O. T. Husanov konstitutsiyaviy


3-§. Tarixiy, ma’naviy va m adaniy meroslarni avaylab-asrash



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

148


3-§. Tarixiy, ma’naviy va m adaniy meroslarni avaylab-asrash
M am lakatning boyligi faqat iqtisodiy boyliklardangina iborat emas. 
0 ‘zbekiston o‘zining tarixiy yodgorliklari, ma’naviy va madaniy merosi bilan 
ham olamga mashhur.
Tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylab, kelajakka yetkazish orqali avlodlarga 
o‘tgan zamondagi madaniyat, qudrat, aql-zakovat mevalari taqdim qilinadi.
M a ’naviy-madaniy meroslar orqali xalqimiz o‘zligini anglaydi, ularning 
mevasidan bahramand bo‘ladi.
0 ‘zbekiston 
-
tarixiy 
yodgorliklarga 
boy 
va 
m a’naviy-madaniy 
q adriyatlar kuchli sh ak llang an m am lakat. S h u n in g uchun ularni yanada 
yaxshiroq saqlash va kelajakka taqdim qilish maqsadida K onstitutsiyaning
49-moddasida: «Fuqarolar 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, m a’naviy va madaniy 
merosini avaylab, a s rash g a majburdirlar», degan konstitutsiyaviy burch 
belgilab qo‘yilgan.
Tarixiy yodgorliklar, madaniy yodgorliklar, muzeylar, shu jumladan, tarixiy 
kitob, qo‘lyozmalar, foto, kino, fotohujjatlar, arxiv materiallari tarixiy, madaniy 
va m a’naviy boyliklarimiz hisoblanadi.
Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar dunyodagi tarixiy va madaniy 
yodgorliklarga eng boy shaharlar hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar 
davlat himoyasiga olingan (Konstitutsiyaning 49-moddasi).
Konstitutsiyaning 49-moddasida ko‘rsatilgan boyliklarni saqlashni ta ’minlash 
maqsadida, mamlakatimizda yetarli huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bunga 
2001-yil 30-avgustda qabul qilingan «Madaniy meros obyektlarini muhofaza 
qilish va ulardan foydalanish to‘g ‘risida»gi, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi 
va olib kirilishi to‘g ‘risida»gi qonunlarni ko‘rsatish mumkin.
Konstitutsiyadagi burchlarni va yuqoridagi qonunlar talabini buzganlik uchun 
jinoyat va m a’muriy qonunchiligimizda yetarli darajada jazolar belgilangan.
0 ‘zbekiston m ustaqillikka erishgach, tarixiy, madaniy va m a’naviy 
yodgorliklarni 
saqlashga 
alohida 
e’tibor berib 
kelmoqda. 
M ustaqiliik 
yillarida Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Bahouddin N aqshband va boshqa 
u lu g ‘ kishilarning s a g ‘analari t a ’mirlandi. Moturidiy, Xo‘ja A hror Valiy, 
Burhoniddin M a r g ‘inoniy, A hm ad F a rg ‘oniy meroslarini xalqqa yetkazish 
uchun tadbirlar belgilandi.
Tarixiy, madaniy va m a’naviy meros hisoblanuvchi obyektlar, mulklar davlat 
tasarrufida bo‘lib, ularni xususiylashtirish mumkin emas.
Konstitutsiya norm asidan kelib chiqib, har bir fuqaro madaniy, tarixiy, 
m a ’naviy yodgorliklardan o‘zining turli ehtiyojlarini qondirishda foydalanar 
ekan, ularga ehtiyotkorona m u n osab atd a bo‘lishi, ularni saqlashi nafaqat 
konstitutsiyaviy burch, balki avlodlar oldidagi burch ekanligini unutm aslik 
kerak.
149


Tabiatning har bir narsasi inson hayoti uchun zarur manbadir. Insonning 
so g ‘lig‘iga, qancha um r ko‘rishiga tabiiy muhit ham ta ’sir qiladi, albatta. Ana shu 
ta ’sir ijobiy bo‘lishi uchun atrof muhit sog‘lom bo‘lishi kerak. Atrof muhitning 
so g ‘lom bo‘lishi har bir kishiga bog‘liq. Shuning uchun Konstitutsiyaning
50-moddasida: «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lishga majburdirlar», degan qoida mustahkamlangan.
Tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish xalqimizga xos xususiyat. 
Oqar suvlarni ifloslantirmaslik, axlat tushgan joylarni tozalab qo‘yish, yashash 
joyini ozoda saqlash kabi amallar muqaddas dinimiz ta ’limotlarida ham mavjud 
bo‘lib, unga uzoq vaqtlar ixtiyoriy amal qilingan.
Afsuski, sobiq tuzum davridagi tartib-qoidalar, turm ush sharoiti xalqimiz 
ongidan ko‘plab ijobiy urf-odatlarni, qarashlarni chiqarib yubordi, tabiatga, 
atrof muhitga bepisandlik bilan qarashga o‘rgatdi, hatto tabiat boyliklari, atrof 
m uhitga jinoyatkorona yondashishni oddiy hoi qilib qo‘ydi.
Mustaqillikka 
erishgach, 
atrof 
muhitga 
ehtiyotkorona 
munosabatda 
bo lm asd an , tegishli natijalarga erishish mumkin emasligi e’tirof etilgan holda 
ba’zi burchlar Konstitutsiyada mustahkamlandi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi asosida, ko‘plab qabul qilingan qonunlar, atrof 
tabiiy muhitni saqlash choralarini belgilab, mazkur burchni ta ’minlashni nazarda 
tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g ‘risida»gi, 
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g ‘risida»gi, «Yer osti boyliklari 
to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi, «Atmosfera 
havosini muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘rmon to‘g ‘risida»gi qonunlar, Yer 
kodeksi va boshqa huquqiy hujjatlar tabiatni, atrof muhitni muhofaza qilishni 
nazarda tutadi. Atrof muhitga taalluqli qonunlar miqdori ko‘pligining o‘zi atrof 
m uhitga jiddiy munosabatda bo‘linayotganligini ko‘rsatadi.
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish majburiyati 
faqat atrofni toza saqlash, ekologiyani buzmaslik, tabiat ne’matlariga zarar 
keltirmaslikkina emas, tabiatning barcha boyliklariga (yer osti manbaalari
hayvonot dunyosi) ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Chunki 
ularning barchasi tabiat qismi va hayotiy manbalardir.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin