O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to'plami



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to'plami.
- Т.: 2007. 4 7 - 5 4 , 56-70-b etlar.
3 2 0


mustasno) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan 
bo‘shash to‘g ‘risida ariza berganlari taqdiridagina xalq deputatlari viloyat, tuman 
va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadilar.
Teng saylov huquqi. Har bir fuqaroni saylovda bir ovozga egaligini 
ta ’minlaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kimligidan qat’iy nazar teng 
saylov huquqiga ega. Teng saylov huquqi saylovning barcha jarayonlarida barcha 
ishtirok etuvchilarga teng imkoniyatlar yaratilishini nazarda tutadi. Bir saylovchi 
bitta saylov uchastkasida ro‘yxatga kiritilib, ovoz berishda ishtirok etadi.
To‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi. Xalq deputatlari Kengashining barcha 
pog‘onalari deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita, yashab turgan joyidan 
saylanadi.
Yashirin ovoz berish. Saylovlarni demokratik, erkin amalga oshirish usuli 
bo‘lib, ovoz beruvchiga biron-bir tarzda ta ’sir o‘tkazishni cheklaydi. Ovoz 
beruvchi hech kimning ta ’siriga berilmay, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ovoz beradi.
Saylovlar oshkora o‘tadi, uning barcha jarayonlari ommaviy axborot vositalari 
orqali yoritib boriladi. Kuzatuvchilar ishtirokida o‘tadi.
Xalq deputatalari Kengashlariga saylovda nomzod ko‘rsatish huquqi -
viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi va tuman, shahar 
Kengashlariga siyosiy partiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Saylovlar saylov 
komissiyalari tomonidan tashkil qilinib, saylovda viloyatlar, tum anlar va 
shaharlarga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari 
va uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov, ularning vakolat muddati 
tugaydigan yilda - dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida 
o‘tkaziladi. Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning kamida 33 foizi 
ovoz berishda ishtirok etsa, saylov haqiqiy hisoblanadi va ovoz berishda ishtirok 
etganlar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tagacha, 
tum an va shahar Kengashlariga 30 tagacha deputat saylanadi. Bu masala 
saylov to‘g ‘risidagi qonunning 7-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan. Xalq deputatlari 
Kengashining tarkibi ana shu miqdordagi deputatlardan iborat bo‘ladi.
Xalq deputatlari faoliyatining asosiy shakli (ish shakli) sessiya hisoblanadi. 
Sessiyalar tegishli hokim, hokim yo‘qligida esa uning o‘rinbosarlarining biri 
tomonidan zaruratga qarab lekin bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. 
Sessiyalar tegishli Kengash deputatlarining kamida uchdan ikki qismining 
tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin. Deputatlar Kengashlarning sessiya 
chaqirishi to‘g ‘risidagi qaror bilan sessiya ochilishidan kamida yetti kun 
oldin xabardor qilinadi. Yangi saylangan xalq deputatlari Kengashlari hokim 
tomonidan saylovdan keyin ko‘pi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi. 
Kengashlarning birinchi sessiyasini eng keksa deputatlardan biri ochadi. Boshqa 
sessiyalarni hokim ochadi va olib boradi. Sessiyalarda hokim, u yo‘qligida esa 
Kengashning qaroriga yoki hokim topshirig‘iga ko‘ra deputatlarning biri raislik
321


qiladi. Наг bir sessiyada hujjatlarni yuritish uchun sessiya kotibiyati saylanadi. 
Kengash sessiyalari, ularda deputatlarning uchdan ikki qismi ishtirok etsa haqiqiy 
sanaladi. Sessiyalar ochiq, oshkora o‘tkazilib, muhokama qilingan masalalar 
yuzasidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qilinadi.
Sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalarni, dastlab, ko‘rib chiqish va 
tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini, 0 ‘zbekiston qonun hujjatlarini 
am alga oshirishga ko‘maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o‘rnatish 
maqsadida har bir xalq deputatlari Kengashlari o‘z vakolatlari muddatiga 
deputatlar orasidan doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi.
Xalq deputatlari Kengashi faoliyatini tashkiliy-texnikaviy va boshqa 
jihatlardan ta’minlash avvalgi qonunchilikda hokimlik apparatiga yuklatilgan 
edi. Hozirgi islohotlar talabidan kelib chiqib, kengashlarning hokimlardan 
mustaqilligini ta ’minlash uchun «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi 
qonunning 20-moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga asosan, Xalq deputatlari 
kengashlari faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat 
ko‘rsatish tegishli Kengash kotibiyati tomonidan ta ’minlanadi. Kotibiyat mudiri 
tegishli Kengash deputatlari orasidan tayinlanadi1.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin