quyidagicha ¡zohlanadi. Nerv oxiridan chiqqan
m ediator m uskul tolasining, bez
hujayrasining yoki nerv hujayrasining postsinaptik m em branasini qo‘zg‘atadi.
Muskul tolasida, nerv yoki bcz hujayrasida vujudga keluvchi harakat potensiali
esa, sinaps yorig‘i borligidan, nerv oxirlarini va nerv tolalarini q o ‘zg‘ata olmaydi.
Tormozlovchi sinapslarda bu jarayon quyidagicha am alga oshiriladi: nerv oxiri
d epolyarizatsiyalangandan s o ‘ng, sinaptik y o riq q a m a x su s torm ozlovchi
mediatorlaming chiqishi sodir bo‘ladi. Ular postsinaptik membranadadiam etri 0,5
nm
gacha boMgan kanallami ochadi. Bu kanallarNa* ionlarini o ‘tkazmaydi, lekin K*
io n la rin i yaxshi o 'tk a z a d i. B u n in g n a tija s id a p o s ts in a p tik m em brana
giperpolyarizatsiyalanadi, natijada tormozlovchi postsinaptik
potensial yuzaga
chiqadi. Turli nerv tuzilmalarida tormozlovchi mediator vazifasini turli biologik faol
moddalar amalga oshirishi mumkin: molluskaning nerv tugunlarida atsetilxolin
tormozlovchi mediator vazifasini bajarsa, yuqori rivojlangan hayvonlar MNT d a -
glitsin, GAMK tormozlovchi m ediator vazifasini o ‘taydi.
Nerv - muskul sinapslarda q o ‘zg‘alishni nerv oxirlaridan muskul tolasiga,
atsetilxolin mediatori yordam idao‘tkazib beradi. Bu sinapslarda prestsinaptik mem
brana-n e rv oxirlari hisoblanadi, sinaptik yoriq, postsinaptik membrana esa muskul
tolasiga tegishli bo‘ladi. Presinaptik membranada pufakchalarda atsetilxolin hosil
boMadi va to‘planadi. Elektr impulsi akson bo‘ylab, presinaptik membranaga yetib
kelganda, uning membranasi atsetilxolinga nisbatan o ‘tkazuvchan bo‘lib, qoladi.
Presinaptik membrananing depolyarizatsiyasi natijasida, uning Ca2*
kanallari
ochiladi. Buning natijasida Ca2+ ionlari sinaptik yoriqdan presinaptik membrana
ichiga kiradi. Bu vaqtda atsetilxolin sinaptik yoriqqa tusha boshlaydi va
postsinaptik
m em branada joylashgan retseptorlarga ta ’sir etadi. Q o ‘z g ‘algan retseptorlar
membrananing lipid qavatigaqaragan oqsil kanallarini ochadi. Ochiq kanallarorqali
muskul hujayralariga N a+ ioni kiradi va muskul hujayralari depolyarizatsiyaga
uchraydi, natijada oxirgi plastinka potensiali vujudga keladi. Hosil boMgan potensial
mushak tolalarida harakat potensialini keltirib chiqaradi. Nerv-muskul sinapsi
qo‘zg‘alishni faqat bir tomonlama o ‘tkazadi. Xulosa qilib, nerv-muskul sinapsida
q o ‘zg‘alish o‘tishi jarayonini chizm a tarzida quyidagicha ifodalash mumkin: nerv
im pulsi ! nerv oxiridan m ed iato rn in g - a tse tilx o lin n in g a jralib chiqishi !
atsetilxolinning postsinaptik m em branadagi x o lin o retsep to rg a ta ’sir etishi !
po stsinaptik m em branada ion o ‘tkazuvchanIigining o rtis h i ! postsinaptik
potensialning paydo b o ‘lishi ! m uskul tolasi b o ‘y la b tarq alu v ch i harakat
potensialining yuzaga kelishi.
Sinapslardan qo‘zg‘alishningo‘tish tezligi nerv tolalaridan q o ‘zg‘alishlaming
o ‘tish tezligidan ancha past, b uning sababi sh u n d a k i, av v alo presinaptik
membranani faollantirish uchun ancha vaqt sarflanib, u orqali kalsiy ionining o ‘tishi,
so‘ngra esa atsetilxolinni sinaptik yoriqqa tushishi
va postsinaptik membranani
depolyarizatsiyaga uchratish uchun vaqt sarflanadi.
Q o‘zg‘alishning sinaps orqali o ‘tishining o ‘ziga xosliklari mavjud:
1. Sinapsning presinaptik qism ida mediatoming mavjudligt.
2. Har bir sinapsning o ‘ziga xos maxsus mediatori borligi.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. M e d ia to r la r t a ’s irid a p o s ts in a p tik m e m b ra n a n in g d e - yoki
giperpolyarizatsiya holatiga o ‘tishi.
4. Postsinaptik membranaga retseptorlami tormozlovchi maxsus moddalaming
ta’sir qilish ehtimolligi borligi.
5. M ediatorlam i parchalovchi ferm entlar ta ’sirida postsinaptik potensiali
davomiyligining o ‘zgarishi.
6. Postsinaptik membranada mediator «kvantlari» ta’sirida kichik potensiallar
qo‘shi!ishidan postsinaptik potensialning vujudga kelishi.
7. M ediatorlaming ta’sir etish faol fazasining davomiyligi, ulaming xossalariga
bog‘liqligi.
8. Q o‘zg‘alishning birtom onlam a o ‘tishligi.
9. M ediator «kvant»larini sinaptik yoriqqa ajralish tezligining ortib borishi,
akson bo‘ylab im pulslam i kelish chastotasiga tolg ‘ri proporsionalligi.
10. Sinapsning charchashi, yuqori chastotali stimullar ta ’sirida vujudga kelishi.
Bu holdagi charchashning sababi, mediator zaxirasiningtugashi yoki presinaptik
membranada m ediatorlam ing o ‘z vaqtida qayta sintezining
amalga oshmasligi
h is o b la n a d i, b u n d a n ta s h q a ri p o s ts in a p tik m e m b ra n a n in g tu r g ‘un
depolyarizatsiyasi ham sabab bo‘lishi mumkin (pessmal tormozlanish).
Sinapslar m ediatorlari shunday moddalarki, ulaming maxsus inaktivatorlari
mavjud. Masalan, atsetilxolinni atsetilxolinesteraza inaktivatsiyalasa, noradrenalinni
m onoaminoksidaza tomonidan inaktivatsiyalanadi.
Ishlatilmagan m ediator va uning fragmentlari sinapsning presinaptik qismiga
qayta so'riladi v a keyinchalik ishlatiladi.
Qon va postsinaptik membranadagi ayrim kimyoviy moddalar ta ’sirida sinaps
holati o ‘zgaradi, natijada u faolligini yo‘qotishi mumkin. Prostoglandinlar sinapsdagi
mediatorlar sekretsiyasini tormozlaydi. Xemoretseptorlami blokadalovchi moddalar,
sinaps o ‘tkazuvchanligini buzadi. M asalan, botulin toksini. Tubokurarin, atropin,
strixnin va pikrotoksinlar sinapsdagi retseptorlam i blokadalab qo‘yadi, buning
natijasida sinaptik yoriqqa tushgan mediator o ‘ziningretseptori bilan birika olmaydi.
Nerv-muskul sinapsida normada atsetilxolin postsinaptik membranaga juda qisqa
vaqt (1-2
ms)
ta’sir etadi, so‘ngra darhol atsetilinxolin-estereza tomonidan parchalanadi.
Agar bunday hol sodir boMmasa, atsetilxolin yuzlab
millisekundlar davomida
parchalanmaydi, uning membranaga ta’siri to‘xtaydi, membrana depolyarizatsiyalanmay,
balki giperpolyarizatsiyalanadi vaqo‘zg‘alishningbu sinaps orqali o‘tishi blokadalanadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: