M a v z u n i m u s ta h k a m la s h u c h u n s a v o lla r
329
XXV bob. FUQAROLARNING 0 ‘ZINI O ZI
BOSHQARISH ORGANLARI
l-§. 0 ‘zini o4zi boshqarish va u n in g demokratik jam iyatdagi o‘rni
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy davlatchilik an’ana-
Iariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish-irodasini to‘la aks ettira
oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘ydi.
Bunda xorijiy m am lakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o‘rganildi va
milliy an’analarimiz e’tiborga olindi. Natijada 0 ‘zbekistonning o‘ziga xos o‘zini
o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi.
Konstitutsiyaning 105-moddasiga asosan, shaharda, qishloq va ovullarda,
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shahardagi mahallalarda
fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib ular raisni
(oqsoqolni) saylaydi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida
turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
So‘nggi yillarda jamiyatimizning muhim bo‘g ‘ini hisoblangan mahalla
institutining o‘rni va ahamiyatini oshirishga davlat tomonidan doimiy e’tibor
qaratib kelinmoqda.
Ayniqsa, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni
s o g ‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va
xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari
to‘g ‘risida»gi P F -5938-son Farmoniga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi M ahalla
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil qilindi.
Farmonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida davlat
organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi,
shuningdek, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyatini amalga oshirishi uchun zaru r sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan
berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi, degan q a t’iy
qoida belgilanganligi, ularni mustaqilligi ta ’minlanishini anglatadi.
0 ‘zbekiston o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan
alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo yangicha
jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston,
Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut «mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish» deb
atalsa, 0 ‘zbekiston uni «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi» deb atadi. Bu
shunchaki nomni o‘zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi holatdir.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
so‘zi o‘zini o‘zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida to‘laroq
3 3 0
ko‘rsatadi. Sababi, mahalliy boshqaruv faqat o'zini o‘zi boshqaruv orqali emas,
davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruvda davlat
ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vazifasi
mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun 0 ‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqaruvning «mahalliy o‘zini
o‘zi boshqaruv» emas, «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi» deb nomlanishi
m asalaning asl mohiyatiga mos keladi va o‘zini o‘zi boshqaruvning davlat
boshqaruvidan xoli ekanligini ko‘rsatadi.
0 ‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi, jahon davlatchiligi
va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut hisoblanadi. 0 ‘zini
o‘zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan bo‘lib, bu huquq
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi.
0 ‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning
tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib
chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida
faoliyat ko‘rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tuzilmasidir.
« 0 ‘zini o‘zi boshqarish» tushunchasi bilan «o‘zini o‘zi boshqarish organlari»
tushunchasi bir-biridan farq qiladi. 0 ‘zini o‘zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat
faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi
tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi.
0 ‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida
ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi boshqaruv fuqarolarning
jamiyat va davlat ishlaridagi ishtirokini ta ’minlovchi muhim vositalardan biridir.
Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Unga asosan,
fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi boshqarish orqali
ishtirok etadi.
Bizning Konstitutsiyamiz o‘zini o‘zi boshqarish masalasiga faqat fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini belgilash bilan yondashgan.
Aslida, o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng faoliyat bo‘lib, bir nechta
harakatni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim
mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi.
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti,
korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o‘zini o‘zi boshqarish orqali
faoliyat olib boradi. 0 ‘quv yurtlaridagi ota-onalar qo‘mitalari, 0 ‘zbekiston Yoshlar
ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari ham o‘zini o‘zi boshqarish ko‘rinishidadir.
Shunday qilib, o‘zini o‘zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil Kengash,
qo‘mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
0 ‘zini o‘zi boshqaruv demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalq hokimyatini
ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgani sari o‘zini o‘zi
boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim
instituti hisoblanadi.
331
0 ‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga
asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzilmalar ishida ishtirok
etishda ko‘rinadi.
Biror-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni
cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g ‘risida»gi1 Qonunda
(8-modda) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat
hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi ko‘rsatilgan va ularning amaliy faoliyati
ham shuni ko‘rsatadi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat organlaridan
mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida,
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga
kirmaydi, deb belgilangan), ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. M asalan,
Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv
m a’muriyati boshlig‘i - o‘lka, viloyat m a’muriyati boshlig‘i, davlat organi
tomonidan tayinlanishi belgilangan.
0 ‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini aniq bir
xil pog‘onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning
0 ‘zbekistonning
siyosiy
tizimida
o‘z
munosib
o‘rnini
topishiga,
bozor
munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar
va mahallalarda tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi
ishtirokini ta ’minlovchi, ularning m a’naviy tarbiyasiga, ijtimoiy himoyasiga ta ’sir
qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shuvchi muhim
tuzilmadir.
Keyingi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati
yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlariga katta umid bog‘lanmoqda. Fuqarolik jamiyatida
fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi.
Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, har bir kishi
o‘zini to‘laqonli shaxs, jamiyatning to‘la a’zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli kattadir.
0 ‘zini o‘zi
boshqarish organlarini tashkil
qilishda,
shakllantirishda,
0 ‘zbekistonning eng katta y u tu g ‘i ushbu masalani hal qilishga milliy a n ’analar,
qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash
nuqtai nazaridan yondashish bo‘ldi. Ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishda asosiy tayanch
(makon) qilib mahallalar belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |