O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Fuqarolar y ig in i raisi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4-§. Fuqarolar y ig in i raisi
Fuqarolar yig‘ini raisi, o‘zini o‘zi boshqarish tizimida muhim rol o‘ynaydi. 
0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 
105-moddasida 
fuqarolarning 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish organlari - fuqarolar yig‘ini ekanligi ular raisni saylashi belgilab 
qo‘yilgan. Demak, fuqarolar yig‘ini raisi konstitutsiyaviy lavozim uni saylash 
tartibi maxsus qoidalar bilan tartibga solinadi.
Fuqarolar yig'inlari va uning raislari tashkil etilib, hozirgacha bo‘lgan davrda 
raislarning saylash tartibi va vakolat muddati bir necha m arta o‘zgartirildi va 
hozirgi qonunchilikka asosan u besh yilga fuqarolar yig‘ini tomonidan saylanadi. 
Rais nomzodiga qo‘yiladigan talablar va saylov tartibi qonun bilan belgilanadi.
0 ‘z b e k is to n
P r e z i d e n t i n i n g
2 0 2 0 - y il 
1 8 -fev rald ag i 
« J a m iy a td a
ijtim o iy -m a’naviy muhitni so g ‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qollab- 
quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga 
olib chiqish chora-tadbirlari to‘g ‘risida» gi farmoni fuqarolar yig‘ini raisining
339


maqomini, ijtimoiy hayotdagi o‘rnini tubdan o‘zgartirishga qaratildi. Ularga 
yuklatilgan ko‘plab vazifalar bekor qilindi. Rais, uning o‘rinbosarlari va boshqa 
xodimlarni vazifa va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish, 
ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash 
taqiqlanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzilmasida (rais bilan bog‘liq):
- fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari - ijtimoiy va m a’naviy-ma’rifiy masalasi 
bo‘yicha maslahatchi;
- fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari 3 tadbirkorlik, tomorqa yer egalari;
- faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi;
- fuqarolar yig‘ini o‘rinbosari - yoshlar masalalari bo‘yisa maslahatchi;
- fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari - keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha 
maslahatchi lavozimlari bekor qilindi.
Shuningdek, fuqarolar yig‘ini tizimidagi: yarashtirish komissiyasi; m a’rifat 
va m a’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya; ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 
komissiya; voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya; 
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha 
komissiya; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik 
komissiyalari va «mahalla posboni» jamoatchiligi tuzilmasi tugatilib, oilaviy 
qadriyatlarni m ustahkam lash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2 ta 
komissiyalarni tuzish nazarda tutildi.
Farmonga asosan fuqarolar yig‘ini tizimiga bir necha yangi lavozimlar 
kiritildi, jumladan: fuqarolar yig‘ini raisining, huquq-targ‘ibot masalalari bo‘yicha 
o‘rinbosari; oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari; 
obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 
lavozimlari. Shuningdek, oila, xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassis; fuqarolar y ig ‘ini 
raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi; raisning keksalar va faxriylar 
ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari joriy qilindi.
Yuqorida tilga olingan Prezident farmonida fuqarolar yig‘ini raisining 
o‘rinbosarlari vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
Farmon fuqarolar yig‘ini raisiga qo‘shimcha huquqlarni ham ko‘zda tutdi.
Fuqarolar y ig‘ini raisi:
- tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish, hamda 
uni r a g ‘batlantirish yoki uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish haqida 
tegishli idoralarga (ichki ishlar organlariga) ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan 
taqdimnoma kiritish;
- uy-joy mulkdorlarining um um iy yig‘ilishiga boshqaruvchi tashkilot yoki 
shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnom ani bekor qilish to‘g ‘risida taklif 
kiritish;
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy 
mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot,
340


boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish 
huquqiga ega bo‘ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilinsa, Prezident farmoni -
m amlakatim izda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti rolini;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash mexanizmini;
Davlat va jamoatchilik sherikchiligini, kuchaytirishni nazarda tutadi.
Shuningdek farmon fuqarolar tizimidagi, rais lavozimining obro‘sini 
oshirish, uning yordamchi apparatini optimallashtirish orqali mamlakatimizda 
alohida e ’tiborga Ioyiq, jinoyatchilikni oldini olish, tugatish; ma’rifiy tadbirlarni 
kuchaytirish; aholini yordamga muhtoj qatlamini himoyalashni kuchaytirishni 
nazarda tutadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin