1
Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013-yil, 17-son, 219-modda (Qonun
2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan).
3 3 2
0 ‘zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta ’sirchan vosita boshqa
mamlakatlarda yo‘q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o‘ringa ega
bo‘lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g ‘ururning
vujudga kelishiga, millatchilik illatlaridan xoli bo‘lishga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to‘laroq aniqlasa bo‘ladi. Demak,
ushbu xislat 0 ‘zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa, umum e’tirof etilgan
demokratiya yo'llariga mamlakatimizning qo‘shgan hissasidir. Yoki boshqacha
qilib aytganda, 0 ‘zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda.
M ahallalar faqat eski mahalla o‘rinlarida tashkil qilinib qolmasdan,
ularga ko‘p qavatli binolarning qo‘shilishi yoki ko‘p qavatli binolardan iborat
mahallalarning tashkil etilishi esa, ayni muddao bo‘ldi. Chunki bu ko‘p qavatli
binolarda yashovchilarning hayotiga mahallalardagi ijobiy holatlarni olib kirish
imkoniyatini beradi.
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati
demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Bu esa,
asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini qurishga ko‘maklashadi. «Biz islohotlarni
chuqurlashtirish, demokratik tub o‘zgarishlar yo‘lidan olg‘a siljish, hayotimizda asl
demokratik qadriyatlar qaror topayotgani to‘g ‘risida gapirganda, avvalo, fuqarolik
jamiyati asoslariga o‘tish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish muassasalarini
butun choralar bilan kengaytirishni nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarning
asosiy mohiyati va bosh mantiqidir», - deb ta’kidlandi 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining to‘rtinchi sessiyasida.
0 ‘zini o‘zi boshqarish muassasalari va ular faoliyatining kengayishi esa,
bevosita mahallalarning mavqeini kuchaytirish bilan bog‘liq.
Mahalla boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lmagan, faqat 0 ‘zbekistonga xos,
davlat bilan fuqarolarni bog‘lovchi muhim ko‘prikdir. Uning faoliyati natijasida
davlat bilan fuqarolar o‘rtasida alohida munosabat vujudga keladi.
Fuqarolik jamiyati qurilar ekan, bu jamiyat faqat fuqarolarning jamiyat
va davlat ishlaridagi ishtirokini ta ’minlash bilan chegaralanmaydi. Jamiyat
a ’zolarining jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi uchun imkoniyat yaratilishini
nazarda tutadi.
Bu o‘z ichiga siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy masalalarni oladi. 0 ‘zini o‘zi
boshqarish organlari, mahallalar fuqarolarining davlat va jamiyat hayotida ma’lum
mavqega ega bo‘lishi uchun asos yaratadi. Bunga esa tarbiya, ijtimoiy muhofaza
choralarini kuchaytirish ham kiradi. Demak, o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki
mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta ’minlash,
kam ta ’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bilan cheklanib qolmaydi.
Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma’naviy kamolotini oshirish
uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo‘qotish uchun ish olib
borishi va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, a n ’analarga, Vatanga, davlatga, boshqa
fuqarolarning manfaatiga hurm at bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
3 3 3
0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalarning faoliyati bundan so‘ng ham
takomillashtirilib, vazifalari kengayib boradi.
Dostları ilə paylaş: |