O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilgandan so‘ng



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilgandan so‘ng 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va 
tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki m a rta rad etilgan 
taqdirda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini 
tayinlaydi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning m azm unidan 
quyidagilar kelib chiqadi:
Bosh vazir nomzodi, eng avvalo, saylovlarda g ‘olib chiqqan (ko‘p deputatlik 
o‘rnini olgan) siyosiy partiyaga yoki teng miqdorda o‘rinlar olgan siyosiy 
partiyalar tomonidan tanlanib, Prezidentga Oliy Majlisga taqdim etish uchun 
tavsiya qilinadi.
Prezident Oliy Majlisga siyosiy partiya yoki siyosiy partiyalar tomonidan 
tavsiya qilingan nomzodni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun o‘n kunlik muddatda 
taqdim etadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Bosh vazir o‘rtasida ziddiyatlar doimiy 
tus olganda, Bosh vazirga nisbatan belgilangan tartibda ishonchsizlik votumi 
bildirish orqali Vazirlar M ahkamasini qayta shakllantirish zarurati tu g ‘iladi.
Bunday hoi yuz berganda Bosh vazir nomzodi endi siyosiy partiyalar tomonidan 
tavsiya qilinmay, Prezidentning o‘zi nomzodni Qonunchilik palatasidagi siyosiy 
partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilgandan so‘ng Oliy 
Majlis tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qiladi.
Bosh vazir nomzodi palatalar tomonidan ikki m arta rad etilgan taqdirda, 
Prezident Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oliy Majlisni tarqatib 
yuboradi.
Konstitutsiyaga kiritilgan bu o‘zgartirishlar siyosiy partiyalar rolini yanada 
oshirishni, Qonunchilik palatasi mavqeini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Amaldagi Konstitutsiyaga asosan, Vazirlar M ahkam asi tarkibi: Bosh vazir, 
uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat bo‘ladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukum atining boshlig‘i (Vazirlar Kengashi Raisi) 
0 ‘zbekiston Vazirlar M ahkam asi tarkibiga lavozimiga ko‘ra kiradi.
Oliy Majlis palatalarida nomzodi ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan Bosh vazir 
taqdimiga ko‘ra, Prezident Vazirlar M ahkam asi a’zolarini tasdiqlaydi, lavozimidan 
ozod qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida hukum at a’zolarini parlament oldida m as’uliyatini 
oshirish chorasi sifatida hukum at a’zolarini Oliy majlis tomonidan tasdiqlash
300


tartibini taklif etdi. Shu asosda Konstitutsiyaning 79-moddasiga 5-band qilib, 
Bosh vazir taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni, 
keyichalik ularni prezident tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib 
chiqish va m a’qullashni Qonunchilik palatasi vakolati sifatida kiritildi1.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin