bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish o‘rnatib qo‘yilgan. Bu shu
hududdagi hokimga bo‘ysunmaydigan, yuqoriga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga
ham taalluqlidir.
Konstitutsiyamizning 101-moddasida mahalliy hokimiyat organlari 0 ‘zbe-
kiston Respublikasining qonunlarini,
Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati
yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan, ularning
respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarning muhokamasida ishtirok
etishi ham belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati
organlarining vakolatlari
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Q onunda1 batafsil belgilangan.
3-§. Xalq deputatlari Kengashi — hokim iyatning vak illik organi
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning oldida ko‘plab masalalarni hal
qilish, avvalgi tuzumda mavjud bo‘lgan qanday
tuzilmalardan foydalanish, qaysi
tuzilmalarni um um an yo‘q qilish masalasi paydo bo‘ldi. Eng avvalo, demokratik
tamoyillarga
mos keluvchi, taraqqiyotga to‘sqinlik qilmaydigan, xalq xohish-
irodasiga javob beruvchi, davlat hokimiyatini amalga
oshira oladigan organlar
tashkil qilish zarur edi.
Ayniqsa, mahalliy miqyosda qanday davlat organlari bo‘ladi, um um an,
mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari bo'lishi shartmi, degan savollarga
javob topilishi kerak edi. 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston
Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g ‘risida»gi
Qonun ko‘p masalalarni hal qildi va kelajakda mamlakatimizda mahalliy
darajada qanday organlar bo‘lishini, ularning xarakterini belgilab berdi. Unda
birinchi m arta mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari ikki turda:
vakillik
hokimiyati va ijro hokimiyati ko‘rinishida bo‘lishi mustahkamlandi. Bu hokimiyat
tarmoqlari bolishi prinsipini mahalliy miqyosda ham qo‘llash oqibati edi. Bu
prinsiplar Konstitutsiya qabul qilinishida va mahalliy hokimiyat organlari tizimi
faoliyati belgilanishida e’tiborga olindi.
Mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari Konstitutsiyada belgilangan
bo‘lsa, ularning shu vazifalarini bajarish uchun zaru r vakolatlari, Konstitutsiyaning
103-moddasi asosida qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi
Q onunning 24-moddasida
Xalq
deputatlari
Kengashining,
25-moddasida
H okimning vakolatlari alohida-alohida mustahkam lab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat
organlari ixtiyoriga
«fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta ’minlash» vazifasi kirishi ham
belgilangan. Ular bu vazifani (mahalliy hokimiyat organlari) Adliya organlarining
hududdagi bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qilish bilan am alga oshirar edilar.
2003-yil 1-sentabrda Vazirlar M ahkam asi tomonidan Adliya vazirligi faoliyatini
takomillashtirish haqidagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Adliya vazirligining
Dostları ilə paylaş: