
membrana va aksoplazmaorqali yuradi va B bo‘gMlmani qo‘zg‘atib, membrananing 
qayta zaryadlanishiga sabab bo‘ladi. A b o ‘g‘ilmada esa qo‘zg‘alish davom etadi 
vabu bo‘g ‘ilma vaqtincha mutlaq refrakter holatda boMadi. Shu sababli B bo‘g ‘ilma 
faqat navbatdagi C bo‘g ‘i!mani q o ‘zg‘alish holatiga keltira oladi va hokazo.
Q o‘zg‘alishning mielinli tolalardan sakrab-sakrab o‘tkazilishida ikkita afzallik 
bor. Birinchidan, bu o'tkazilish energiya sarfi nuqtayi nazaridan tejamli, chunki 
faqat membrana yuzasining 1 
%
ini tashkil qiluvchi Ranv bo‘g ‘ilmalari qo‘zg‘a!adi. 
Ikkinchidan, q o ‘zg‘alishning o ‘tish tezligi mielinsiz tolalardagiga nisbatan ancha 
yuqori. Shu sababdan mielinli tolalar nerv tizimining muhim faoliyatlarini aniq va 
tez boshqarilib turishini ta ’minlovchi qismlarida ko‘p boMadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin