Konstitutsiyaning 52-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasini
himoya qilish -
0 ‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda
belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», - deb
belgilangan.
Vatanni himoya qilish muqaddas burch bo‘lib, u fuqarolarning jinsi, yoshi va
boshqa xususiyatlaridan q at’iy nazar, barcha fuqarolarga taalluqli. Bu burchning
amal qilish
vaqti ham chegaralanm agan, u doimiy amalda bo‘ladi. Vatanni
himoya qilish burchiga fuqarolar Qurolli Kuchlar safida bo‘ladimi, boshqa
yerdami, undan q a t’iy nazar, amal qilishi shart. M am lakat ichkarisida ham,
tashqarisida ham bu burch bajariladi.
M am lak atn in g taraqqiyoti,
xavfsizligi, fuqarolar xavfsizligi m am lakatning
mustaqilligiga bog‘liq bo‘lsa, mustaqillikni saqlash vositalaridan biri - vatanni
himoya qilish burchining to‘la bajarilishi hisoblanadi.
Harbiy xizmatni o‘tash burchi ham vatanni himoya qilishni maqsad qilib qo‘ysa-
da, bu burchlarni bajarish shartlari alohida qonunlarda belgilab qo‘yiladi. 0 ‘zbekiston
Respublikasining «Mudofaa to‘g ‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat to‘g ‘risida»gi qonunlari bu burchlarni o‘tash sharoitlarini belgilaydi.
Ularda harbiy xizmatga chaqirish uchun belgilangan yosh, so g ‘lig‘iga
qo'yiladigan talab,
majburiy harbiy xizmat muddati, xizmatchilarga yaratiladigan
shartlar, kimlar harbiy xizmat o‘tashdan butunlay yoki vaqtincha ozod qilinishi
belgilangan.
Harbiy xizmatga chaqirishda faqat davlat manfaati emas, fuqarolar manfaati,
oila manfaati e’tiborga olinishi qonunlarda belgilangan.
Jumladan, majburiy
harbiy xizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha, shu ishga yaroqli (sog‘ligi jihatidan)
fuqarolar jalb qilinadi.
0 ‘quv yurtlarida ishdan ajralgan holda ta ’lim oluvchilar, tergov, surishtiruv
o‘tkazilayotganda ishga daxldor fuqarolarning harbiy
xizmatga chaqirilishi
kechiktiriladi. Tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tash
davrida halok bo‘lganlar, yakka-yagona o‘g ‘il farzand bo‘lgan bolalar harbiy
xizmatdan ozod etiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan majburiy xizmat
muddatlari ham aniq belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyada belgilangan burchlarni bajarish mamlakat taraqqiyotining
garovi hisoblanadi. Konstitutsiyada belgilangan burchlarning har biri boshqa
fuqarolar huquq
va erkinliklarini buzmaslik, manfaatiga ziyon yetkazmaslik
atrof muhitni sog‘lom saqlash, mamlakat iqtisodini rivojlantirish va eng
muhimi, Vatanni himoya qilish orqali mamlakat mustaqilligini saqlashni ko‘zda
tutadi. Burchlarni bajarish fuqarolarga havola qilinib, ular ixtiyoriy bajarilmasa,
majburlov choralari orqali bajariladi. Konstitutsiyada
belgilangan burchlarning
bajarilishi aholining huquqiy ongi, huquqiy bilimiga bog‘liq bo‘lib, undan davlat
ham, barcha fuqarolar ham manfaatdordir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 225-moddasida: «Harbiy yoki
muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash» uchun jinoiy javobgarlik va jazo belgilangan.
Dostları ilə paylaş: