Ayniqsa, ijtimoiy sohada, ta’lim, sog‘Iiqni saqlash sohalarida ular yetakchi
hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi
nutqidan iqtibos keltirishni oYinli deb bilaman:
«Meni kishilarimizning ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p o‘ylantiradi.
Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi
sifatida hurmat
qilamiz. Bu, shubhasiz, to‘g ‘ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi
emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol
va tashabbuskor ishtirokchisi ham boMishi kerak», - deb ta ’kidladi.
Davlatimiz ayollarning davlatni boshqarish ishlarida ko‘proq ishtirokini
ta’minlash, rahbarlik lavozimlariga jalb qilish uchun ham tegishli imtiyozlar
yaratmoqda. Saylov qonunchiligiga o‘zgartirish kiritilib, siyosiy partiyalardan
ko‘rsatilayotgan nomzodlarning kamida 30 foizi ayollardan iborat bo‘lishining
belgilanishi munosabati bilan vakillik organlari tarkibining ma’lum qismini ayol
deputatlar tashkil etdi.
Oliy Majlis Senat raisi, Bosh prokuror o‘rinbosari ayol
kishi ekanligi, qo‘mitalarning raislari orasida, hukumat tarkibida ayollarning
mavjudligi ayollar bilan erkaklar teng huquqliligining kafolati natijasidir.
Birgina 2019-yilda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun te n g huquq hamda
im koniyatlar kafolatlari to‘g ‘risida»gi hamda «Xotin-qizlarni tazyiqlar va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to ‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston respublikasining
qonunlari qabul qilindi. «Xotin-qizlar va erkaklar uchun te n g huquq hamda
im koniyatlar kafolatlari to‘g ‘risida»gi qonunda
davlatimizda gender tenglik
qonuniylik, dem okratizm, xotin-qizlar va erk ak larn in g te n g huquqliligi, jins
bo‘yicha kam sitishga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari
asosida olib borilishi belgilandi.
«Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g ‘risida»gi qonun
bilan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, xotin-qizlarni
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosati yuritiladi. Davlat
dasturlari hamda strategiyalari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Jamiyatda
xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va zo‘ravonlikka nisbatan
murosasizlik muhiti
yaratiladi. Xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari
tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilinishi ta ’minlanadi. Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni m ustahkam lashga e’tibor
qaratiladi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni
aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlar
yaratiladi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib
keladigan sabab hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Huquq va erkinliklar qonunlarda mustahkamlab qo‘yilib,
ularning amalga
oshishi, ta ’minlanishi uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilmasa, kafolatlar tizimi
bo‘lmasa, unda huquq va erkinliklar qog‘ozda qolib ketaveradi. Davlatimiz
fuqarolarning huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda belgilash bilan
145
ularning amalga oshishini ta ’minlovchi kuchli kafolatlar tizimini ham yaratgan
va uni takomillashtirish bo‘yicha m untazam ish olib bormoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi M ax su s qismi VII bobining
«Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar» deb
nomlanishi, ko‘plab harakatlar uchun jinoiy javobgarlikning belgilanishi ham
huquq va erkinliklar davlatning alohida e’tiborida ekanligini ko‘rsatadi va
kafolatlarni kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: