Qonunlarda va boshqa dasturiy hujjatlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga yuklatilgan vazifalarni bir nechta guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin.
Bular:
1. Fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini
amalga oshirishda ko‘maklashish.
2. 0 ‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini, ijtimoiy muhofazani hal
qilish, ommaviy madaniy tadbirlarni o‘tkazish, axloqiy-tarbiyaviy faoliyat bilan
sh u g‘ullanish.
3. Davlat hokimiyati organlariga 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarini,
Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari
Kengashlari va hokimlarning
qarorlarini bajarishda yordamlashish.
Fuqarolarning jamiyat va
davlat
ishlarida
ishtirok etishi
ularning
konstitutsiyaviy huquqidir. Ana shu huquqni amalga oshirishda fuqarolarga
o‘zini o‘zi boshqarish organlari turli yo‘llar orqali yordam beradi, jumladan:
mahalliy hokimiyatning vakillik organlariga nomzod ko‘rsatish; aholini vakillik
organlarining saylovida ishtirok etishga jalb qilish; tashviqot-targ‘ibot
ishlarini
olib borish; aholini saylov boladigan joy, vaqt haqida xabardor qilish, fuqarolar
yig‘ini raislari sayloviga fuqarolarni jalb qilish va saylovlarda ishtirok etish
uchun tegishli sharoitlar yaratish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududlarida xo‘jalik ishlari,
kichik biznes, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta ’minlash,
aholini ijtimoiy himoya ishlari bilan shug‘ullanadi. Turli madaniy tadbirlar va
boshqalarni o‘tkazish bilan aholini huquqiy bilimini o‘stirish, huquqiy madaniyatini
shakllantirishga ta ’sir qiladi. Ularning eng muhim vazifalari insonlarni, ayniqsa,
yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, axloqiy fazilatlarini, eng yaxshi urf-
odatlarimizni ular ongiga singdirish hisoblanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining muhim vazifalaridan
yana biri yuqorida tilga olingan davlat organlariga qonun va boshqa qonun
hujjatlari boshqarilishini ta ’minlashda ko‘maklashuvidir. Mahalla fuqarolariga
o‘z burchlarini,
majburiyatlarini, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ekanligini tushuntiradi va ta’sir qiladi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Bu ishda
fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtiroki zarur bo‘lib qolmoqda, yoki boshqacha
aytganda, ijro hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish
shakllaridan biri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bo'lib, bu
ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning muhim vazifalariga aylanmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohatlar, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish tizimini ham tubdan yangilash, takomillashtirish zaruratini
t u g ‘dirdi. 0 ‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanuvchi fuqarolar yig‘ini, uning
raisi vazifalari, mas’ulyati, vakolatlarini zamon talablaridan kelib chiqib belgilash
davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Bu boradagi
3 3 5
mavjud muammolarni hal qilishni va o‘zini o‘zi boshqarishni
yuqori darajaga
ko‘tarishni ko‘zda tutuvchi, 0 ‘zbekiston Prezidentinig 2020-yil 18-fevraldagi
«Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini
yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi
darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi1 PF-5938-sonli Farmoni
jamiyat hayotida muhim rol o‘ynashiga shubha yo‘q.
Farmonda asosiy muammolar sifatida keyingi paytlarda fuqarolar yig‘inlariga
ularga xos bo‘lmagan funksiyalarni yuklanayotganligi, ularning boshqa idoralar
bilan hamkorligi talab darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi
qayd qilinib, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy vazifasi sifatida: aholi osoyishtaligini
ta ’minlash; oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish;
nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga
aylantirish belgilab qo‘yildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanuvchi fuqarolar y ig‘ini va
uning tuzilmasi - fuqarolar yig‘ini raisi belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarishlari uchun ularga yuklangan 46 ta vazifa bekor qilindi2.
Bu vazifalarni bekor qilinishi fuqarolar yig‘ini,
uning raisi endi asosiy
e’tiborni hududda m a’rifiy ishlarni samarali tashkil qilish, hududni jinoyatdan
xoli qilish, yordamga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash bilan sh u g ‘illanishga
qaratish imkoniyatini yaratadi.
Farmon mahalla institutini takomillashtirish, fuqarolar yig‘ini faoliyatini
kuchaytirish, buning uchun ularni doimiy davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni
yo‘lga qo‘yish uchun, 0 ‘zbekiston Respublikasi M ah alla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligini tashkil etishni ko‘zda tutdi.
Vazirlikni vazifasi, faoliyati,
vakolatlari, tashkiliy va huquqiy tuzilmalari
haqida 2020-yil 18-fevralda 0 ‘zbekiston Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g ‘risida»
Qarori qabul qilindi3.
Dostları ilə paylaş: