organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotni
eshitishlari hamda zarur
bolganda uni iste’foga chiqarish to‘g ‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar M ahkam asining a’zolari 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari majlislarida, palatalarning qo‘mitalari majlislarida hozir bo‘lish va
axborot berishga haqli.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari
va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari tomonidan Vazirlar
M ahkamasi yoki uning muayyan a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‘yilgan
taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zaru r tushuntirishlar olish va
tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar M ahkam asi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qo‘mitalarining 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir
tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar
ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijasi haqida hamda ko‘rilgan
chora-tadbirlar to‘g ‘risida Vazirlar M ahkam asi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalariga kelishilgan muddatda m a’lum qiladi.
Vazirlar M ahkam asi - hukumat tutgan yo‘lini va dasturiga yoki uning
ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmagan siyosiy partiya fraksiyalari yoki deputatlar
guruhi hukum atga nisbatan o‘zini muxolifot deb e’lon qilishi mumkin.
Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi o‘zgartirishlar asosida Bosh vazir va
Qonunchilik palatasidagi ixtiloflar doimiy tus olsa, bu Bosh vazirga nisbatan
ishonchsizlik votumi bildirilishiga, u esa Vazirlar M ahkam asining iste’foga
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Parlament so‘roviga javob berish tartibining mavjudligi ham Oliy Majlis va
Vazirlar M ahkam asi munosabatlarini ko‘rsatuvchi bir holatdir.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Qonunchilik
palatasidan,
Qonunchilik palatasi deputatlaridan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatidan, Senat a’zosidan 0 ‘zbekiston Respublikasi
H ukum atining yoki unga
bo‘ysunuvchi davlat yoxud xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir
parlament so‘rovi olgan Vazirlar M ahkam asi yoxud 0 ‘zbekiston Respublikasi
H ukum ati a’zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida o g ‘zaki yoki yozma javob berishi
shart.
Oliy
Majlis
bilan
Vazirlar
M ahkam asining
munosabati
Vazirlar
M ah k am asin in g Oliy Majlis oldida hisobdorligi, m as’ulligi asosiga quriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi Respublika hukumati sifatida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan munosabat o‘rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o‘zaro hamkorlik
qiladi, uning 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining hamda Oliy Majlis
palatalarining qarorlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi
3 0 6
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xo‘jalik va ijtimoiy-
madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi
haqida m a’lumotlarini eshitadi;
- Vazirlar M ahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini ko‘rib chiqadi;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik
boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy o‘ta
muhim kompleks dasturlarni amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
huquqlariga rioya etilishini ta ’minlaydi, ushbu jarayonda yuzaga keladigan bahsli
masalalarni
hal etadi;
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 0 ‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga,
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga
hamda
Vazirlar
Mahkamasining
qarorlariga
zid
bo‘lgan
qarorlari
va
farmoyishlarining ijro etilishini o‘z vakolati doirasida to‘xtatib qo‘yish huquqiga
ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga,
tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga taalluqli
masalalar Vazirlar M ahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar M ahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Vazirlar
Kengashining Doimiy vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlar M ahkamasi respublikadagi barcha mahalliy
ijro organlari bilan
yaqindan munosabat o‘rnatadi.
Vazirlar M ahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
- hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini ta ’minlash
bilan bog‘liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi;
- viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar M ahkam asi tomonidan
hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko‘rib chiqadi, Vazirlar
M ahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi,
ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga haqli;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi
boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan o‘zaro
hamkorligini ta’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
- hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlarini
tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy
tuzilmasini belgilaydi;
- viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan
qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish
hamda ularni bekor qilishga
haqli.
3 0 7
Bu munosabat Vazirlar M ahkam asining rahbarligi, ustunligi mahalliy
organlarning Vazirlar M ahkam asiga bo‘ysunishi, uning oldida hisob berishi
prinsiplariga asoslanadi.
Vazirlar M ahkam asi o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan
mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi,
ularga zarur yordamlar ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: