2-§. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi Insonning hayoti, shaxsi va erkinligi daxlsizdir1, - deb qayd qilingan
Konstitutsiya qabul qilinayotgan Oliy Kengash sessiyasida va shu g ‘oya
Konstitutsiyada to‘la o‘z ifodasini topgan.
Inson hayoti Konstitutsiyada yashash huquqining belgilanishi va har
tomonlama ta’minlanishi bilan kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning 24-moddasida: «Yashash huquqi har bir insonning uzviy
huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», - deb belgilangan.
Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. Yashash huquqi
hayot kechirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun inson hayotiga har qanday tajovuz
qonunga asosan jazolanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida
inson hayotiga qilingan tajovuzlarga jazo belgilangan. Kodeksning 97-moddasida
qasddan odam o‘ldirish uchun, 98-moddada kuchli ruhiy hayajon natijasida
qasddan odam o‘ldirish uchun, 99-moddada onaning o‘z chaqalog‘ini (bolasini)
o‘ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xuddi shuningdek, Jinoyat
kodeksida ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish, zaruriy mudofaa chegarasidan
chiqib odam o‘ldirish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
O g ‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarni o‘lim jazosi orqali hayotdan m ahrum
qilish masalasi ham yashash huquqi bilan bog‘liq hodisa. Bu ayrim davlatlarda
oxirgi chora tariqasida qo‘llaniladigan jazo. Mamlakatimizda demokratlashtirish
jarayoni chuqurlashib borishi bilan bu masalaga ham yondashuv o‘zgarib
bormoqda. 0 ‘zbekiston XXI asrga ijtimoiy hayotning barcha sohalarini
erkinlashtirish vazifasi bilan kirib keldi. Bu borada 2001-yil ikkinchi chaqiriq
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida qabul qilingan «Jinoiy
jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda M a ’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi
kodeksga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun2 muhim rol
o‘ynaydi.
Umuman, 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘lim jazosini qo‘llashni
kamaytirishga harakat qildi. Mustaqillikka erishilgan vaqtda Jinoyat kodeksining
30 dan ortiq moddalarida o‘lim jazosi belgilangan bo‘lsa, 1994-yilda 13 ta moddada,
1998-yilda 8 ta moddada, 2001-yilda 4 ta moddada o‘lim jazosi ko‘zda tutildi.
2005-yil 28-yanvarda Prezident 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida