O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 12,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/236
tarix21.10.2023
ölçüsü12,57 Mb.
#159277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236
Normal-fiziologiya

13


RT 
[K t]
E = ---------- In ----------
n F
[ K i]
En - muvozanatlashgan potensiali;
R - g a z doimiyligi;
T - absolyut harorat;
n - ion valentligi;
F - Faradey doimiyligi;
Ktva Ki - hujayra sirti va ichida K* ionlarining konsentratsiyasi.
K+ ionlari konsentratsiyasining farqi nerv tolasidagi tinchlik potensialining 
miqdorini belgilab beruvchi asosiy omil ekanligini, A. Xodchkin (1962-y.) va uning 
ham fikrlari kalmar degan m olyuskaning gigant nerv hujayralari protoplazmasini, 
tuz eritm alari bilan almashtirish usuli asosidagi tajribalarida isbotlashdi. Diametri 
qariyb 
1 mm
bo‘lgan toladan protoplazm a sekin-asta siqib chiqarildi va tolaning 
puchayib qolganqobig‘igasun’iy tuzeritm asi to‘ldirildi. Bueritmadagi kaliy ionlari 
konsentratsiyasi hujayra ichidagi K* ionlari konsentratsiyasiga yaqin b o ‘lgan 
taqdirda membrananing ichki va tashqi tomoni o‘rtasidagi potensiallar farqi normal 
tolaning tinchlik potensialiga taxminan (50-80 md) baravar boMib chiqdi. Ichki 
eritmaning K+ ionlari konsentratsiyasining kamayishi natijasida tinchlik potensiali 
kamaydi va hatto o ‘zgarib ketdi.
Tinchlik potensialining kelib chiqishida K* ionlari bilan birga Na" ionlari harn 
ishtiroketadi. Hujayra sirtidagi suyuqlikdaNa* ionlari konsentratsiyasi ortiqroq boMib, 
undan protoplazmaga difiliziyalanib o‘tadi. Tinchlik holatida membrana natriy ionlarini 
juda kam o ‘tkazganligidan Na* ionlarining diffuziyasijudaham qiyinlashgan bo‘ladi. 
Shunga qaramay, Na* ionlari membrana orqali protoplazma ichidadiffuziyalanar ekan, 
musbat zaryadlami olib kiradi, natijada K* ionlarining hujayradan diffuziyalanib 
chiqishi tufayli vujudga keladigan tinchlik potensialining miqdori birmuncha 
kamayadi. Aksari nerv hujayralari va tolalaridagi tinchlik potensiali 
90 mv
bo‘lish 
o ‘miga 60-70 
mv
boMishi ham shu holat bilan izohlanadi. Tinchlik potensialini faqat 
K* ionlari vujudga keltirganida edi, bu miqdor 90 
mv
bo‘lishi kerak edi.
Shunday qilib, nerv tolalari va hujayralaridagi tinchlik potensialining miqdori 
vaqt birligida hujayradan tashqariga diffuziyalanib chiquvchi musbat zaryadli K* 
ionlari soni bilan tashqaridan membrana orqali hujayraga diffuziyalanib kiruvchi 
m usbat zaryadli Na* ionlari soni o ‘rtasidagi nisbat bilan belgilanar ekan. Bu nisbat 
qancha yuqori bo‘lsa, tinchlik potensialining miqdori ham shuncha katta bo‘ladi.
M embrana tinch turgan vaqtda faqatgina kaliyni yaxshi o ‘tkazibgina qolmay, 
balki muskul tolalarida xlor ionlarini ham yaxshi o ‘tkazadi. Xlor ionlarini yaxshi 
o ‘tkazadigan hujayralarda m em brana potensialining yuzaga chiqishida ikkala ion 
(xlor va kaliy) birday ishtirok etadi.
Hujayra ichida natriy ionlarining past konsentratsiyasini, kaliy ionlarining esa 
yuqori konsentratsiyasini ushlab turuvchi muhim mexanizm - bu natriy-kaliy
14


nasosidir(2-rasm). M a’lumki, hujayra membranasida tashuvchi tizim mavjud b o 'lib , 
ular hujayra sitoplazmasida Na* ionlarining uchtasini hujayra sirtiga olib chiqsa, 
hujayra sirtida joylashgan K+ ionlarining ikkitasini biriktirib, hujayra sitoplazmasiga 
olib kiradi. Tashuvchi lami energiya hilan A T F ta ’minlaydi. Natriy-kaUy nasosining 
bunday faoliyati quyidagi natijalarga olib keladi:
1. 
Hujayra ichida K* ionlarining yuqori konsentratsiyasi ushlanib turiladi, bu 
o ‘znavbatida membrana potensiali kattaligini ta ’minlaydi.
2 Hujayra ichida Na* ionlarini past konsentratsiyasi ushlanib turilsa, bu b ir 
tomondan, harakat potensiali generatsiyasini t a ’m inlasa, ikkinchi tom ondan 
hujayraning normal osmolyarligi vahajmini ham ta ’minlaydi.
3. 
Na* ioni konsentratsion gradiyenti doim iyligini ushlab turishi bilan natriy- 
kaliy nasosi hujayra membranasi orqali am inokislota va qandning tashilishini ham 
ta’minlaydi.
Shunday qilib, hujayra membranasidagi tinchlik potensialining miqdori vaqt 
birligi ichida hujayradan tashqariga diffuziyalanib chiquvchi musbat zaryadli K* 
ionlari soni bilan tashqaridan membrana orqali hujayraga diffuziyalanib kiruvchi 
musbat zaryadli N a 'io n la ri soni o ‘rtasidag¡ nisbat bilan belgilanadi. Bu nisbat
15


qancha yuqori bo‘lsa, tinchlik potensialining kattaligi ham shuncha katta boMadi 
va aksincha.

Yüklə 12,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin