O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Xalq s o ‘zi*, 2017-yil 23-dekabr



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 «Xalq s o ‘zi*, 2017-yil 23-dekabr.
2 Bu haqda batafsil qarang: Sh. M irziyoyevning 2017-yil 22-dekabrda va 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy
M ajlisga Murojaatnomalari. «Xalq s o ‘zi*, 2017-yil 23-dekabr; 2018-yil 29-dekabr.
3 2 7


Ovoz berish vaqtida nomzod Kengash deputatlarining tegishli ovozini 
ololmasa, Prezident lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha 
maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki m a rta taqdim 
etish huquqiga ega.
Taqdim etilgan nomzod Kengashda uch marta rad etilsa, Prezident Kengashni 
tarqatib yuborish va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlash huquqiga 
ega. Tarqatib yuborilgan Kengashga uch oy ichida saylov o‘tkaziladi.
Konstitutsiyaviy qonunga asosan Konstitutsiyaning 102-moddasiga o‘zgar- 
tirish kiritildi, unda «Viloyat va Toshkent shahar hokimi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod 
etiladi» - deb, tayinlash va ozod qilish qonunga havola qilindi. Qonunda esa, 
yuqorida keltirilgan tartib mustahkamlangan. Bunday tartibni o‘rnatilganligi 
Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga ham o‘zgartirish kiritilishiga sabab bo‘ldi.
Konstitutsiyaning 102-moddasidagi tuman, shahar hokimlarini tayinlashga 
taalluqli qoida-normalar o‘zgarishsiz qoldi. Unga asosan: tum an va shaharlarning 
hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod 
qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlardagi tum anlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari shahar 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tu m an hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tum an Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi.
Konstitutsiyada alohida hollarda, tuman va shahar hokimlarini lavozimidan 
ozod qilish tartibi ham belgilangan. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga 
binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 
«Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ 
tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z 
qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli». Avvalgi bandda viloyat hokimlarini 
lavozimidan ozod qilish masalasini Kengashidan siyosiy partiyalarning partiya 
guruhlari ham ko‘tarish huquqiga egaligi va shunday holat yuzaga kelganda, 
hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining qo‘shma 
majlisidagi m a’ruzasida viloyat va Toshkent shahar hokimlarini tayinlashda 
Bosh vazir ishtirokini belgilovchi norma bo‘lishi haqida taklif bildirildi va 
Konstitutsiyaning 93-moddasi 
15-bandi: 
« 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Bosh 
vazirining taqdimnomasiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent 
shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi», 
degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
3 2 8


1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari nima uchun zarur?
2. 0 ‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi qanday tashkil 
qilingan?
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy vazifalari qanday?
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qanday?
5. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qaysi organlar? Nima uchun 
ular vakillik organlari deyiladi?
6. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qanday tashkil qilinadi?
7. Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy faoliyat shakli qanday?
8. Mahalliy ijro hokimiyatini kim amalga oshiradi?
9. Hokimlarning maqomi qanday?
10. Hokimlar lavozimiga qanday tayinlanadi va ozod qilinadi?

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin