O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. M ahalliy ijroiya hokim iyati organlari. H okim ning maqomi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6-§. M ahalliy ijroiya hokim iyati organlari. H okim ning maqomi
Mahalliy miqyosda hokimiyatning vakillik organlari sifatida xalq deputatlari 
Kengashlari saqlab qolinib (ular avvalgi tuzum da ham mavjud edi), ularning 
tashkil bo‘lishi, faoliyati demokratlashtirildi, tarkibi optimal darajaga keltirildi va 
ular haqiqiy davlat hokimiyati sifatida huquqiy mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa, 
ijro hokimiyati yangitdan tashkil qilindi va yangi institut - hokim lavozimi 
o‘rnatildi. Sobiq tuzum davridagi qonunlarda, umum an, ijro hokimiyati degan (shu
324


jumladan, mahalliy ijroiya hokimiyati) institut, tushuncha yo‘q edi. U davrdagi 
qonunlarda faqat xalq deputatlari Sovetlari davlat hokimiyati organi hisoblanib, 
ijro organlari Sovetning organi, deb mustahkamlangan va ijro organlarini ham 
kollegialchilik (ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishi belgilab qo‘yilib, 
yakkaboshchilik sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb hisoblangan.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijro hokimiyatini tashkil qilish, uning 
faoliyatini kuchaytirish yo‘lidan bordi. Toshkent shahrida ijro organining 
boshlig‘i yakkaboshchilik asosida faoliyat ko‘rsatadigan hokim bo‘lishi maqsadga 
muvofiq, degan fikr asosida, 1991-yil 29-dekabrda eksperiment tariqasida 
Toshkent shahar hokimi Toshkent xalqi tomonidan saylandi. 1992-yil yanvardagi 
« 0 ‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish 
to‘g ‘risida»gi Qonuniga binoan Respublikaning barcha m a’muriy tuzilmalarida 
ijro hokimiyatining boshlig‘i sifatida hokim lavozimi tashkil qilinishi belgilandi 
va joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarm o g ‘i sifatida e’tirof etildi. Bu 
g ‘oya keyinchalik 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo‘yildi.
Konstitutsiyaga asosan barcha m a’muriy-tuzilish pog‘onalarida hokim 
lavozimi mavjud bo‘lib, ular vakillik hokimiyati organlarini tegishlicha boshqaradi. 
Shuningdek, ijro hokimiyatini ham hokimlar boshqaradi (100, 102-moddalar).
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonunga asosan Hokimlar viloyat, 
tum an va shaharning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi (1-modda). Hokim 
joylardagi mansabdor shaxs sifatida o‘zbek davlatchiligida azaldan qo‘llanib 
kelingan va sotsialistik tuzumda yo‘q qilingan lavozim edi.
Hokim lavoziminingo‘rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakkaboshchilik 
prinsipida amalga 
oshirilishini 
belgiladi. 
Yakkaboshchilik prinsipi 
faqat 
mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas, ularning m as’uliyati 
kuchli bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun hokimlarga o‘zlariga yuklatilgan 
vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat, huquqlar bilan birga, kuchli 
m as’uliyat ham yuklangan.
Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq deputatlari Kengashlari 
oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari 
Kengashlari oldida hisobdorligi Qonunning 1-moddasida belgilab qo‘yilgan.
M amlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
davlatchilik 
sohasidagi 
islohotlar 
ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati nazoratini kuchaytirish, 
jamoatchilik nazoratini kengaytirish nazarda tutilmoqda va holatlar qonunlarda 
aks ettirilmoqda.
2014-yil aprel oyida Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishda hokimlarning 
vakillik organlari oldida hisobdorligi yanada kuchaytirildi. Unga asosan «Viloyat, 
tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga, viloyat, tuman va 
shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan 
hisobotlar taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli 
qarorlar qabul qilinadi» (Konstitutsiyaning 103-modda ikkinchi qismi).


«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‘g ‘risida»gi1 
Qonunning 
7-moddasida: 
«Xalq 
deputatlari 
viloyatlar 
va 
Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar 
hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari» deb nomlanadi va unda 
Kengashlaridagi partiya guruhlariga hokim lavozimida ishlayotgan shaxslarning 
qoniqarsiz faoliyati to‘g ‘risida Prezidentga asoslangan xulosalar taqdim etish 
tashabbusi huquqi berildi. Bunday tashabbus yetakchi g uruhlar tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan taqdirda Prezident bu tashabbusni Kengash m uhokamasiga 
tayinlaydi va muhokama natijasiga ko‘ra qaror qabul qiladi.
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi m a’ru- 
zasida Prezident davlat organlari faoliyati ustidan « 0 ‘zbekiston Respublikasida 
jamoat nazorati to‘g ‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari fao­
liyatining ochiqligi to‘g ‘risida» qonunlar qabul qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi2.
Hokimning m as’uliyati kuchli bo‘lsa, ish yaxshi yo‘lga qo‘yiladi va natija 
yaxshi bo‘ladi. Hokim institutining eng muhim xususiyati shundaki, hokim faqat 
o‘zi tomonidan qabul qilingan hujjatlarning to‘g ‘riligi, harakati va faoliyatining 
qonuniyligi uchungina javobgar bo‘lmay, Konstitutsiyaning 103-moddasiga 
asosan o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun ham 
shaxsan javobgar bo‘ladi.
M amlakatim izda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi sohasidagi 
islohotlar natijasida mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatida ko‘plab 
muam m olar mavjudligi ham aniqlandi.
Hokimlar faoliyatida uchrab turgan kamchiliklarni bartaraf etish hozirgi kun 
tartibidagi muhim masala ekanligi e’tiborga olinib, « 0 ‘zbekiston Respublikasida 
m a’muriy islohotlar konsepsiyasi» qabul qilindi3.
Bu konsepsiya holatlarni amalga oshishi ijro hokimiyati - hokimlarning 
mavqeini yanada mustahkamlashga, hokim bilan xalq deputatlari Kengashlari 
munosabatini yangi darajada tashkil qilishga olib keladi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi 
Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin