ona tabiatni asrash, yashab turgan zamin, makonni saqlashga qaratilgan
bo'lib, u insonni s o g ‘lig‘i, hayoti, umum an yer yuzasidagi jonli hayotning
davom etishini ta ’minlashga qaratilgandir. H amm a mamlakatlarda ham atrof
m uhitni saqlashga qaratilgan tadbirlarning salmoqli qismi joylardagi tadbirlar
hissasiga to ‘g ‘ri keladi. M amlakatimiz mustaqillikka erishganidan boshlab
atrof muhitni muhofaza qilishga muhim masalalar qatorida qarala boshladi.
Prezident t a ’kidlaganidek, atrof muhitga ziyon yetkazilishiga va respublikadagi
ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik iqtisodiy sohadagi asosiy
vazifalardan biridir1.
Atrof muhitni muhofaza qilish tabiatni muhofaza qilishning bir qismi bo‘lib,
u inson salomatligi omilidir. Agar atrof muhit muhofaza qilinmasa, sog‘liqni
saqlash yo‘lida olib borilayotgan boshqa tadbirlar samarasiz bo‘lib qoladi.
Respublikamizda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi Q onun2 qabul
qilingan bo‘lib, unda mahalliy hokimiyat organlarining vazifasi, vakolatlari
ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, ularning vakolatlari «Yer to‘g ‘risida»gi,
«Suv va suvdan foydalanish to‘g ‘risida»gi qonunlarda ham ko‘rsatilgan. Mahalliy
davlat hokimiyati organlari o‘z hududida atrof muhitni muhofaza qilish vazifasini
shu sohani boshqarish va shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar, fuqarolar
faoliyati ustidan nazorat olib borish orqali amalga oshiradi.
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining
vazifasi sifatida «fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta ’minlash» ko‘rsatilgan.
2003-yil 27-avgustdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi Vazirlar M ahkam asining
qarori joylardagi adliya organlariningmahalliy davlat hokimiyatidan mustaqilligini
belgilab qo‘ygach, bu vazifa mahalliy davlat organlarining vazifasi sifatida
qaralmay qo‘yildi.
2018-yil 2-fevraldagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi Farmoni bilan fuqarolik
holati aktlarini qayd etuvchi organlar tuman, shahar hokimiyatiga bo‘ysundirildi.
Bu jamiyatning asosiy bo‘g ‘ini bo‘lgan oila institutini yanada mustahkamlashni
nazarda tutadi va konstitutsiya normasining amaliy ifodasi hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yana bir Konstitutsiyaviy vazifasi,
o‘z vakolatlari doirasida normativ hujjatlar qabul qilish, qonun va boshqa hujjatlarni
amalga oshirishdir. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari normativ
xarakterda bo‘ladi. Chunki ular shu hududda majburiy kuchga ega bo‘ladi.
Konstitutsiyamizning 104-moddasida hokim o‘ziga berilgan vakolatlar
doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar,
shuningdek,
mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan
Dostları ilə paylaş: