hududiy organlari mahalliy hokimiyatdan xoli ish olib borishi belgilandi.
Shuning
uchun fuqarolik holati aktlarini qayd qilishni ta’minlash vazifasi mahalliy
hokimiyat vazifasiga kiradi, degan qoida muammo bo‘lib qoldi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonunda Xalq deputatlari Kengashi
va hokimning vazifasi sifatida davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari bilan
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida aloqalarni ta’minlash,
aholini hududlarni boshqarishga jalb etishni ta ’minlash vazifasi belgilangan.
K onstitutsiyada
mahalliy
vakilik
hokimiyati
organi
sifatida
xalq
deputatlari K engashlari belgilandi (99-modda). Bu degani, avvalgi tuzum dagi
organ saqlanib qoldi. Faqat un in g vazifasi, tarkibi,
tashkil qilish tartibi
takomillashtirildi. M ahalliy Kengashlar avvalgi tuzum dagi singari partiya
qarorlarini hayotga tatbiq qiluvchi organdan haqiqiy davlat hokimiyati
organlariga aylantirildi.
Mahalliy Kengashlar tom ma’nodagi vakillik hokimiyati organi bo‘lishi
uchun mahalliy miqyosdagi masalalarni hal qilish qobiliyatiga,
imkoniyatiga
ega bo‘ladigan darajada vakolatlar bilan ta’minlandi.
Xalq deputatlari Kengashlarining vakillik xarakterini ularning aholi
tomonidan saylanishi, ularning tarkibida aholi xohish-irodasini aks ettiradigan,
turli tabaqa vakillarining bo‘lishi ko‘rsatadi. Mahalliy Kengashlarga saylovlarning
ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tishining belgilanishi, saylovlarda o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining ishtirok etishi vakillik
xarakterini yanada kuchliroq, yaqqolroq aks
ettirdi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi
va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylangan vakillari orqali davlat hokimiyatini
tuzishda, amalga oshirishda ishtirok etishini ko‘rsak,
ularning ishtiroki xalq
deputatlari Kengashlarida vakillik xarakterini yanada yaqqol namoyon etadi.
Konstitutsiyaning 7-moddasida: «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir
manbaidir», - degan qoida mavjud bo‘lib, bu mahalliy davlat hokimiyatiga
ham taalluqlidir. Mahalliy davlat hokimiyatining manbai xalq bo‘lib, ular bu
hokimiyatni amalga oshirishda undagi o‘z vakillari - deputatlar orqali qatnashadi.
K onstitutsiyaning
32-moddasida
fuqarolarning
davlat
va
jamiyat
ishlarida ishtiroki belgilangan bo‘lib, unga asosan
m am lakat fuqarolari
davlat va jam iyat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali
ishtirok etadi. S h u n in g uchun ham saylov yo‘li bilan tashkil qilinadigan
xalq deputatlari K engashlari vakillik hokimiyatini to‘la ifodalay oladi va xalq
nomidan h arak at qiladi.
Xalq deputatlari Kengashlarida masalalar ko‘pchilik
ovozi bilan qabul
qilinishi, qabul qilinadigan qaror loyihalari xususida deputatlar saylovchilarni
xabardor qilib turishi, deputatlarning o‘z faoliyati bo‘yicha saylovchilarga axborot
berib turishi, saylovchilarni m untazam ravishda qabul qilishning uyushtirilishi
haqidagi
qoidalar va tajribalar, xalq deputatlari Kengashlarining vakillik
xarakterini ko‘rsatib, ularni vakillik organlari sifatida namoyon qiladi.
Dostları ilə paylaş: