O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. O'zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. O'zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari
bilan o‘zaro munosabati
0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga 
kirmaydi, shunday ekan ularning aloqasi, munosabati hamkorlikka asoslanadi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonunning 4-moddasi shu masalani 
tartibga solgan bo‘lib, viloyat, tum an va shahar xalq deputatlari Kengashi va 
tegishli hokimlar, o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadilar, ularning 
faoliyatini yo'naltirib turadilar, deb munosabat asosi mustahkamlangan.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mahalliy davlat organlari 
munosabati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun bilan belgilangan 
vazifalarini bajarish sharoitida vujudga keladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mahalliy hokimiyat 
organlarining munosabatini, eng avvalo, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil 
qilishda mahalliy hokimiyat organlarining ishtirok etishida ko'rishimiz mumkin.
Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni 
tuzish, birlashtirish, bolish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini 
belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish hamda ularning nomini o‘zgartirish 
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
M ahkam asi belgilagan tartibda amalga oshiriladi (Qonunning 6-moddasi,
3-bandi).
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), kengashi tomonidan
zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir m arta chaqiriladi. Xalq deputatlari 
tegishli kengashi yoki hokim ning tashabbusi bilan ham fuqarolar yig‘ini 
chaqirilishi mumkin. Bu yerda ham o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan mahalliy 
davlat hokimiyati organi o‘rtasida m a’lum munosabat mavjudligini ko‘ramiz.
F uqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat ko‘rsatadigan 
mahalla - xalq bilan davlat o‘rtasidagi «ko‘prik» hisoblanadi. Shuni amalda 
ta ’minlash uchun ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bular orasida
341


0 ‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy 
muhitni so g ‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda 
oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora- 
tadbirlari to‘g ‘risida» farmoni alohida ahamiyatga ega.
Bu farmon aslo o‘zini o‘zi boshqarish organlarini davlat tomonidan 
boshqarishni ko‘zda tutmaydi. Farmonning nomidan ham m a’lumki u mahalla 
institutini yanada qo‘llab quvvatlashni, shu asosda uni ta ’sirli, foydali boshqaruv 
instituti darajasiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘yadi.
Hozirgi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, oldiga 
qo‘yilgan vazifalarni to‘la bajara olmayotgani ayon bo‘lib qoldi. Sababi keyingi 
paytda, nomarkazlashtirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
rolini oshirish shiori ostida ularga ko‘plab, ahamiyatsiz, ularga xos bo‘lmagan 
vazifalarni yuklash yo‘lidan borildi. Ular shunday bekorchi, mayda-chuyda 
vazifalar ta ’sirida o‘ralashib qolib, asosiy masalalardan chetda qoldi. Bundan 
tashqari mahalliy ijro organlari har qanday tadbirlarga ularni jalb qilish hollari 
ham, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga salbiy ta ’sir qildi.
Shunday salbiy holatlarga barham berishni va o‘zini o‘zi boshqarishni 
yanada rivojlantirishni ko‘zda tutgan Prezident farmoni, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlarini boshqa davlat organlari bilan munosabatini yanada 
takomillashtirdi.
Endi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari 
ko‘rsatm alarinigina bajaradigan, ularning yordamchi organlari em as davlat 
organlari oldiga talab qo‘yadigan, ularning talabi ko‘rib chiqilishi majburiy 
organga aylandi.
Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan davlat organlarining 
munosabatida demokratik jihatlarni, sheriklikni mustahkam lash, kengayganini 
ko‘rsatadi.
Farmon asosida viloyatlar, tum anlar va shaharlarda hokim o‘rinbosari 
maqomidagi - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i lavozimini 
tashkil etilishi ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini davlat 
organlari bilan munosabatida yangi mazmundagi hamkorlik vujudga kelishini 
ko‘rsatadi.
Farmonda mahalla institutining ichki ishlar organini, boshqa davlat idoralari 
va jamoat tashkilotlari bilan uzluksiz, tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda 
tutildi.
Farmon bilan tashkil qilingan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, 
oilani qo‘llab-quvvatlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari bilan hamkorlik o‘rnatadigan vakolatli davlat boshqaruvi 
organi deb belgilandi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va davlat organlari 
bilan munosabatini kengaytirish va mutanosib tashkil qilishda 0 ‘zbekiston 
Prezidentining «Konstitutsiya va qonun ustivorligini ta ’minlash, bu borada
342


jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish 
bo‘yicha 
qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida» 
gi 2019-yil 
14-dekabrdagi farmoni ham muxim rol o‘ynaydi. Unda belgilangan qoidalar 
fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari bilan davlat organlari 
m u n o sab atlarin i kengaytiriladi va hamkorlikdan o‘zaro manfaat vujudga 
kelishini ta ’minlaydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin