Dinni
niqob qilib olib, insoniyatning hayotiga xavf soluvchi,
ongini
zaharlovchi turli g ‘oyalarni kishilar ongiga kiritishga harakatlar taqiqlangan
bo‘lib, bunday taqiqlar aslo vijdon erkinligiga zid bo‘lmay,
aksincha, uning to‘la
namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi.
M amlakatimizda
muqaddas
diniy
bayramlarimizni
nishonlashning
belgilanishi, kishilarning ibodat qilishi uchun masjid va cherkovlarning faoliyat
ko‘rsatayotganligi, diniy bilimlar olish uchun turli bosqichda diniy o‘quv
muassasalarining mavjudligi vijdon erkinligining amal qilishidir.
Hayot
doim rivojlanishda, shuning uchun ijtimoiy munosabatlar ham
rivojlanadi, yangi munosabatlar vujudga keladi. Bu esa, qonunchilikni o‘zgartirish
zaruratini tu g ‘diradi. Konstitutsiya qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan
marosimda Sh. Mirziyoyev:
«Bugungi kunda m ahalliy va xorijiy nufuzli
ekspertlar ishtirokida biz «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g 4risida»gi Qonunni yangi tahriri ustida ish olib bormoqdamiz.
Ushbu qonun fuqarolarim izning vijdon va e’tiqod erkinligi borasidagi
konstitutsiyaviy huquqlarini to4la ta’m inlashga xizmat qiladi»1.
Fuqaro va shaxslarning shaxsiy huquq hamda erkinliklari huquq va
erkinliklar tizimida yetakchi o‘rinda turadi. Chunki
bu huquqlar tabiiy huquqlar
bo‘lib, insonning tu g ‘ilishi bilan vujudga keladi. Davlat esa,
ana shu huquqlarni
ta ’minlashga majbur. Shuning uchun bu vazifani bajarish maqsadida 0 ‘zbekiston
davlati barcha choralarni ko'rgan. Shaxsiy huquq va erkinliklar Konstitutsiyamizda
keng va mukammal belgilangan va ularning amalga oshishini ta’minlovchi kuchli
tizim
barpo etilgan, hamda bu tizim muntazam ravishda takomillashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: