O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Xususiy m ulkning daxlsizligi va davlat tom onidan



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. Xususiy m ulkning daxlsizligi va davlat tom onidan
m uhofaza etilish i
70 yil davomida faoliyat ko‘rsatgan sotsialistik tuzum «xususiy mulk» degan 
tushunchani mutlaqo rad etdi va iqtisodiy faoliyat umummilliy davlat, jamoat 
mulkiga tayanishini e’tirof etdi. Shu bilan birga, shaxsiy mulk degan tushuncha 
ham turm ushga kiritilib, u hech qanday daromad keltirmaydigan, faqat shaxsiy 
ehtiyoj sifatida foydalaniladigan, o‘ta cheklangan mulk hisoblanar edi. Xususiy 
mulk sotsialistik tuzum ga yot bo‘lgan, burjua tuzum iga xos va uning tayanchi, 
har qanday haq-huquqsizlikning, ekspluatatsiyaning asosi deb hisoblanar edi.
Sotsializm, uning g ‘oyalari oxir-oqibat tam om bo‘ldi, o‘zining hayotiy 
emasligini ko‘rsatdi. Umumiy mulk g ‘oyasi asosida ishlab chiqarishni tashkil 
qilish sam ara bermadi. Aksincha, bozor munosabatlariga asoslangan davlatlar 
rivojlanib, xalqning turm ush darajasi yuksalib bordi.
Shuning uchun 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy munosabatlarni 
tashkil qilar ekan, bu borada yangilik yaratishga harakat qilmay, butun dunyoda
157


tan olingan va iqtisodiy rivojlangan, farovon turm ushni ta ’minlash qoidalariga 
tayanishga harakat qildi. Shu tufayli iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakllardagi 
mulk shakllari tashkil qilishi, mulk shakllaridan biri hisoblanuvchi xususiy mulk 
davlat tomonidan muhofaza qilinishi Konstitutsiyada m ustahkam lab qo‘yildi. 
Ana shu maqsadda Konstitutsiyaning o‘zida va boshqa moddalar hamda boshqa 
qonun hujjatlarida tegishli qoidalar belgilandi.
M asalan, 
Konstitutsiyaning 
53-moddasida 
mulkdor 
faqat 
qonunda 
belgilangan tartibda mulkidan m ahrum etilishi mumkinligi, 36-moddada har bir 
shaxs mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi, bankka qo‘yilgan omonatlar sir 
tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanishi belgilab qo‘yildi. Juda ko‘p 
sonli qonunlarda xususiy mulkni himoya qilish tartibi belgilandi.
Xususiy mulkka zarar yetkazganlik, mulkka bo‘lgan huquqlarni buzish 
uchun turli javobgarlik belgilandi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida mulkni bosqinchilik, 
tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, 
firibgarlik, o‘g ‘rilik yo‘li bilan egallaganlik (164-169-moddalar) uchun jinoiy 
javobgarlik belgilangan. Bundan tashqari, mulkni qo‘riqlashga vijdonsizlarcha 
munosabatda bo‘lish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, 
tran sp o rt vositalarini olib qochish uchun (172, 173, 267-moddalar) jinoiy 
javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining bu moddalari avvalgi tuzumdagi kabi sotsialistik 
mulkni qonunsiz egallash uchun alohida og‘irroq jazo, shaxsiy mulk uchun 
alohida yengilroq jazo o‘rnatmay, u m um an mulkni nazarda tu tg an va bu xususiy 
mulkning bir xilda muhofaza etilishini ko‘rsatadi.
M am lakatim izning yigirma yillik tarixini ko‘radigan bo‘lsak, xususiy 
mulkni rivojlantirish yo‘li olib borilayotganligini, bunga misol qilib, tadbirkorlar 
huquqining alohida tartibda himoya qilinishi, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish 
choralari ko‘rilayotganligi, ommaviy mulkni xususiylashtirish izchillik bilan 
amalga oshirilayotganini ko‘rsatish mumkin.
M am lakatim izda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar 
natijasi 
ham mulkka egalik hissini shakllantirishga qaratilganida ko‘rinadi. Amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan kutilayotgan natija mulkka egalik hissini 
uyg‘otish ekan, bunga erishishning samarali yo‘llaridan biri mamlakatimizda 
tadbirkorlikni rivojlantirish, unga qulay sharoitlar yaratib berishdir. S huning 
uchun Prezidentimiz tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar 
jadal davom ettirilishi, faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali 
taraqqiyotga, farovon hayotga erishi olishimiz haqida aniq ko‘rsatib berdi1.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi m a’ruzasida bu masalaga alohida 
to‘xtalib shunday dedi: 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin