O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«...iqtisodiyotni boshqarishda



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«...iqtisodiyotni boshqarishda
davlat aralashuvini keskin kam aytirish lozim»2, 
deb aniq ko‘rsatma 
bergan.
1 A. A z iz x o ‘ja y e v va boshq. 0 ‘z b ek isto n R esp u b lik a sin in g K o n stitu tsiy a sig a sharhlar. - Т.:
« 0 ‘zb ek isto n » , 2 0 0 8 . 21 l- 2 1 3 -b e t la r .
2 M irziy o y ev S h . N iyati u lu g ‘ x a lq n in g ishi ham u lu g ‘, hayoti yorug* va kelajagi farovon bo‘ladi. (kirill
alifb osid a). T. « 0 ‘zb ek isto n » , 2 0 1 9 . 3 -to m , 2 0 -b et.
155


2-§. M ulk shakllari, ularning teng huquqliligi
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 53-moddasi qoidalaridan kelib chiqilsa, 
0 ‘zbekistonda mulk turli shakllarda mavjud boMishi ayon bo'ladi. Konstitutsiyaning 
shu normasida m am lakatda xususiy mulk va umummilliy boylik hisoblanuvchi 
davlat mulki mavjudligini ko‘rish mumkin. Umummilliy boylik hisoblanuvchi 
obyektlar Konstitutsiyada bevosita davlat mulki deb atalmasa-da, boshqa 
qonunlarda ularning davlat mulki maqomi ko‘rsatib qo'yilgan.
0 ‘zbekistonda mulkiy munosabatlarni Fuqarolik kodeksi tartibga soladi1. 
M azk u r kodeksning 167-moddasi «Mulk shakllari» deb nomlanib, unda 
0 ‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy va ommaviy mulk shaklida bo‘ladi, 
deb belgilangan. 168-moddasida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk 
huquqining subyektlari sifatida e’tirof e’tilib, mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs 
yoki davlatning mulki bo‘lishi mumkinligi belgilanadi.
Kodeksning 
16-bobi 
«Xususiy 
mulk», 
17-bobi 
«Ommaviy 
mulk»ka 
bag ‘ishlangan. Kodeks normalariga asosan, xususiy mulk huquqi sh ax snin g
qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarru f etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning 
miqdori va qiymati cheklanmaydi. Bu yerda mulk qonun hujjatlariga muvofiq 
qo‘lga kiritilgan, degan so‘zning m a’nosi keng. Chunki qonun hujjatlarida 
mulkni qo‘lga kiritishning ko‘plab yo‘llari ko‘rsatilgan, masalan, sotib olish
xususiylashtirish, asrash, meros olish, hadya olish, yutib olish va boshqalar.
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari, har qanday mol-mulk 
xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
M ulkka bo‘lgan huquqning vujudga kelish asoslari Fuqarolik kodeksida 
belgilangan.
M ulkning ikkinchi turi - ommaviy mulkdir. Respublika mulki va m a’muriy- 
hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo‘lgan davlat mulki 
ommaviy mulkdir, ya’ni ommaviy davlat mulkiga nisbatan qo‘llaniladigan atama.
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi 
hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika 
organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan madaniy va tarixiy 
boyliklar, respublika budjetining mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta 
fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa 
mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, 
intellektual faoliyat natijalari, basharti, ular budjet yoki davlatning o‘zga 
mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, respublika mulki 
bo‘lishi mumkin.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin