XII bob. HUQUQ VA ERKINLIKLARNING KAFOLATLARI
l-§ . Huquq va erkinliklar kafolatlari tizim i
Huquq va erkinliklar
masalasida eng muhimi, Konstitutsiyada belgilangan
huquq va erkinliklarni kafolatlash, ya’ni amalga oshishini ta ’minlashdir. Buning
uchun mukam m al tizim yaratilishi kerak. Huquq va
erkinliklarning kafolatlari
Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni ta ’minlashni nazarda tutuvchi
huquq normalari va m axsus mexanizmdan iborat bo‘ladi. Huquqiy normalar
mavjud bo‘lsa-da, ularning amalga oshishini ta ’minlovchi mexanizm bo‘lmasa,
huquq va erkinliklar qog‘ozda qolib ketaveradi.
Huquq va erkinliklarni ta ’minlash masalasi jamiyatni rivojlantirishdagi
ustuvor
vazifa deb qaralishi, inson huquqlari va erkinliklarini so‘zda yoki
qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligi haqidagi Prezidentimiz
fikrlari1 huquq va erkinliklarni ta’minlash muhim masala ekanligini ko‘rsatadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson huquqlarini xalqaro
normalarga mos ravishda belgilar ekan, uni kafolatlashga alohida e’tibor
bergan
va uni doimo takomillashtirib bormoqda.
Konstitutsiyaning o‘zida «Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari»
uchun alohida (X bob) bob ajratilganligining o‘zi kafolatga e’tiborning kuchli
ekanligini ko‘rsatadi. Barcha mamlakatlar Konstitutsiyasida ham kafolatlar
uchun m axsus bob ajratilmagan. Konstitutsiyamizning ko‘plab moddalarida
huquq va erkinliklar shunchaki belgilab qo‘yilmay, ularning kafolatlanishi m axsus
ko‘rsatilgan.
M asalan, Konstitutsiyaning 42-moddasida qayd qilinishicha, davlat
jam iyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g ‘amxo‘rlik qiladi. Ayrim
moddalarda tegishli huquq va erkinliklarni amalga oshirish
tartibi qonun bilan
belgilanishi ko‘rsatilgan. Masalan, 35-moddada arizalar, takliflar va s h ik o y a tla r
q o n u n d a b e lg ila n g a n ta r tib d a va m u d d a tla rd a ko‘rib chiqilishi s h a r t ,
- deb
belgilangan.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlari quyidagilardan iborat.
Huquq va erkinliklarning huquqiy kafolati. Bu - huquq va erkinliklarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga
oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi.
Huquq va erkinliklarning siyosiy kafolati. Bu - huquq va erkinliklarning
davlat tomonidan ta ’minlanishi. Huquq va erkinliklarni ta ’minlashga
qaratilgan
tegishli maxsus vakolatli davlat tuzilmalarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi.
Huquq va erkinliklarning iqtisodiy kafolati. Bu - huquq va erkinliklarni
iqtisodiy tomondan ta ’minlash, ularning amalga oshishi uchun zarur moddiy-
moliyaviy manbalarni vujudga keltirish.
Dostları ilə paylaş: