O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Poytaxtim iz
Toshkent shahrida tum anlar darajasida xalq deputatlari K engashlari
ta’sis etild i. Shu vaqtgacha poytaxt tu m anlarining fuqarolari
bunday im koniyatlarga ega emas edi. Biz bu borada adolatni tiklab,
K onstitutsiyam izga tegish li o‘zgartirishlar kiritdik. Toshkent shahri
ah olisi ham endi o‘z vakillari — deputatlar orqali tu m a n la r n i
b o s h q a r is h d a ish tir o k e tis h im k o n iy a tig a eg a boM m oqda»1.
2017-yil 24-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Toshkent aholisi tum an deputatlarini 
saylashda ishtirok etdi. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tizimi, Toshkent 
tum anlarining Kengashlari hisobiga yanada kengaydi.
Shunday qilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari, m am lakatning m a’muriy- 
hududiy tuzilishiga qarab viloyat, tu m an va shahar pog‘onalarida faoliyat 
ko‘rsatadi. Ular davlat hokimiyatining vakillik organlari va ijro hokimiyati 
organlari ko‘rinishida mavjuddir.
Mahalliy hokimiyat organlariningtizim i deganda, viloyat, tum an, shaharlarda 
tashkil qilinadigan davlat hokimiyatining vakillik organlari - xalq deputatlari 
Kengashlari va ijroiya hokimiyati organlari - hokimliklar yig‘indisi tushuniladi. 
Bu tizimga kiruvchi vakillik hokimiyati organlari bir-biridan mustaqil, hamkorlik 
asosida tashkil qilinsa va faoliyat yuritsa, ijro hokimiyati organlari - hokimlar 
vertikal bo‘ysunish asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi.
2-§. M ahalliy davlat hokim iyati organ larining vazifalari
ham da vakolatlari
Konstitutsiyaga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mustaqil vakillik 
va ijro hokimiyati organlariga bo‘linsa-da, ularning vazifalari Konstitutsiyada 
alohida-alohida ko‘rsatilmagan. Konstitutsiyada (100-modda) mahalliy hokimiyat 
organlari ixtiyoriga berilgan vazifalar umumiy tarzda bayon qilingan.


Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin