O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Yaqin istiqboldagi dolzarb m asalalardan



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Yaqin istiqboldagi dolzarb m asalalardan
biri - hududlarda ijtim oiy-iqtisodiy m asalalarga m as’ul bo‘lgan
rahbarlarni tanlash va joy-joyiga qo4yish bo‘yicha vakolatlarni
tum an va shahar hokim lariga to iiq o‘tkazishdan iborat. Ayni paytda,
m ahalliy rahbarlarga bunday keng vakolat va m ustaqillik berish bilan
1 Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami.
- Т.: 2007. 222^224-betlar.
2 Qarang: Karimov I.A. M amlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 2010. 31, 46-betlar.
о
Bu haqida qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi P F -5 1 8 5 -so n li
Farmoni / / «Xalq s o ‘zi», 2017-yil 9-sentabr.
3 2 6


birga, yakuniy natija uchun ularning javobgarligini tubdan oshirish
zarur»1, 
- deb ta ’kiladi.
Keyingi paytlarda mahalliy miqyosda ham hokimiyat bo'linishi prinsipini 
keng joriy qilish, vakillik va ijro hokimiyatiga hokimni rahbarlik qilishdan voz 
kechish, hokimlarni fuqarolar tomonidan saylash tartibini joriy qilishga alohida 
ahamiyat qaratilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida 
«Zamonaviy boshqaruv tizim ini joriy etish maqsadi
qo‘yilar ekan, hokim ning ayni vaqtda xalq deputatlari Kengash raisi
sifatida faoliyat ko‘rsatishiga doir tartib bekor qilinishi kerak»2, 
- deb 
ta ’kidladi.
7-§. H okimlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan
ozod etish tartibi
Hokimlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish Konstitutsiyaviy 
asosga ega. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo'shimchalar hokimlarni 
lavozimiga tayinlash va ozod qilish tartibiga ham o‘zgartirishlar kiritdi.
Avvalgi Konstitutsiya va qonun normalariga asosan viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanib 
va tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanar edi. Davlat 
boshlig‘i tomonidan tayinlangan shaxsning, Kengashda tasdiqlanishi qoidasining 
o‘rnatilganligi bahs-munozaralarga sabab bo‘lar edi. Bundan tashqari, Prezident 
tomonidan tayinlangan hokimni Kengash tasdiqlamasa, nima bolishi qonunda 
ko‘rsatiImagan bo‘lib, bu - qonunning bo‘shlig‘i edi.
Bu holat «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda mantiqiy to‘g ‘ri hal qilindi va bo‘shliq 
to‘ldirildi. Q onunning 6-moddasi «Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash 
va tasdiqlash tartibi» deb nomlangan bo‘lib, unga asosan: Viloyat va Toshkent 
shahar hokimi nomzodlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan 
maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent 
shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tegishli Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan 
nomzod hokim lavozimiga tasdiqlangan hisoblanadi, Kengash qaroriga muvofiq 
Prezident nomzod bo‘yicha .farmon qabul qiladi, ya’ni saylangan nomzodni 
tasdiqlaydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin