O. T. Husanov konstitutsiyaviy


prinsipiga so*zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

prinsipiga so*zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik
ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to4g ‘risidagi ishlarni ko‘rish
bo‘yicha vakolatidir»1.
Bu ta ’rif sud hokimiyati vazifalarini to‘la qamrab olmagan bo‘lsa-da, dastlabki 
urinishlardan bo'lganligi uchun uni ijobiy baholash mumkin. Albatta, sud 
hokimiyatiga ta ’rif berishda (Konstitutsiyaviy sud) qonunlarning Konstitutsiyaga 
mos kelishi (Konstitutsiya himoyasini), fuqarolar huquqi, sha’ni, qadr-qimmatini 
himoya qilish sudlarning asosiy vazifasi ekanligi e’tiborga olinishi kerak.
Sud hokimiyatining shakllanishida 
1993-yil 6-mayda qabul qilingan 
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g ‘risida»gi, 1993-yil
2-sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g ‘risida»gi qonunlar muhim rol o‘ynadi.
Sud hokimiyatini mustahkamlash, uning mustaqilligini ta ’minlash masalasi 
doimiy ravishda davlat boshlig‘ining e’tiborida bo‘ldi. Deyarli barcha asosiy 
m a’ruzalarida davlat boshlig‘i bu masala xususida to‘xtalib o‘tdi.
1996-yil 29-avgustdagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma’ruzasida I.A. Karimov 
sud islohotlariga alohida to‘xtalib, shu munosabat bilan nimalar qilish kerakligini 
ochiq ko‘rsatib berdi2.
Islohotlar doirasida olib borilgan ishlar natijasida sudlarning huquqiy asoslari 
takomillashdi, qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
Sudlarning mustaqilligini ta’minlash borasida tashkiliy ishlar ham amalga 
oshirildi.
1997-yil 12-sentabrda Birinchi Prezident tashabbusi bilan 0 ‘zbekistonda 
sudyalar qurultoyi chaqirilib, unda 0 ‘zbekiston sudyalari Assotsiatsiyasi ta’sis 
etildi va nizomi tasdiqlandi. Unda Assotsiatsiyaning eng muhim vazifasi 
Respublikada sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta ’minlash, deb belgilab 
qo‘yildi. Bu uyushma tashkil bo‘lganidan boshlab sud islohoti bo‘yicha ko‘plab 
ishlar amalga oshirildi3.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi sudlar tizimini takomillashtirish to‘g ‘risida»gi Farmoniga asosan 
sudlar ixtisoslashtirildi. Fuqarolik sudlari vujudga keldi. Bu ham sud hokimiyatini 
mustahkamlash, ularning mustaqilligini ta ’minlash yo‘lidagi katta tadbir bo‘idi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin