O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Bosh vazirni vazifasidan ozod qilish



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6-§. Bosh vazirni vazifasidan ozod qilish
1990-yil m a rt oyida 0 ‘zbekiston Respublikasida Prezident lavozimining 
ta ’sis etilishi, yuqori ijro organlarini qayta tashkil etish bo'yicha Konstitutsiyaga 
kiritilgan o‘zgartirishlarda Prezidentga 0 ‘zbekiston Respublikasi M inistrlar 
Sovetini (hukumatini) iste’foga chiqarish, iste’foni qabul qilish masalasini qo‘yish 
tartibi kiritilgan edi.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyada hukumatni iste’foga 
chiqarish, Bosh vazirni muddatidan oldin vazifasidan ozod qilish masalalari 
ko‘rsatilmagan edi. Bu masala, ya’ni Bosh vazirni muddatidan avval lavozimidan 
ozod qilish va Vazirlar M ahkam asini iste’foga chiqarish 2007-yil 11-aprelda 
qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish 
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
kuchaytirish to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda tartibga solindi va shu 
asosda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi to‘g ‘risida»gi Q onunga 
ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Konstitutsiyaviy qonunning 5-moddasida Bosh vazirni lavozimidan ozod 
etish tartibi quyidagicha belgilandi:
310


« 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
a) Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g ‘risidagi arizasiga binoan;
b) Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda;
v) 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal
faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, 
shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bir necha marta 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, 
qonunlariga, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
g) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 
siyosiy partiyalar fraksiyalarining 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib 
chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari 
qo‘llab-quvvatlasa 
hamda 
mazkur 
tashabbus 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi va Senatiga ovozga qo‘yilganda, tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy 
soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish 
to‘g ‘risida qaror qabul qiladi;
d) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimidan ozod etilishi bir 
vaqtning o‘zida 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga 
sabab bo‘ladi».
Yuqoridagi qonunga asosan, Milliy qonunchiligimizda birinchi marta 
qanday hollarda Bosh vazirni lavozimidan ozod etishi asoslari va tartibi aniq 
belgilandi. Bu Bosh vazir mas’uliyatining kuchayishiga olib keladi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri, faqat 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
lavozimidan ozod etiladi.
Bosh vazir qanday holatda vazifasidan ozod etilmasin, bu hukum atning 
to‘la tarkibda iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi. Chunki, hukumat a’zolari Bosh 
vazir taqdimi bilan Prezident tomonidan tayinlanadi. Yangi Bosh vazir hukumat 
a’zolarini yangitdan taqdim qiladi. Bu barcha hukumat a’zolari yangilanishi 
kerak, degan m a’noni bermaydi. Yangi Bosh vazir avvalgi hukumat a’zolari 
orasidan ham tegishli lavozimlarga nomzodlar taqdim qilishi mumkin. Bunday 
tajribalar xorijiy mamlakatlar davlatchiligida qo‘llaniladi.
2011-yil 18-apreldagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishda Bosh vazirni 
muddatidan oldin lavozimidan ozod qilishning tartibi belgilandi. Bu Bosh vazirga 
nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish tartibidir.
Unga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan Qonunchilik palatasi 
o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari
311


umumiy sonining uchdan bir qismi tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan 
ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Ishonchsizlik votumi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan 
hisoblanadi. Bunday holda Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish 
to‘g ‘risida qaror qabul qiladi. Shunday hoi yuz bersa, Vazirlar M ah k am asin in g
butun tarkibi iste’foga chiqadi.
Konstitutsiyaga kiritilgan mazkur o‘zgartirish asosida yuqoridagi Q onunning
5-moddasi «d» band bilan to‘ldirildi.
Vazirlar M ahkamasi o‘z faoliyati yuzasidan Oliy Majlis va Prezident 
oldida m as’uldir. Yangi saylangan Oliy Majlis oldida Vazirlar M ahkam asi o‘z 
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Yangi Vazirlar M ah kam asin in g tarkibi 
shakllantirilgunga qadar avvalgi Vazirlar M ahkam asi Prezident qaroriga muvofiq 
o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin