ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining
prokurordan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam b o id i» 1.
3-§. Shaxsni aybdor deb topish. Sudda himoya bilan
ta’m inlanish huquqi
Konstitutsiyaning 26-moddasida: «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan
har bir shaxsning
ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini
himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka,
shafqatsiz yoki inson qadr-
qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin
emas», - deb belgilab qo‘yilgan.
Har qanday kishini aybdor deb topishning faqat sud organlari vakolatiga
berilishi demokratik huquqiy davlatga xos xususiyat bo‘lib, bu shaxsni
himoyalashning muhim vositasidir.
Jahon huquqshunoslik tajribasida «aybsizlik prezumpsiyasi» degan so‘z
ishlatiladi. Bu degani,
shaxsning aybi aniq isbotlanib, aybli ekanligi sud tomonidan
e’tirof etilmaguncha unga hech qanday ayb qo‘ymaslik va aybdor deb e’lon
qilmaslikni anglatadi. Shaxsning aybi qonunlarda belgilangan tartibda, sudda
ko‘rib chiqilib isbotlansagina u aybdor deb topilishi mumkin. Bunda yana bir
muhim shart sudda ishning oshkora ko‘rilishi hisoblanadi.
Sudda ishni oshkora
ko‘rish deganda, manfaatdor tomonlarni oldindan sudda ish ko‘rish vaqti va joyi
haqida ogohlantirish, sud majlislarida ishtirok etishga to‘sqinlik qilmaslik, sud
majlislarida
jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalarining ishtirokiga
imkoniyat yaratish tushuniladi.
Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish, aybsizligini isbotlash
uchun barcha tegishli imkoniyatlar yaratiladi.
Ular dalillar taqdim qilishni,
suddan guvohlarni chaqirish va boshqa harakatlar sodir etishni so‘rashi mumkin.
Sudda ayblanayotgan shaxsning himoyaga bo‘lgan huquqini ta ’minlashni
Konstitutsiyaning 116-moddasi ham ko‘zda tutgan, unga asosan: «Ayblanuvchi
himoyalanish huquqi bilan ta ’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har
qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi».
«Aybsizlik prezumpsiyasi» yana ayblanayotgan shaxsga o‘z aybsizligini
isbotlash majburiyatini yuklamaydi (bu tegishli organlarning majburiyati),
shuningdek, gumonlar isbotlanmasa, bunda gumonlar
ayblanuvchi foydasiga
hal etilishini ko‘zda tutadi.
Amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotining eng muhim jihatlaridan
biri advokatlar rolini oshirish, ularning holatini davlat ayblovchilari bilan
Dostları ilə paylaş: