0 ‘zbekiston uchun juda muhimdir»1, - degan so‘zlari
har qanday hamkorlikda
tenglik, 0 ‘zbekiston manfaati yotishiga alohida e’tibor berish zarurligini
ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishgan paytdan to hozirgacha olib
borayotgan va Konstitutsiyaga asoslangan tashqi siyosati natijasi hozirgi kunda
aholining tinch-totuv yashayotganida, har qanday davlatlar bilan tenglik asosida
hamkorlik qilayotganida ko‘rinib turibdi.
M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Tashqi siyosat yuritish nima uchun zarur?
2. 0 ‘zbekiston xalqaro huquqning to‘la huquqli subyekti hisoblanishiga
nimalar t a ’sir qildi?
3. Tashqi siyosatning asosiy prinsiplari tizimi qanday?
4. Davlatlarning suveren tengligi qanday e’tirof etiladi?
5. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi nima?
6. C hegaralarning daxlsizligi qanday e’tirof etiladi?
7. Nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning ahamiyati qanday?
8. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi nima?
9. Ittifoqlar tuzish va turli uyushmalarga a’zo bo‘lishning maqsadi nima?
10. 0 ‘zbekiston qanday tashkilotlar tarkibida ishtirok etadi?
1 Mustaqil 0 ‘zbekiston tarixi. Uchinchi kitob. - Т.: «Sharq*, 2000. 528-535-b etlar.
96
U chinchi bo'lim
INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI,
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
VIII bob. SHAXS VA FUQAROLIKKA TAALLUQLI UMUMIY
QOIDALAR. FUQAROLIK
l-§. Shaxsning huquqiy maqomi
Konstitutsiyaviy huquqda shaxsning huquqiy maqomi masalasi markaziy
masalalardandir. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida shaxsning huquqiy maqomiga
taalluqli normalar yetarli darajada mavjud.
Shaxs huquqiy maqomining qanday bo‘lishiga, eng avvalo,
Konstitutsiyaning
13-moddasidagi qoidalar ta’sir etadi. Bu shaxsning huquqiy holatini belgilashda
bosh prinsipdir. Unga asosan, inson, uning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati
va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. «Inson» va «shaxs»
tushunchalari, asosan, bir m a’noni berishini nazarda tutsak, bu qoida insonga
ham taalluqlidir.
Shaxsning huquqiy maqomi deganda,
shaxsning huquqlari, erkinliklari,
burchlari yig‘indisi tushuniladi. Har bir jamiyatda shaxs bilan davlat o‘rtasida
o‘rnatilgan munosabat shaxsning huquqiy maqomiga ta ’sir qilsa, boshqa
tomondan shaxsning huquqiy maqomi davlat munosabatiga ta ’sir qiladi.
S h a x s n in g huquqiy holati masalasida u n ing konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklari hamda burchlari darajasi, miqdori muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek,
sh a x s n in g huquqiy holatini aniqlashda fuqarolik masalasi alohida aham iyatga
ega.
Bu masalalar 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida yetarlicha tartibga solingan.
Shaxsning huquqiy holati Konstitutsiyaning V bobi (Umumiy qoidalar)
18-moddasida quyidagicha belgilangan: « 0 ‘zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun
oldida tengdirlar». Bu shaxsning (birinchi navbatda, shaxs fuqarodir) mavqeini,
tengligini ta ’minlovchi asosiy huquqiy normadir. Bu yerda shaxsning tengligiga
qonun oldidagi tenglik sifatida qaralmoqda. Har bir kishining qonun oldidagi
tengligi adolat prinsipining o‘zagidir.
Shaxsning qonun oldida tengligiga hech qanday holat (bu holatlar
Konstitutsiyada sanab o‘tilgan) ta ’sir qila olmaydi. Qonun oldida tenglik
shaxsning huquq, erkinliklardan foydalanishda
ham teng ekanligini, shuningdek,
burchlarni bajarishda ham tenglik bo‘lishini nazarda tutadi. Demak, bu norma
shaxsning huquqiy holatini belgilashda asosiy o‘lchovdir.
97
Shu bilan birga, jamiyat va davlatning insonparvarlik mohiyatidan kelib chiqib,
K onstitutsiyaning o‘zida, adolat prinsiplariga mos ravishda, ayrim shaxslarga
imtiyozlar belgilanishi ham ko‘rsatib qo‘yilgan. Bunda imtiyozlar faqat qonun
asosida boMishi alohida qayd qilinadi (18-moddaning ikkinchi xatboshisi).
Imtiyozlar qonun asosida bo‘lishining, ijtimoiy adolat prinsiplariga mos
tushishi, mamlakatda
yashovchi yordamga muhtoj, jismoniy jihatdan zaif toifali
kishilargagina imtiyoz berilishini nazarda tutadi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, qonuniy asosda 0 ‘zbekistonda ayollar, bolalar,
nogironlar, yolg‘iz qariyalar imtiyozga ega bo‘lib, bu imtiyoz, asosan, iqtisodiy
jihatdan qo‘llaniladi.
Shaxsning huquqiy holatini - huquqlar, erkinliklar hamda burchlar yig‘indisi
degan edik. Bu masala, ya’ni huquq va burchlarning o‘zaro bog‘liqligini
K onstitutsiyaning 19-moddasi qoidalarida ham ko‘rish mumkin. Unda qayd
qilinishicha, fuqarolar va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari
bilan o‘zaro bog‘liqdir. Ya’ni fuqaro huquqqa ega bo‘lsa, uni ta ’minlash
burchi
davlatda bo‘ladi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarga ega bo‘lishi, davlatni
fuqarolardan shu burchlarga amal qilishini talab qilish huquqini keltirib chiqaradi.
Konstitutsiyaning shu moddasi qoidalari yana fuqarolarning Konstitutsiya va
qonunlarda belgilab qo‘yilgan huquqlari daxlsiz ekanligini, ulardan sud qarorisiz
m ah ru m etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligini
belgilaydi.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy va boshqa
qonuniy huquqlari
daxlsizligi konstitutsiyaviy asosda belgilangan. Demak, ulardan m ahrum
qilishga, cheklashga hech kimning haqqi yo‘q.
Konstitutsiya fuqarolarning
huquqini faqatgina sud tartibida cheklashga ruxsat beradi. Cheklash qonuniy,
asosli bo‘lishi kerak va sud qarorida asoslantirilishi zarur. Favqulodda va harbiy
holatlarda ham fuqarolarning huquqlari cheklanishi mumkin.
Konstitutsiyaning 20-moddasida: «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini
am alga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy
manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart», - deb
mustahkam langan.
Boshqalarning manfaatiga
(fuqaro, jamiyat,
davlat
manfaati)
zarar
yetkazilsa, zarar yetkazgan
fuqaroning huquqi cheklanadi, sud qaroriga asosan
shunday hollarda hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan fuqarolar huquqlarining
cheklanishi mumkinligi xalqaro huquqiy hujjatlarda ham qayd qilingan bo‘lib,
Konstitutsiyaning m azkur normasi xalqaro normalarga ham to‘la mos keladi.
Dostları ilə paylaş: