Bosh vazir vakolatlari va vazifasini amalga oshirishda Bosh vazirning
o‘rinbosarlari m a’lum rol o‘ynaydi.
Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq, o‘zlari rahbarlik
qilayotgan tarm oqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining
boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni
amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar. Vazirlar M ahkam asi
muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini
dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar.
Vazirlar M ahkam asi faoliyatini tashkil etishda Vazirlar M ahkam asi Rayosati
muhim rol o‘ynaydi.
Rayosat Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda tuzilib,
Vazirlar M ah k am asin in g doimiy ishlovchi organi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Bosh vazirning qaroriga ko‘ra, Rayosat tarkibiga 0 ‘zbekiston Respublikasi
H u kum atining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin.
M am lakatim izda davlat qurilishi va boshqaruv sohasida olib borilgan
islohotlar demokratlashtirishni nazarda tu tar ekan, u Bosh vazir maqomiga
ham ta ’sir qiladi. Bu, bir tomondan, Bosh vazir vakolatlarini kengaytirish,
mustaqilligini ta ’minlashni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, Bosh vazirning
m a s’uliyatini ham kuchaytiradi.
B unga misol sifatida Konstitutsiyaga Bosh Vazirni Parlam entga hisob
berish qoidasi kiritilganligini ko‘rsatish mumkin (Konstitutsiyaning 78-moddasi,
15-bandi).
Dostları ilə paylaş: