Davlat o‘z ehtiyojlari va fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun
yetarli iqtisodiy imkoniyatga ega bo‘lishi zarur. Shu maqsadda davlat budjeti
shakllantiriladi. Davlat budjeti
turli manbalardan shakllanib, ular ichida soliqlar
alohida o‘rin tutadi. Soliqlar to‘lash faqat korxona, tashkilotlarning (yuridik
shaxslarning) burchi bo‘lib
qolmasdan, bunday burch fuqarolarga (jismoniy
shaxslarga) ham yuklatilgan.
Konstitutsiyaning 51-moddasida: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar
va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar», - deb mustahkamlangan.
Demak, fuqarolar, albatta, soliq va yig‘imlarni to‘lashi kerak va bu to‘lovlar
(soliq, yig‘imlar) qonunga binoan amalga oshiriladi.
Soliqlar va boshqa majburiy toiovlarning turlari 0 ‘zbekiston
Respublikasining
Soliq kodeksi 23-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, 0 ‘zbekiston
Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; yer qa’ridan
foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; suv resurslaridan
foydalanganlik
uchun soliq; mol-mulk solig‘i; yer solig‘i; obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; transport vositalariga benzin,
dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qiladi.
Shuningdek, ijtimoiy ja m g ‘armalarga majburiy to‘lovlar; Respublika yo‘l
ja m g ‘armasiga majburiy to'lovlar; davlat boji; bojxona to‘lovlari; ayrim turdagi
tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish
huquqi uchun yig‘im singari majburiy to'lovlar joriy qilingan.
Konstitutsiyada soliqlarni to‘lashning burch
qilib belgilanganligi uni
bajarmaganlik uchun javobgarlikni ham yuzaga keltiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 184-moddasida soliqlar yoki
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari shakllanishi natijasida soliq to‘g ‘risidagi
qonunchilikka ham o‘zgartirishlar kiritilib, soliq
tizimini takomillashtirishga,
soliq to‘lash yukini yengillashtirishga harakat qilinmoqda. Soliq tizimi
fuqarolarning daromad manbalari cheklamasligini,
ishlab chiqarish orqali va
boshqacha olinadigan daromadlarning doimiy ortib borishidan manfaatdor
bo‘lishini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: