XXIV bob. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ASOSLARI
l-§. M ahalliy davlat organlari tizim i
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy miqyosda boshqaruvni
tashkil etishga o‘ziga xos tarzda yondashilgan, M DH va boshqa sobiq ittifoqdosh
respublikalar konstitutsiyalaridan
farq qilib, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy
davlat hokimiyati organlari tizimi alohida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining tizimi alohida belgilandi. 0 ‘zbekistondan boshqa davlatlarning
konstitutsiyalarida «mahalliy davlat hokimiyati» degan tushuncha ishlatilmagan.
Jumladan, Belorus Respublikasi Konstitutsiyasida «Mahalliy boshqaruv va o‘zini
o‘zi boshqaruv», Qozog‘iston Konstitutsiyasida «Davlatning
hududiy tuzilishi
va o‘zini o‘zi boshqaruv», Qirg‘iziston, Rossiya va Estoniya Konstitutsiyalarida
«Mahalliy boshqaruv», Turkmaniston Konstitutsiyasida «Mahalliy ijro hokimiyati»
alohida bobda, «Mahalliy boshqaruv» alohida bobda berilgan.
Rossiya Konstitutsiyasida davlat hokimiyati federal miqyosda va federatsiya
subyektlari miqyosida tashkil qilinib, boshqa barcha quyi bo‘g ‘inlarda tuman,
shahar, qishloqlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari tashkil qilinadi va
faoliyat yuritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida mahalliy
miqyosda boshqaruv viloyat, tuman,
shaharlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq, shaharcha, ovullarda
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan.
Konstitutsiyaga asosan, mamlakatimizda mahalliy miqyosda ham ikki
turdagi, ya’ni vakillik davlat hokimiyati va ijro hokimiyati organlari mavjud.
Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan: «Viloyatlar,
tum anlar va shaharlarda
(tum anga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan
xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organi bo‘lib, ular davlat
va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni
hal etadilar». Bu bilan konstitutsiyaviy asosda mahalliy davlat hokimiyati
vakillik organlarining tizimi belgilandi (viloyat, tuman,
shahar xalq deputatlari
Kengashlari) va hokimiyatning vakillik organlariga hokimlar boshchilik qilishi
belgilandi va bu organ davlat va fuqarolarning manfaatini ko‘zlab, vakolatlarni
am alga oshirishi mustahkamlandi.
Konstitutsiyada hokimlar qaysi m a’muriy hududlarda faoliyat ko‘rsatishi
haqida alohida norma bo‘lmasa-da, Konstitutsiyaning 99-moddasi mazmunidan
ular viloyat, tuman, shaharlarda faoliyat ko‘rsatishini bilib olsa bo‘ladi, ya’ni
hokimliklar viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tashkil qilinadi.
Konstitutsiyaning 102-moddasida: «Vakillik va ijro
hokimiyatini tegishliligiga
qarab viloyat, tum an va shahar hokimlari boshqaradi», — degan qoida mahalliy
miqyosda vakillik hokimiyati bilan birga ijro hokimiyatining ham o‘rnatilganligini
ko‘rsatadi. M azkur modda qoidalari yana qaysi m a’muriy hududlarda hokim
qanday tartibda tayinlanishi haqida hamda ijro hokimiyatining tizimi haqida
313
xulosa qilish imkoniyatini t u g ‘diradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib,
aytish
mumkinki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimini vakillik hokimiyati
organlari - xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tashkil etadi. Ularning har
biri o‘zining tizimiga ega.
Vakillik hokimiyati organlari, viloyatlar (Toshkent shahar), tu m an lar va
shaharlarningxalq deputatlari Kengashlaridan, ijro hokimiyati
organlari viloyatlar
(Toshkent shahar), tum an va shahar hokimlaridan iborat. Konstitutsiyaga 2017-yil
29-avgustda kiritilgan o‘zgartirishgacha shahar tarkibiga kiruvchi tum anlarda
Kengashlar tashkil qilinmagan. Masalan, Toshkent shahri tarkibidagi birorta
tum anda xalq deputatlari Kengashlari, ya’ni vakillik organlari saylanmagan.
Ularda faqat ijro hokimiyati - hokimlar faoliyat ko‘rsatdi. Bu vakillik va ijro
hokimiyati organlari tizimidagi o‘ziga xos xususiyatdir.
Konstitutsiyamizga
kiritilgan
o‘zgartirishga
asosan:
Dostları ilə paylaş: