O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Fuqarolar y ig ‘in in i tashkil etish



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. Fuqarolar y ig ‘in in i tashkil etish
Fuqarolar yig‘ini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir. Ularni 
tashkil etish konstitutsiyaviy asosga ega. Bu institut mamlakatdagi demokratik 
institutlar tizimida yetakchi mavqega ega. Uni tashkil qilish, faoliyati demokratik 
prinsiplarga asoslanadi. Qonunda bu prinsiplar alohida moddada mustahkam lab 
qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilar:
1. 
Qonuniylik prinsipi - barcha m asalalar qonun asosida amalga oshirilishi, 
qonun oldida barchaning tengligi, qonun ustuvorligida ko‘rinadi. 0 ‘zini o‘zi
1 Bu haqda qarang: «Xalq s o ‘zi*, № 37, 2020-yil 20-fevral.
2 Qarang: 0 ‘zb ek iston Respublikasi P rezid en tin in g 2020 -y il 18-fevraldagi P F -5 9 3 8 -s o n Farm oniga
la-ilova.
3 Bu haqda qarang: «Xalq so‘zi*, № 37, 2020-yil 20-fevral.
3 3 6


boshqarish organlari fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalashdek muhim 
vazifani bajaradi.
2. Insonparvarlik prinsipi - inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlarining ustuvorligi prinsipi, bu shaxs manfaati, fuqaro manfaati ustun 
qo‘yilishida, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati joyiga qo‘yilishida, yoshlarning 
axloqiy tarbiyasiga, oilada yaxshi muhit bolishiga e’tiborda ko‘rinadi.
3. Demokratizm prinsipi - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini 
tashkil etishda, faoliyatida hududdagi barcha aholi to‘liq ravishda ishtirok etadi. 
M asalalar ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Fuqarolar yig‘ini organlari tarkibiga 
saylash va saylanishda hamma teng huquqqa ega. Fuqarolar o‘z xohish-irodasini 
erkin bildira oladi, buning uchun ular hech qanday ta’qiblarga uchramaydi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida fuqarolarning ishtiroki, 
fuqarolarning jamiyat ishlarida ishtirokining boshlang‘ich va shu bilan birga
eng muhim bosqichidir. Bu demokratiya maktabi hisoblanadi.
4. Oshkoralik prinsipi - barcha masalalar aholi yoki ularning vakillari 
ishtirokida kollegial ravishda hal qilinishi, ko‘riladigan masalalar haqida 
xabarlarningoldindan tarqatilishi, qabul qilingan hujjatlarni barchaga yetkazishda 
ko‘rinadi. Fuqarolar yig‘ini faoliyatidan barcha xabardor bo‘lib turadi.
5. Ijtimoiy adolat prinsipi - hududdagi barcha fuqarolarning manfaati, 
ularning ish joyi, mulkiy ahvolidan qat’iy nazar teng himoya qilinishida, 
yordamga muhtojlarga alohida yordam qilinishida, ularni qo‘llab-quvvatlash 
choralari ko‘rilishida namoyon bo‘ladi.
6. Mustaqillik prinsipi - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z 
vakolati doirasida mahalliy ahamiyatga molik masalalarni: obodonlashtirish, atrof 
muhitni saqlash, hududda turli xil xizmatlar ko‘rsatish masalalarida mustaqil 
qaror qabul qiladi. Ularning vakolatlariga taalluqli masalalarni hal qilishga hech 
kim va hech qanday organ aralashmaydi.
7. Jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam prinsipi - o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari faoliyati jamoatchilikka asoslanadi. Unga tegishli ko‘p masalalar 
jamoatchilik asosida haq olinmasdan amalga oshiriladi. Mahalla hududida 
yashovchi barcha fuqarolar o‘z imkoniyatiga qarab, xolisona fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etadi, ularni moddiy tomondan 
qo‘llab-quvvatlaydi.
8. Ijtimoiy sheriklik prinsipi - o‘z faoliyatini yuritishda o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolar bilan yaqindan aloqada 
bo‘ladi.
9. Mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olish prinsipi - mahalliy 
urf-odatlar, an’analar sobiq tuzum davrida ancha zarbalarga uchragan bo‘lsa, 
ularni tiklashda, ulardan jamiyat, inson manfaatlari yo‘lida foydalanishda 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari muhim rol o‘ynaydi. 0 ‘zbek xalqining umumiy 
qadriyatlaridan tashqari, alohida hududlarda o‘ziga xos urf-odatlar, an’analar 
mavjudki, ularni hisobga olish taraqqiyotimizga ijobiy ta ’sir qiladi.
3 3 7


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi mamlakatning butun hududida 
amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar o‘zini o‘zi 
boshqarishning hududiy birligi, makonidir.
Bu birliklarni tuzish, tugatish, shuningdek, chegaralarini o‘zgartirish, ularga 
nom berish va ular nomini o‘zgartirish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning 
tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish va tugatish, shuningdek, uning 
chegaralarini belgilash va o‘zgartirish o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashabbusi 
bilan mahalliy davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek, shahar, 
shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga 
yetgan shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:
- fuqarolar yig‘ini Kengashi;
- fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;
- fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;
- tu m a n m arkazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, 
qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan 
m a’muriy komissiya (bundan buyon matnda m a’muriy komissiya deb yuritiladi).
Fuqarolar yig'ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, 
fuqarolar yig‘ini 
taftish 
komissiyasi va 
m a’muriy komissiyani 
saylash 
fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta ’m inlangan 
holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar y ig‘inida (vakillar 
yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan 
bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), (bundan keyin faqat 
rais deyiladi) yig‘in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har 
choragida kamida bir m arta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tum an, 
shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan 
va m azkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi 
tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Fuqarolarning yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan 
barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni fuqarolar 
y ig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. 
Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy 
ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Har bir yig‘inda y ig ‘in o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun 
tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan holda bayonnoma yuritiladi. 
Fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig‘inining raisi va
3 3 8


m as’ul kotibi imzolaydilar. Rais yo‘qligida, fuqarolar yig‘inining bayonnomasini 
raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib imzolaydi.
Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar 
vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga hovlilar, uylar, ko‘chalardan 
fuqarolarning namoyandalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish ishlari 
bo‘yicha tegishli tumanlar va shaharlar 
muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi.
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda vakillarning kamida uchdan ikki 
qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir va bunday yig‘ilish ushbu Qonunda 
fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish tartibiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq 
o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan 
korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar 
bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
o rg an la rin in g fuqarolar y ig ‘inlari oraliq davrdagi joriy faoliyatni am alga 
oshirish uchun fuqarolar yig‘inining raisi, uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislari va yig‘inining 
m as’ul kotibidan iborat tartibda fuqarolar yig‘inining kengashi tuziladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) 
tomonidan, zaruratga qarab, lekin oyida kamida bir marta o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash a’zolarining 
kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, 
agar uni fuqarolar yig‘ini kengashining hozir bo‘lgan a’zolaridan yarmidan 
ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul 
qilinadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin