O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Huquq va erkinliklarning davlat tom onidan ta’m in lan ish i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. Huquq va erkinliklarning davlat tom onidan ta’m in lan ish i
Davlatning asosiy vazifasi huquq va erkinliklarni belgilab qo‘yish bilan 
cheklanmaydi. Bu masalada muhimi, huquq va erkinliklarni davlat tomonidan 
ta ’minlashdir. Bu borada davlat o‘z zimmasiga katta mas’uliyat oladi.
Davlatga baho berishda mamlakat qonunlarida huquq va erkinliklarning 
belgilab qo‘yilishi holatidan tashqari, ularning amalga oshishi uchun qanday 
imkoniyatlar yaratib berganligi e’tiborga olinadi.
Ayrim huquq va erkinliklarni belgilash davlatning ixtiyori bo‘lsa, ayrim 
huquqlarni ta’minlash uning to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri majburiyati hisoblanadi. Bunga misol 
qilib yashash huquqi, daxlsizlik erkinligi va boshqalarni keltirish mumkin.
Davlatning fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash vazifasi (majburiyati) 
Konstitutsiyada belgilangan bo‘lib, 43-moddada: «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya 
va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi», - deb 
qayd qilingan. Bu borada davlat tegishli va yetarli vakolatlarga ega.
Davlat tomonidan huquq va erkinliklarni ta ’minlovchi qonunchilikning 
yaratilishi, huquq va erkinliklarni ta ’minlovchi organlar tizimining o‘rnatilishi 
huquq va erkinliklarni ta’minlashga qaratilgan faoliyatdir. Barcha hokimiyat

M irziy o y ev S h. X alqim izning roziligi b izn in g faoliyatim izga berilgan e n g oliy bahodir. Т.:
♦ 0 ‘zbekiston*, 2 0 1 8 . 2*tom, 39-bet.
140


tarmoqlaridagi davlat organlarida fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ta ’minlash vazifasi hamda vakolati mavjud.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan ta’minlashni 
amalga oshirish tizimida 0 ‘zbekiston Prezidenti alohida rol o‘ynaydi. Chunki 
u fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining kafili ekanligi 
Konstitutsiyaning 93-moddasi 1-bandida belgilangan. Bu bilan Prezidentga 
juda katta m as’uliyat yuklangan. Fuqarolarning huquq va erkinliklari davlat 
tomonidan 
t a ’minlanishini 
ko‘plab 
huquqni 
muhofaza 
qiluvchi 
organlar 
amalga oshiradi. Bular: Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura va 
boshqalardir. Bu organlar fuqarolar huquqlarini ta ’minlashda maxsus tuzilmalari 
faoliyatiga tayanadi. Adliya vazirligining «Inson huquqlarini himoya qilish», 
«Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish» va boshqa boshqarmalari bevosita 
inson huquqlarini ta ’minlash vazifasini bajaradi.
Bulardan tashqari, turli hokimiyat tarmoqlarida huquq va erkinliklarni 
ta ’minlovchi maxsus organlar mavjud, masalan, Oliy Majlisning inson huquqlari 
bo‘yicha vakili (Ombudsman), hukumat tizimidagi Inson huquqlarini himoya qilish 
Milliy markazi. Inson huquqlarini himoya qilish tizimi kengayib, yangi institutlar 
vujudga kelmoqda. Bunga misol sifatida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes ombudsman), bola huquqlari bo‘yicha vakil 
lavozimlari ta ’sis etilganligini ko‘rsatish mumkin. Xulosa chiqarish mumkinki, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish m as’uliyati davlatga tegishli 
bo‘lib, u bu ishga barcha davlat organlarini, milliy institutlarni jalb qilish bilan 
birga, nodavlat tashkilotlarning ham faoliyatidan foydalanadi. Bu borada, ya’ni 
inson huquqlarini ta ’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘zaro hamkorlik 
qiladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin